Hindistonning Haydarobod shahridagi o'rta maktabni oltin medalga bitirgan Maryam tibbiyot maktabiga eng yuqori ball bilan o'qishga qabul qilinadi. 27 yoshli Maryamning mutaxassisligi neyroxirurg.
«IslamNews»ning xabar berishicha, Maryam Hindistonning yuqori jarrohlik malakasiga ega bo'lgan eng yosh mutaxassisi bo'ldi.
Maryam yoshligidan Islom saboqlaridan ta'lim olgan holda voyaga etdi. U bo'sh vaqtida xattotlik bilan ham shug'ullanib turadi. Yolg'iz qizini tarbiyalagan Maryamning onasi Islom asoslari o'qituvchisi bo'lib, unga diniy bilim olishida katta yordam bergan. «Men u bilan faxrlanaman», deydi Maryamning onasi.
azon.uz
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: «(Umrida) aslo yaxshilik qilmagan bir kishi o‘z ahliga: «O‘lsam, (jasadimni) kuydirib, yarmini quruqlikka, yarmini dengizga sochib yuboringlar. Allohga qasamki, agar Alloh meni topib olsa, hech kimga bermagan azobi bilan azoblaydi», dedi.
O‘sha odam o‘lgach, buyurganidek qilishdi. Alloh quruqlikka buyurdi, u (kulning) o‘zidagi qismini to‘pladi, so‘ng dengizga buyurdi, u ham uning o‘zidagi qismini to‘pladi. Keyin U Zot: «Nega bunday qilding?» dedi. U: «Sendan qo‘rqqanimdan, yo Robbim! Axir O‘zing bilguvchisan!» dedi. Shunda Alloh uni mag‘firat qildi» (Imom Muslim rivoyati).