Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Iyul, 2025   |   22 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:25
Quyosh
05:05
Peshin
12:34
Asr
17:39
Shom
19:58
Xufton
21:30
Bismillah
17 Iyul, 2025, 22 Muharram, 1447

O'zingizni yomon gumon o'rinlariga tashlamang

12.01.2021   1822   1 min.
O'zingizni yomon gumon o'rinlariga tashlamang

Mo'minlarning onasi Sofiyya bint Huyay roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam e'tikof o'tirgan edilar. U zotni ziyorat qilgani borib, gaplashib o'tirdim. So'ng ketish uchun turdim. U zot ham meni kuzatib qo'yish uchun turdilar.

Shunda ansorlardan ikki kishi o'tib qoldi. Ular Nabiy sollallohu alayhi vasallamni ko'rishlari bilan yurishni tezlatishdi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Shoshilmanglar! Bu Sofiyya bint Huyay», dedilar. Ular: «Subhanalloh, ey Allohning Rasuli (sizni begona bilan turibdi deb o'ylarmidik?!)» deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Shayton odam bolasining qon oqar joylarida yuradi. Shuning uchun qalbingizga biror yomonlik (yoki biron narsa) tashlashidan qo'rqdim», dedilar» Imom Buxoriy va Muslim rivoyat qilishgan.

 

“Solihlar gulshani” kitobidan

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Videolar

"Yoppasiga tinchlik ishiga kirishingiz!..."

16.07.2025   2729   1 min.

 

VIDEO