Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Iyun, 2025   |   22 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:40
Shom
20:02
Xufton
21:41
Bismillah
18 Iyun, 2025, 22 Zulhijja, 1446

“Yil tanlovi – 2020”: Yurtimizdagi eng obod masjid va eng yaxshi yil imomiga ovoz bering!

06.01.2021   1984   1 min.
“Yil tanlovi – 2020”: Yurtimizdagi eng obod masjid va eng yaxshi yil imomiga ovoz bering!

Oldin xabar berganimizdek, O'zbekiston musulmonlari idorasi 2020 yilning “Eng obod masjid”i va har tomonlama faol va namunali faoliyat ko'rsatgan “Yil imomi”ni aniqlash bo'yicha internet foydalanuvchilari o'rtasida so'rov o'tkazmoqda.

Ushbu tanlov shu yil 10 yanvarga qadar davom etadi. Shundan so'ng natijalar e'lon qilinib, g'oliblar taqdirlanadi.
Yilning “Eng obod masjid”i va eng yaxshi ishlagan “Yil imomi”ni aniqlashda faol ishtirok eting va buni yaqinlaringizga ham ulashing.

So'rovnoma botiga o'tish uchun ushbu havolaga kiring:
@tanlov_muslimuz_bot

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Uzrli ayol pishirgan ovqat

16.06.2025   3069   1 min.
Uzrli ayol pishirgan ovqat

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Savol: Ayol kishi uzrli paytida pishirgan ovqatni yeb bo‘lmaydi, shuning uchun bunday ayol ovqat tayyorlamasligi kerak, degan gap eshitdim. Shu gap to‘g‘rimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Yo‘q, dinimizda bunday ta’qiq mavjud emas. Hayz ko‘rgan ayol bemalol ovqat tayyorlashi, pishirishi mumkin. Ulamolar hayz ko‘rgan ayolga oid hukmlarni bayon qilarkanlar, ayol kishi xamir qorib, yopgan nonini, pishirgan ovqatini yeyish mumkin ekanini ta’kidlaganlar. Shuningdek, ayol kishi uzrli paytlarida, erkak yotoqni alohida qilib olishdan ham qaytarilgan. Ya’ni shariatimizda ayol kishining uzrli bo‘lib qolgani uchun undan jirkanilmaydi, tashlab qo‘yilmaydi. Vallohu a’lam.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.