Turkiyadagi biznes hamjamiyati vakillari, jumladan, turizm sohasi mutaxassislari Prezident Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatini katta e'tibor bilan kuzatib bordi va pandemiya va pandemiyadan keyingi davr sharoitida turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarini katta ishtiyoq bilan qabul qildi.
Bu haqda Turkiyadagi hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi a'zosi, turizm bo'yicha xalqaro mutaxassis, Turkiya Milliy Assambleyasining sobiq deputati-O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisining xorijiy maslahatchisi Sodiq Badak ma'lum qildi.
- O'zbekiston rahbari jahon pandemiyasi butun insoniyat, jumladan, turizm sohasi vakillari uchun kutilmagan va murakkab muammolarni keltirib chiqarganini juda haqli ravishda qayd etdi. O'tgan 2020 yil mamlakatlarimizda strategik ahamiyatga ega bo'lgan ushbu soha uchun misli ko'rilmagan sinov bo'ldi", - deydi Sodiq Badak. - O'zbekiston turizm sohasini keng ko'lamda rivojlantirish bo'yicha o'ziga xos dasturni taqdim etgani juda maqtovga sazovor, dunyoning aksariyat mamlakatlarida esa menejerlar faqat pandemiya qarshisida bu sohaning yashashi haqida o'ylashadi. Shunday qilib, qardosh O'zbekiston 2021 yilda turizm infratuzilmasini rivojlantirish sohasida bir qator muhim loyihalarni ishga tushiradi.
Hususan, kelasi yili ikkita tezyurar poyezd ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Buxoro-Urganch-Hiva temir yo'lini elektrlashtirish boshlanadi. Hususiy sektor e'tiborini jalb etish orqali joylarda, ayniqsa, qishloq va tuman markazlari o'rtasida avtobus yo'nalishlari soni ko'paytiriladi. Toshkentda er usti metrosi qurilishining ikkinchi bosqichi yakunlanib, 12 kilometrik bo'lagi ishga tushiriladi. Natijada er osti va er usti metro liniyalari bir-biriga ulanib, yagona tizimni tashkil etadi.
Hududlarni obodonlashtirish va sayyohlik joylari atrofida suv va yo'l infratuzilmasini rivojlantirish uchun byudjetdan 1 trillion so'm mablag' ajratiladi. Shavkat Mirziyoev mamlakatning barcha joylaridan poytaxtga, yirik shaharlarga va sayyohlik markazlariga tez etib boradigan o'zaro bog'langan transport tarmog'ini yaratish muhimligini ta'kidladi. Shunga asoslanib, hukumatga kelasi yilning 1 martidan turistik marshrutlarda ichki reyslarni ochish va aviachiptalar qiymati uchun byudjetdan qisman qoplash tizimini joriy etish topshirildi. Bundan tashqari, mintaqaviy aeroportlar bir qator davlat-xususiy sheriklik qismi sifatida autsorsingga beriladi.
Shuni ham ta'kidlash kerakki, davlat rahbari yaqin kelajakda mamlakatda ziyorat va ichki turizmning ustuvorligini juda haqli ravishda ta'kidladi. Darhaqiqat, pandemiya va xalqaro miqyosda turli cheklovlarni joriy etish kontekstida bu qiyin sohada haqiqatda "o'sish nuqtasi" sifatida bo'lishi mumkin bo'lgan sayohat turlaridir.
Soha mutaxassislari Prezident tomonidan belgilangan ustuvor vazifalarga to'la rozi bo'lib, turizmni rivojlantirishda jahon miqyosidagi raqobatda O'zbekiston uchun qiyosiy ustunlikka ega, deb hisoblaydilar. Hususan, jahon tsivilizatsiyasiga ulkan hissa qo'shgan allomalarning boy merosi, qadimiy me'morchilik, boy madaniyati, amaliy san'at va milliy oshxonasi bilan bir qatorda O'zbekiston ziyorat turizmi sohasida ham yuksak salohiyatga ega. Shu bois mazkur yo'nalish koronavirus pandemiyasi sharoitida turizm sohasining jadal tiklanishida muhim o'rin tutadi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Munosabat
Avvalo, barcha yurtdoshlarimizni xursandchilik ayyomi – Qurbon hayiti bayrami bilan samimiy muborakbod etaman!
Mamlakatimizda Qurbon hayiti nafaqat diniy, balki umummilliy bayram sifatida ham keng nishonlanadi. Zero, ushbu kunda yurtdoshlarimiz bir-birini hayit bilan samimiy tabriklab, o‘zaro sovg‘alar ulashadi, millati, tili va dinidan qat’i nazar, yolg‘iz keksalar, kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olinib, xayriya ishlari amalga oshiriladi.
Shu ma’noda, ushbu qutlug‘ bayram insonparvarlik va bag‘rikenglik ramzi bo‘lish bilan birga, insonlar o‘rtasida o‘zaro mehr-muhabbat va hamjihatlik kabi fazilatlarni ham o‘zida mujassam etadi.
Yurtimizda hayit bayramini munosib kutib olish va o‘tkazish, shuningdek, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, xalqimizning ko‘p asrlik an’ana va urf-odatlariga uyg‘un holda o‘tkazilishiga alohida e’tibor qaratiladi. Buning uchun barcha zarur tayyorgarliklar ko‘riladi, mamlakatimizning barcha hududlarida tom ma’noda bayram shukuhi hukm suradi.
Kezi kelganda yurtimizda “Inson qadri uchun” degan ulug‘vor g‘oya asosida barcha sohalar qatori diniy-ma’rifiy jabhada ham katta islohotlar amalga oshirilayotgani, normativ-huquqiy hujjatlar takomillashtirilib, soha faoliyati samaradorligi yangi bosqichga chiqarilayotganini alohida qayd etish lozim.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan oxirgi yillarda yurtimizning har bir go‘shasidagi ulkan bunyodkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda. Xususan, Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi binosi qurilishi yakuniga yetib bormoqda, Samarqandda Imom Buxoriy majmuasi qad rostlamoqda.
Yaqinda Prezidentimiz ushbu majmuaga tashrif buyurib, u yerdagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi, zarur ko‘rsatmalar berdi. Zero, bu davlatimiz rahbarining uzoqni ko‘ra bilishi, ulug‘ ajdodlarga yuksak ehtiromining yorqin ifodasidir.
E’tiborga sazovor jihatlardan yana biri shuki, Prezidentimiz qo‘ng‘iroq qilib, hojilarimiz uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning salomatligi va kayfiyati haqida so‘radi. Bundan hojilarimiz behad mamnun bo‘ldi, e’tibor va ehtiromdan xursand bo‘lgan ziyoratchilarimiz ko‘zlarida yosh bilan duo qildilar.
Arafot maydonida, duolar mustajob bo‘ladigan ayni onlarda Prezidentimizning Qurbon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan tabrigini katta hayajon bilan eshitdik. Yaratgandan yurtimizga tinchlik, xalqimizga farovonlik so‘rab, duolar qildik.
Ayniqsa, tabrikda hojilarimiz alohida eslab o‘tilgani ziyoratchilarimizni cheksiz quvontirdi.
Barcha yurtdoshlarimiz qatori hojilarimiz ham ushbu tabrikdagi olijanob g‘oya va tashabbuslarga befarq emasligini izhor qildi.
Tabrikdagi “Inson qadri uchun, inson baxti uchun!” degan olijanob g‘oya barcha jabhalardagi islohotlarning asosi ekanini alohida e’tirof etish va hojilarimizning tashabbuslari ham ushbu g‘oyaga hamohang ekanini qayd etish lozim.
Bu Arafot maydonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga hojilarimizning murojaatida ham o‘z aksini topdi. Jumladan, mazkur murojaatda hojilarimiz yurtga qaytgach, “Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari” degan ezgu tashabbusni bir ovozdan ilgari surib, Uchinchi Renessans yaratuvchilarini tarbiyalashda Prezidentimizga ko‘makchi bo‘lamiz, deb va’da berdi.
Shuningdek, Vatanimiz taraqqiyotiga xolis xizmat qilish, mahallalarda tinchlik va birdamlikni mustahkamlash, tinchlik-osoyishtalikning qadriga yetish, xalqimizni ma’nan yuksaltirish, jamiyatdagi islohotlarga daxldorlik hissini oshirish kabilarni targ‘ib etish borasida faol bo‘lishni aytib o‘tdi.
O‘z navbatida, hojilarimiz kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ilm-ma’rifatga homiylikda namuna bo‘lish, to‘ylar, oilaviy tadbirlar va marosimlarda me’yorga amal qilgan holda kamxarj va ixcham o‘tkazishda bosh-qosh bo‘lish, mahallalardagi notinch oilalar, shu jumladan, tarbiyasida muammosi bor yoshlar o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish, hududlardagi maktablarning ta’mirga muhtoj qismini joriy ta’mirlash ishlariga ko‘maklashish, xayriya, mehr-muruvvat va yordam ko‘rsatish ishlarini ko‘paytirish kabi tashabbuslarni qat’iy amalga oshirishga ahd qildi.
Aziz yurtdoshlar! Shubhasiz, ushbu shukuhli kunlar tom ma’noda barchamiz uchun katta bayram, xursandchilik onlaridir. Mo‘tabar manbalarda saodatli damlarni shodu xurramlik bilan o‘tkazish bo‘yicha ko‘p tavsiyalar kelgan. Ulamolarimiz: “Hayit kunlari shodlikni izhor qilish dinning shiorlaridan”, deyishadi. Demak, Qurbon hayiti kunlarida quvonchimizni, saxovatimizni har qachongidan ko‘ra ko‘proq namoyon qilishimiz lozim. Ayniqsa, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga yordam ko‘rsatishga shoshilishimiz lozim.
Ushbu fazilatli kunlarda muborak manzillarda turib, ona Vatanimizga tinchlik-osoyishtalik, xalqimizga yanada farovon hayot, farzandlarimizga baxtu saodat so‘rab, duolar qilmoqdamiz!
Qurbon hayitingiz muborak bo‘lsin!
Shayx Nuriddin XOLIQNAZAR,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy