Toshkentdagi Islom madaniyat markazi qurilish ishlarini 2021 yilning oxirgi choragigacha tugatish rejalashtirilgan. Loyihaning umumiy qiymati 119 million dollarga teng. Bu haqda 2021-2023- yillarga mo'ljallangan investitsiya dasturida ma'lum qilindi
O'zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarovning ma'lum qilishicha, markazning ma'muriy va asosiy binolarini qurish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasidagi ishlarga homiylik qilayotgan tadbirkor Alisher Usmonov Islom tsivilizatsiyasi markaziga qiymati 8 million dollarga teng bo'lgan 4 ming 923 nomdagi nodir kitoblar kollektsiyasini tuhfa qilgan.
Ma'lumot uchun, 2017 yili prezident Shavkat Mirziyoev Hazrati Imom (Hastimom) majmuasida bo'lib, mazkur markaz qurilish loyihasi bilan tanishgandi. Markaz qurilishini milliarder Alisher Usmonovga tegishli Rossiyaning «USM Noldings Limited» kompaniyasi moliyalashtirmoqda. Qurilish ishlari 2019-2021 yillarda amalga oshirilishi belgilangan.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Shu yil 11 mart kuni Ramazon oyi munosabati bilan xayr-saxovat ishlari uyushtirildi.
Namangan viloyati hokimligi hamda Namangan viloyati bosh imom-xatibining birinchi o‘rinbosari Obidxon domla Ikramov boshchiligida Mingbuloq tumanida nogiron, boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan bo‘lgan rus, kareys, o‘zbek va tatar millatiga mansub muhtoj kishilar holidan xabar olindi.
Zero, tarixdan ma’lumki, Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alahyi va sallam ham bag‘rikenglik tamoyiliga amal qilganlar. U zot o‘zga yurt va din vakillari, ya’ni Habashistondan kelgan nasroniy mehmonlarni masjidlariga taklif qilib: “Ular bizning do‘stlarimizni hurmat qilgan edilar. Men ham ularni izzat-ikrom qilishni xush ko‘raman”, deb shaxsan o‘zlari ularga xizmat qilganlar. Bu xayrli ishlar Islomning naqadar bag‘rikeng din ekanini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyati vakilligi
Matbuot xizmati