Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Iyul, 2025   |   29 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:34
Quyosh
05:11
Peshin
12:35
Asr
17:37
Shom
19:52
Xufton
21:21
Bismillah
24 Iyul, 2025, 29 Muharram, 1447

Taqvoning sifatlari

11.01.2021   2866   3 min.
Taqvoning sifatlari

Taqvodor insonning sifatlari quyidagilar:

 

– Ota-onaga yaxshilik qilish.

– Qarindoshlik rishtalarini bog'lash.

– Qo'shnilarga yaxshi muomalada bo'lish.

– Shijoatli, kechirimli bo'lish.

– Odil, shirinso'z bo'lish.

– O'zgalarni o'zidan ustun qo'yish.

– Allohning azobidan qo'rqish.

– Iffatli bo'lish, ko'zi, qulog'i, tili va boshqa a'zolarini Alloh harom qilgan narsalardan tiyish...

 

Insondagi taqvo alomatlari

 

– Islom shariati belgilagan chegaradan chiqmaydi.

– Allohga bandalik izhor qiladi.

– Qalbi kek, adovat, nafrat, hasaddan salomat bo'lib, muhabbat, muloyimlik va mehrga to'la, Allohning zikri bilan obod bo'ladi.

– Ilm-ma'rifat, yaxshilik, fazilatlarni yoyadi. Odamlarning orasini isloh qiladi.

– O'zgalarga yordam beradi, manfaat ulashadi.

 

Taqvodorlarning ajr-savobi

 

– Alloh taolo taqvodorlarni O'ziga do'st, valiy qilib oladi. U Zot: «Uning valiylari faqatgina taqvodorlardir», degan. (Anfol surasi, 34-oyat).

– Alloh taqvodorlarni suyadi. U Zot: «Yo'q! Kim ahdiga vafo qilsa va taqvo qilsa, Alloh taqvodorlarni sevadir», degan. (Oli Imron surasi, 76-oyat).

– Alloh solih amallarni qabul qiladi. U Zot: «Albatta, Alloh taqvodorlardangina qabul qiladir», degan. (Moida surasi, 27-oyat).

– Yaxshi oqibat. Alloh taolo: «Va oqibat taqvodorlarnikidir», degan (A'rof surasi, 128-oyat).

– Jannat. Alloh taolo: «Albatta, taqvodorlar jannatlar va chashmalardadir», degan. (Hijr surasi, 45-oyat).

– Allohning roziligiga erishadi, savob tarozisi og'ir keladi, omonlik maqomida bo'ladi. Alloh taolo: «Albatta, taqvodorlar omonlik maqomidalar», degan. (Duxon surasi, 51-oyat).

– Qiyomat kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yaqin bo'ladi, chunki u komil iymon egasidir.

– Oxiratdagi martabasi ulug' bo'ladi. Dunyoda odamlarning muhabbatini qozonadi.

– Umri barakali bo'ladi.

– Yo'li ochiq, rizqi keng bo'ladi. Alloh taolo: «Kim Allohga taqvo qilsa, uning yo'lini ochib qo'yadir va unga o'zi o'ylamagan tarafdan rizq berur», degan. (Taloq surasi, 2-3-oyatlar).

Muhammad Ali Muhammad Yusuf

tayyorladi

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Telefon ko‘z rakiga sabab bo‘ladi

21.07.2025   3906   1 min.
Telefon ko‘z rakiga sabab bo‘ladi

Ko‘z kasalliklari bo‘yicha mutaxassis doktor Malik Xolid aytadi: "Har kuni qorong‘i xonada yarim soat telefon ishlatgan odamning ko‘zlarida rak kasalligi kelib chiqishi kuzatilyapti. Ko‘z qizarib pardani o‘rab oladi, u pardani olib tashlash imkonsizligi uchun bu dard davosiz qolmoqda. Yetkazdim... Siz xam yaqinlaringizga albatta ulashing! Bu ishni xolis Allox uchun qiling!".