2019 yilgi ma'lumotlarga ko'ra, global islom moliya bozori yil davomida 7% ga o'sdi va 2,2 trillion AQSh dollarini tashkil etdi,.
"Islom bankingi" deb to'g'ri deb ataluvchi shariat qonunlariga asoslangan moliyaviy faoliyat odatdagi moliyaviy vositalar - kredit, foydadan olinadigan daromad, moliyalashtirish stavkalariga asoslanadi.
Yvision.kz ma'lumotlariga ko'ra, uning o'ziga xos xususiyati faqat mavjud bo'lmagan foydaning foizini olish ta'qiqlanadi. Ya'ni, Agar G'arb banki sizga 20% ostida yuz dollar bersa, unga 20 dollar miqdoridagi kelishilgan mablag'ni olib kelishingiz shart. Islom bank xodimi esa sizdan faqat olingan foydadan foiz oladi.
Shuning uchun "islom bankingi" aslida qarz oluvchiga pul bermaydi, balki ishlab chiqarish vositalari - binolar, uskunalar, aylanma mablag'larni sotib olish uchun mablag'lar beradi. Bu sarmoyadir. Bunday bank yaxshi, chunki bank foizlari kreditning o'zida berilgan naqd puldan oshganda "sovun ko'piklari"dan qochishga imkon beradi.
Hozir mablag'larni to'ldirishning yangi manbalariga ehtiyoj tug'ilganda "islom bankingi" ana shunday vositalardan biriga aylanishi mumkin.
Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari esa bu manbaga allaqachon e'tibor qaratishmoqda.
Shunday qilib, O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev parlamentga murojaatida O'zbekistonda islom moliyaviy xizmatlarini joriy etish vaqti kelganini aytgan.
Prezident ma'lum qildi, O'zbekiston kapital bozorini rivojlantirish agentligi islom qimmatli qog'ozlari - suquqni joriy etish tamoyillarini allaqachon ishlab chiqdi.
Suquqlar - davlatning moliyalashtirish tashkiloti oldidagi qarz majburiyatlari. Oddiy qimmatli qog'ozlardan farqi shundaki, moliyalashtirish tashkiloti nafaqat foizlarni, balki qarz oluvchi aktivining ma'lum qismiga bo'lgan huquqni ham oladi, u bilan olingan kreditdan foydalanmoqchi bo'ladi.
Shunday qilib, O'zbekiston islom qimmatli qog'ozlar bozorini yaratishda ilk qadamlarni qo'ydi. Qozog'iston hozircha faqat shunday bozor yaratish niyatlarini bildirgan.
Ishonchli kreditorlar juda ham ko'p emasligini ta'kidlash zarur. Shuning uchun Qozog'iston hech bo'lmaganda "islom bankingi" ni yanada maqsadli o'rganishni boshlashi kerak. Bu investitsiya uchun yana bir imkoniyat yaratadi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Har yangi kunning tongini ko‘rganingizda qalbingizni zikr ila to‘ldiring. Iymon zikrlariga quloq tutar ekansiz, borliq Yaratgan Zot sari talpinayotganini his qilasiz. Alloh taolo aytadi: «...Mavjud bo‘lgan barcha narsa hamd bilan Unga tasbeh aytur...»[1]. Balki uyda, balki ko‘chada, qayerda bo‘lsangiz-da, Allohning zikriga shoshiling. Zikrlarni ko‘paytirganingiz sari Allohga bo‘lgan muhabbatingiz ortib boradi, osmonlaru yerning Xoliqi bo‘lgan Alloh taolodek buyuk Zot suyanchig‘ingiz ekanini anglaysiz...
Ushbu misralarni doim yodda tuting:
Gar ersa qalblar Xoliqin zikridin mosuvo,
Alar jasad ichidin joy olgan tosh kabi go‘yo.
Qalbingizni zabonsiz toshga aylantirib qo‘ymang.
Toshda na mehr va na his bor. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Robbini zikr qiladigan bilan zikrdan yiroqda bo‘lgan kishi xuddi tirik bilan o‘lik kabidir” [2], deganlar.
