Oldin xabar berganimizdek, O'zbekiston musulmonlari idorasi 2020 yilning “Eng obod masjid”i va har tomonlama faol va namunali faoliyat ko'rsatgan “Yil imomi”ni aniqlash bo'yicha internet foydalanuvchilari o'rtasida so'rov o'tkazmoqda.
Ushbu tanlov shu yil 10 yanvarga qadar davom etadi. Shundan so'ng natijalar e'lon qilinib, g'oliblar taqdirlanadi.
Yilning “Eng obod masjid”i va eng yaxshi ishlagan “Yil imomi”ni aniqlashda faol ishtirok eting va buni yaqinlaringizga ham ulashing.
So'rovnoma botiga o'tish uchun ushbu havolaga kiring:
@tanlov_muslimuz_bot
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Kotibiyat mas’ul xodimi Muhammadamin qori Xoliqovning padari buzrukvori vafoti munosabati bilan u kishining yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.
Oxirat safariga kuzatilgan otaxon el koriga yaraydigan, dinu diyonat yo‘lida xizmat qiladigan farzand va nevaralarni o‘stirdilar, chiroyli tarbiya qildilar.
Alloh taolo marhum otaxonning barcha solih amallarini o‘zlariga hamroh aylab, O‘z mag‘firatiga olsin. Haq taolo marhum otaxonning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlariga ajru mukofotlar ato etsin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan Muhammadamin qori Xoliqovga, u kishining oila a’zolari, yor-birodarlari, yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.
«Musibat yetganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering».
O‘zbekiston musulmonlari idorasi