Bugun, 30 dekabr' kuni Din ishlari bo'yicha qo'mita raisi Abdug'ofur Ahmedov O'zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
So'nggi yillarda xalqimizning qadimiy tarixi va boy madaniyatini tiklash, ulug' allomalarimizning ilmiy merosini asrab-avaylash, har tomonlama chuqur o'rganish va ularning mazmun-mohiyatini yosh avlodga etkazish bo'yicha ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Ma'lumki, 2017 yili muhtaram Prezidentimizning “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ'ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori e'lon qilingan edi. Qarorga muvofiq, turli davlatlarda saqlanayotgan qadimiy noyob qo'lyozmalar, chet el fondlaridagi mavjud asarlar nusxalarini ayirboshlash yoki olish hisobidan O'zbekistondagi qo'lyozma va yozma manbalar fondlarini boyitib borish belgilangan. Shuningdek, O'zbekistonning turli tashkilotlarida saqlanayotgan arab yozuvidagi qo'lyozma asarlar, toshbosma kitoblar va tarixiy hujjatlarning saqlash va ta'mirlash holatini yanada takomillashtirish masalalari ham belgilangan.
Din ishlari bo'yicha qo'mita raislari kutubxonadagi noyob kitoblar va ularning saqlanish sharoitlari, shuningdek restavratsiya va kataloglashtirishga oid yangi loyihalar bilan yaqindan tanishdilar. Kutubxona xodimlari bilan bo'lib o'tgan samimiy suhbatda Abdug'affor Ahmedov olib borilayotgan ishlar haqida ijobiy fikrlar bildirib, kitoblarni saqlash va kelajak avlodga beshikast etkazish maqsadida restavratsiya ishlariga jiddiy e'tibor qaratish shu bilan birga kutubxona xodimlarining malakasini oshirishga doir fikr-mulohazalar bildirib o'tdilar.
Kutubxona mutaxassislariga qadimiy qo'lyozmalar va boshqa yozma manbalarni saqlash, o'rganish, ilmiy asosda tadqiq etish va xalqimizga etkazish borasida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.
S.Ikramov,
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Kutubxonasi etakchi mutaxassisi
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta-maxsus islom ta’lim muassasasida ulug‘ allomalarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud kunlari munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.
Suhbatni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti ilmiy xodimi Fotima Ikromova hamda O‘zbekistong Respublikasi fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi katta ilmiy xodimi, filologiya fanlari nomzodi, navoiyshunos olima Ma’mura Rashidova olib borishdi.
Suhbat davomida talabalar bu ikki siymo haqida ko‘plab yangi, qiziqarli ma’lumotlar olishdi.
Tadbir so‘ngida esdalik sovg‘alar va tashakkurnomalar topshirildi.
***
Imom Faxriddin ar-Roziy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, davlat arbobi, sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bag‘ishlangan «Adabiyotimizning yetuk namoyondalari» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati