Sayt test holatida ishlamoqda!
02 Avgust, 2025   |   8 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:46
Quyosh
05:19
Peshin
12:34
Asr
17:31
Shom
19:43
Xufton
21:09
Bismillah
02 Avgust, 2025, 8 Safar, 1447

Musulmon kishi mehribon va muruvvatli bo'ladi

31.12.2020   2531   6 min.
Musulmon kishi mehribon va muruvvatli bo'ladi

Hayr-saxovatning barcha ko'rinishi, xoh u farz, xoh nafl bo'lsin, barchasi gunohlar o'chirilishiga sabab bo'ladi. Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “...Suv olovni o'chirganidek, sadaqa gunohlarni o'chiradi”, dedilar” (Imom Termiziy rivoyati).

Bugun yurtimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarga mehr-muruvvat, saxovat qo'llari uzatilmoqda, bemorlarga har tomonlama yordam berilmoqda. Shuningdek, Mehribonlik, Muruvvat va Sahovat uylariga moddiy va ma'naviy ko'maklar ko'rsatilmoqda.

Yaxshilik, mehr-oqibat, silai-rahm va xayr-saxovat kabi fazilatlar insonga ziynat bo'ladi. Bunday oliyjanob kishi el-yurtining og'irini engil qiladi. Aslida bunday  fazilatlar xalqimizning azaliy xulq-atvori, ota-bobolarimiz jasorati, himmati va iymon-e'tiqodida mujassam. Ushbu umuminsoniy qadriyatlar Qur'oni karim va Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning hadislarida ko'p bora ta'kidlangan.

Alloh taolo marhamat qiladi: “Kim bir yaxshilik qilsa, unga o'n barobar qaytarilur. Kim bir yomonlik qilsa, unga faqat qilinganiga yarasha jazo bo'lur. Va ularga zulm qilinmas” (An'om surasi, 160-oyat); Sadaqalaringizni agaroshkorabersangiz, juda yaxshi. Bordiyu, kambag'allarga pinhona bersangiz – o'zingiz uchun yanada yaxshiroqdir va (U) gunohlaringizdan o'tar. Alloh qilayotgan (barcha) ishlaringizdan xabardordir(Baqara surasi, 271-oyat).

Ulamolar sadaqani insonning imoni borligini tasdiqlovchi amal, deyishgan. Chunki xayr-ehson qiluvchi kishi o'ziga begona va hech ham manfaat kelmaydigan odamga o'zidan orttirib narsa beradi.  

Abu Molik Ash'ariy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sadaqa hujjat va dalildir (ya'ni imoni borligiga)”, dedilar» (Imom Termiziy rivoyati). Hayru ehson qilish, sahovatli bo'lish orqali iymonimiz borligini tasdiqlovchi hujjatni qo'lga kiritgan bo'larkanmiz.  

Abu Kabsha Anmoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam: “Uch narsaga qasam ichaman: “Bandaning moli sadaqa ila nuqsonga uchramas. Banda bir zulmga uchrasayu, unga sabr qilsa, albatta, Alloh uning izzatini ziyoda qilur. Banda tilanchilik eshigini ochsa, albatta, Alloh unga faqirlik eshigini ochar”, dedilar.

Adi ibn Hotam roziyallohu anhudan rivoyat qilingan yana bir hadisda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Qaysingiz yarimta xurmoni sadaqa qilib bo'lsa ham, yuzini do'zax olovidan asrashga qodir bo'lsa, shu ishni qilsin”, dedilar (Imom Termiziy rivoyati).

Kishi ehsonini ota-onadan boshlaydi. So'ng qarindosh-urug', mehr-muruvvatga muhtoj bo'lgan etim, kambag'al-faqirlar, safarda aziyat chekayotgan musofirlarga ehson qilinadi.

Payg'ambarimiz alayhissalom: “Miskinga qilingan sadaqaga bitta savob, qarindoshga qilingan sadaqaga ikkita savob: biri sadaqa, ikkinchisi silai rahm uchundir”; “Yetimni qaramog'iga olgan kishi bilan men jannatda mana bunday yonma-yon turamiz”, dedilar va ko'rsatkich va o'rta barmoqlarini juftlab ko'rsatdilar». Boshqa bir hadisda: “Beva va miskinga ehson qilish uchun harakat qilgan kishi Alloh yo'lida jang qilgan, tuni bilan namoz o'qigan va kun bo'yi ro'za tutib yurgan kishi kabidir” (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati).

Ushbu hadisi shariflardan har bir musulmon o'zining atrofidagi kishilarga mehribon, himmatli, saxovatpesha, sadoqatli bo'ladi, degan fikr kelib chiqadi.  

Alloh taolo ehson va sadaqani, avvalo, qarindosh, miskin va yo'lovchilarga qilishni buyurgan. Qur'oni karimda marhamat qilinadi: “Qarindoshga, miskin va yo'lovchiga (xayr-ehson qilish bilan) haqlarini ado eting va isrofgarchilikka mutlaqo yo'l qo'ymang!” (Isro surasi, 26 oyat). 

Islomda insoniylik yuqori qadrlanadi. Bu hamma xalqlarning umuminsoniy mulki hisoblanadi. Musulmon odam ota-onasi, farzandlari, qo'ni-qo'shnilariga g'amxo'rlik qiladi, ko'makka muhtoj bo'lganlarga yordam ko'rsatadi.

Alloh taolo dunyodagi barcha narsalarni yaratgan, shuning uchun musulmon kishi tabiat va har qanday jonzot oldida o'zini mas'uliyatli his qiladi. Islom e'tiqodi musulmon qalbida yaxshi ishlarni qilish tuyg'usini paydo qiladi.

Qur'oni karimda marhamat qilinadi: “Albatta, Alloh bir zarra miqdorida (ham birovga) zulm qilmagay, Agar (o'sha miqdorda) yaxshilik bo'lsa, uni (bir necha barobar) ko'paytirur va O'z huzuridan ulug' mukofot (jannat) atoetur” (Niso surasi, 40-oyati).

Kishi yaxshilik qilgan insonga yaxshilik qilsa – vafodorlik, yaxshilik qilmaganga qilsa – saxovatdir. Agar yomonlik qilgan kishiga yaxshilik qilish – ayni musulmonlik qilgan bo'ladi.  

Alloh taolo barchamizni yaqinlarimiz, muhtoj kishilarga yaxshilik qilishda peshqadam bo'lishimizni, qiladigan xayr-ehsonlarimizni ixlos va chin dildan ato etuvchi sahovatli insonlardan bo'lishimizni nasib aylasin, hidoyat yo'lida sobitqadam qilib, ikki dunyo saodatiga musharraf etsin, Vatanimizni turli samoviy va a'roziy balo-qazolardan asrasin, bemorlarga O'zi shifoi komil bersin!  

Razov Baxramatdin,

Nukus «Imom eshon Muhammad» jome masjidi imom-xatibi

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Bular Alloh uchun, men uchunchi?

01.08.2025   6817   1 min.
Bular Alloh uchun, men uchunchi?

حدثنا العباس الدوري نا يعلى بن عبيد نا موسى هو الجهني عن مصعب بن سعد عن أبيه قال: جاء أعرابي النبي صلى الله عليه وعلى آله وسلم فقال: يا رسول الله: علمني كلاما أقوله قال :”قل لا إله إلا الله وحده لا شريك له الله أكبر كبيرا والحمد لله كثيرا وسبحان الله رب العالمين لا حول ولا قوة إلا بالله العزيز الحكيم“. قال: هؤلاء لربي فما لي قال: قل:  اللهم اغفر لي وارحمني واهدني وارزقني.

 

Mus’ab ibn Sa’d otasidan rivoyat qiladi: “Bir a’robiy Nabiy sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallamning oldilariga kelib: “Ey, Allohning Rasuli, menga bir kalimani o‘rgating, men uni aytib yuray”, dedi.

Laa ilaaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu, Allohu akbar kabiyro, valhamdulillaahi kasiyro, subhaanallohi Robbil ’aalamiyn, laa havla va laa quvvata illaa billaahil ’aziyzil hakiym”, deb ayt! dedilar.

U: “Bular Alloh uchun, men uchunchi?” dedi. “Allohummag‘firliy, varhamniy, vahdiniy, varzuqniy”, degin”, deb aytdilar”.

 

Kalima va duoning ma’nosi: Yolg‘iz Allohdan o‘zga iloh yo‘q, Uning sherigi yo‘q. Alloh buyukdir, eng buyukdir, Allohga ko‘p hamd bo‘lsin. Olamlar Robbi pok deb yod etaman. Kuch ham, quvvat ham faqat Azizu Hakim Alloh bilandir.

Allohim, meni mag‘firat qil, menga rahm qil, meni hidoyatga boshla va menga rizq bergin.

 

Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi