Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Iyun, 2025   |   13 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:05
Quyosh
04:50
Peshin
12:27
Asr
17:37
Shom
19:58
Xufton
21:36
Bismillah
09 Iyun, 2025, 13 Zulhijja, 1446

Yoshlarimiz – ertamiz

04.01.2021   2159   3 min.
Yoshlarimiz – ertamiz

2021 yil "Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash" yili

Har bir jamiyat o'zining poydevori-kelajagi bo'lmish yoshlari haqida qayg'uradi, ularning ilm-ma'rifatli bo'lishida bor imkoniyatlardan foydalanadi. Haqiqatdan ham, ilm va ta'limga, yoshlarga e'tibor bo'lmas ekan, mamlakat va millat tanazzulga yuz tutadi. Ilmsiz odamlar tubanlashadi, jamiyatlar xarob bo'ladi. Shunday ekan, har bir yurt fuqarosi bu muhim omilga beparvo bo'lmasligi zarur.

Farzandlar tarbiyasi va ularning axloq-odobiga ota-ona mas'ul va javobgar. Agar farzand tarbiyasini faqatgina o'quv dargohi va hukumatga tashlab qo'ysa, ota-ona har ikki dunyoda ham javobgar va gunohkor bo'ladi.

Farzandlarga tirgak, ularni qo'llab-quvvatlaguvchi ma'rifat yordamchisi bo'lmog'imiz zarur. Bugun ota-ona ertangi faravon hayot uchun ularning oldidagi o'z burchlarini bajarsin. Farzandlarning axloqi borasida bugun e'tiborni kuchaytirmoqlik juda muhim ekanligini hayot ko'rsatib turibdi. Ulug'lardan: "Oldin ilm olinadimi yoki odobmi?" deb so'raganlarida, ular: "Odob", deb javob berganlar.

Farzandlarning yurish turishi, g'animat umrini odob-axloqqa va ilm-ma'rifatga yo'naltirmog'imiz muhim. Bu yo'lda ustoz va muallimlar, ota-onalar va davlat miqyosida birlashib hamjihatlikda ishlar olib borilsa, inshaalloh ertangi kun egalari bizlar niyat qilgandek bo'lib kamol topajaklar.

Go'zal axloqli bo'lib ulg'aygan farzand ilmga va hunarga ham e'tiborli, vaqtini g'animat biladigan, umrini, yoshligini omonat ekanini anglab etadi.

"Adibus-soniy" kitobida tarbiya xaqida shunday so'z ketadi:  "Tarbiyali bola ulug'larni hurmat va izzat qilur. O'zi barobarig'a yaxshi muomala qilur va o'zidan kichiklarga shafqat va marhamat qilur. O'zidan rozi qilmoqqa harakat qilur. Qo'lidan kelganicha boshqa insonlarga yordam qilur. Insonliqqa yarashgan ishlardan o'zini tortmas. Yarashmag'an ishlarning yaqinig'a bormas. O'zi bilmaydirg'on va qo'lidan kelmaydirg'on ishlarga aralashmas. Har so'zni vaqtig'a va joyiga qarab so'zlar. O'zlarig'a va boshqalarg'a foydasi tegmaydirg'on ishlarg'a qadam qo'ymas. Tarbiyasiz yomon bolalarga qo'shulmas. Ota va onasi, muallimining so'zlaridan chiqmas. Birovdan yaxshilik ko'rsa esidan chiqarmas. "Millat" degan so'zni jonidan ortiq suyar... "

Farzandlarimizni ulug' ajdodlarimiz qoldirgan ilmiy xazinalar bilan kamol toptirsak, inshaalloh murodimizga etamiz. Yurtboshimizning bobolarimiz qoldirgan bebaho ilmiy meroslari haqida takror-takror gapirishi bejiz emas. U ilmiy meroslarda ham Qur'on, ham sunnat ta'limotlari, yana dunyoviy ilmlar taraqqiyoti musajjam.

Alloh taolo farzandlarimizni salohiyatli, vataniga, xalqiga muhabbatli  avlodlar bo'lib kamol topmog'ini nasib aylasin.

 

Abdurahmon ARTIQOV,

Andijon shahar "Uyg'ur" jome masjidi imom-xatibi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Jannatning hamma eshiklarini ochinglar...

09.06.2025   197   2 min.
Jannatning hamma eshiklarini ochinglar...

 

﴿ شَهِدَ ٱللَّهُ أَنَّهُۥ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ وَٱلۡمَلَٰٓئِكَةُ وَأُوْلُواْ ٱلۡعِلۡمِ قَآئِمَۢا بِٱلۡقِسۡطِۚ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ٱلۡعَزِيزُ ٱلۡحَكِيمُ ﴾
[ آل عمران: 18]

 
 


O‘qilishi: Shahidallohu annahu laa ilaha illa huva val malaaikatu va ulul ilmi qooiman bilqisti laa ilaha illa huval ’aziyzul hakiym.

Ma’nosi: "Alloh adolat ila turib, albatta, Undan o‘zga iloh yo‘qligiga shohidlik berdi. Farishtalar va ilm egalari ham guvohlik berdilar. Undan o‘zga iloh yo‘q. U aziz va hakim Zotdir" (Oli Imron surasi, 18-oyat).


Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: "Kim ushbu oyatni o‘qib, oxirida "Allohdan boshqa iloh yo‘q ekanligiga men ham guvohman" desa, Alloh taolo ushbu oyatning harflari adadicha farishtalarni qiyomat kunigacha o‘sha kishining haqqiga istig‘for ayttirib qo‘yadi".


U zot alayhissalom boshqa hadisda bunday deganlar: "Kim uyquga yotishidan oldin ushbu oyatni o‘qisa, Alloh taolo yetmish mingta farishtani yaratadi va ular qiyomat kunigacha o‘sha kishining haqqiga istig‘for aytib turadilar".


Abu G‘olib aytadilar: "Men Kufaga tijorat qilish uchun borganimda A’mashga qo‘shni bo‘lib turdim. Shunda u kishini har kecha ushbu oyatni takror va takror o‘qigani va undan keyin: "Men ham Alloh guvohlik bergan narsaga guvohman, men ushbu guvohligimni Allohga omonat qilib topshiraman. Qiyomat kunida Alloh taolo menga omonatimni qaytargay" deganlarini eshitar edim.
 
Shunda u kishidan buning sababini so‘raganimda, aytgan edilar: "Abu Voil menga Ibn Mas’uddan rivoyat qilib aytgan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: "Kim ushbu oyatni o‘qib, oxirida ushbu kalimalarni aytsa, qiyomat kunida Alloh taolo unga xitob qilib bunday deydi: "Bandam menga bergan va’dangda turding, ya’ni tavhidda, Men ham O‘z va’damda turaman. Ey, maloikalarim! Jannatning hamma eshiklarini ochinglar, bu bandam xohlagan eshigidan kirsin", deydi".