Viloyat hokimligi axborot xizmati ma'lum qilishicha, “Bukhara City” zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazida qad rostlashi kutilayotgan inshoot — qadimiy Sharqona usulda gumbazsimon qilib qurilgan, ya'ni, yurtimizda mavjud tarixiy obidalarimiz ko'rinishidagi uch-to'rt qavatli muzeydir.
Undan shuningdek, 6 ta ekspozitsiyadan iborat Buxoro tarixi, tabiati hamda tasviriy san'atini o'zida aks ettirgan 125 mingga yaqin eksponat o'rin olishi ko'zda tutilgan. Loyihaga binoan, muzey binosidan anjumanlar zali, fond zaxira xonalari, fitobar, ofislar hamda kutish zali tashkil etiladi.
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Sa’id Varroq aytadi: A’mashning bir qo‘shnisi bor edi, u doimo unga: “Keling, uyimga kirib bir bo‘lak qotgan non bilan tuz yeb keting”, der edi. Ammo A’mash har gal rad etar edi. Bir kuni qo‘shnisi yana taklif qildi va bu safar A’mashning qorni bir oz och ekan, “Mayli boraylik”, dedi. Uyga kirishdi va qo‘shnisi rostdan ham faqat bir bo‘lak qotgan non bilan tuz olib chiqdi. Shu payt bir tilanchi eshik qoqdi. Qo‘shnisi chiqib unga: “Alloh barakangni bersin”, dedi. Tilanchi yana so‘radi.
Uy egasi: “Barakangni bersin”, dedi. Uchinchi marta yana so‘ragan edi, qo‘shnisi: “Yo‘qol bu yerdan, aks holda hozir uyimdan kaltak olib chiqib uraman!” dedi. Shunda uyni ichida o‘tirgan A’mash tilanchiga qarab: “Ey, tilanchi ketaqol! Yo‘qsa, haqiqatan ham kaltak bilan uradi. Chunki men va’daga vafo qilishda bu odamga o‘xshaganini ko‘rmaganman. Bir yildan beri meni uyiga taklif qilib bir burda qotgan non va tuz bilan mehmon qilishini va’da berar edi, rostdan ham bugun shu narsalarni berdi, Allohga qasamki, bundan ortiq biror narsa qo‘shmadi ham”, dedi.
Abulfaraj ibn al-Javziyning
“Zarif va hazilkashlar haqidagi xabarlar” kitobidan