Yana Nabiy alayhissalom: “Sizlarga amallaringizning eng xayrlisi va Sultoningiz huzurida eng pokiza, darajangizni yuqorilatadigan, sizlar uchun tillo-kumushlarni ehson qilgandan-da, dushmaningizga yo‘liqib, uning boshini tanasidan judo qilishingiz, u ham sizning kallangizni bo‘yningizdan uzib tashlashidan-da yaxshiroq amal qaysi ekanini bildirib qo‘yaymi?!” – dedilar. Sahobalar: ”Ha, ey Allohning Rasuli”, deyishdi. U zot: U Allohning zikridir”,3] dedilar.
Ubayd ibn Umayr aytadilar: “Mo‘minning amal daftaridagi hamd ila tasbeh – u bilan dunyo tog‘laricha tillo sudralib yurishidan xayrlidir”.
Nabiy alayhissalom yana boshqa bir hadisda: «Alloh taoloning fazilat izlab kezib yuruvchi farishtalari bo‘lib, ular zikr aytib o‘tirilgan davralarni izlab yurishadi. Shu asnoda zikr bo‘layotgan davrani topishsa, farishtalar zikr halqasidagilar bilan birgalikda o‘tirishadi va bir-birlarini qanotlari bilan o‘rab olishadi, shu tarzda zikrdagi kishilar bilan dunyo osmonining orasi farishtalar bilan to‘lib ketadi. Zikr halqasidagi kishilar tarqalib ketishsa, farishtalar osmonga ko‘tarilib ketishadi.
Keyin Alloh taolo hammasini bilib turgani holda, ulardan: “Qayerdan keldinglar? – deb so‘raydi. Ular: “Biz yerdagi bandalaring oldidan keldik. Ular Senga tasbeh aytyaptilar, takbir, tahlil aytib, Senga maqtov yo‘llayaptilar va O‘zingdan so‘rashyapti”, deb javob qaytarishadi.
Alloh taolo: “Ular Mendan nimani so‘rayapti?” – deydi. Farishtalar javoban: “Sendan jannatingni so‘rashyapti”, deyishadi. Alloh taolo: “Ular jannatimni ko‘rishganmi?” – deya farishtalardan yana savol so‘raydi. Farishtalar javob berib: “Yo‘q! Ey Yaratgan Zot!” – deyishadi. Alloh subhanahu va taolo yana: “Mabodo ular jannatimni ko‘radigan bo‘lsalar, holat qanday bo‘ladi-ya?” – deydi. Farishtalar: “Ular yana Sendan panoh tilashyapti”, deyishadi. Alloh taolo savol tariqasida: “Nimadan panoh berishimni so‘rashyapti?” – deydi.
Ular: “Jahannamingdan, ey Yaratgan Zot!” – deb javob qaytarishadi. “Ular do‘zaximni ko‘rganmi?” – deb so‘raydi Alloh taolo. Javob qaytarib: “Yo‘q!” – deyishadi ular.
Alloh taolo: “Ular do‘zaximni ko‘rishsa qanday bo‘larkin?” – deydi.
Farishtalar: “Ular yana Sendan mag‘firat qilishingni so‘rashyapti”, deyishadi.
Alloh taolo: “So‘zsiz ularning gunohlarini kechirdim, ularga so‘rovlarini ato etdim va panoh tilagan narsalaridan ularni O‘z panohimga oldim”, deydi.
Farishtalar: “Ey Yaratgan Zot! Ular orasida falonchi, o‘ta xatokor qul ham bor. U o‘tib keta turib ularning oldiga o‘tirib oldi”, deyishadi. Alloh taolo shunday deya marhamat qiladi: “Uni ham kechirdim! Ular hammajlislari badbaxt bo‘lmaydigan kishilardir”, deydi»[4], dedilar.
[1] Isro surasi, 44-oyat.
[2] Imom Muslim rivoyati.
[3] Imom Termiziy rivoyati.
[4] Imom Muslim rivoyati.