Janubiy Koreya armiyasida vegetarianlar va musulmon harbiy xizmatga chaqiriluvchilar uchun 2021 yildan go'shtni istisno qiluvchi maxsus ishlab chiqilgan parhez joriy etiladi, deya xabar bermoqda 27 dekabr' kuni YonHap News axborot agentligi Mudofaa vazirligi ma'lumotlariga tayanib.
Vazirlikka ko'ra, 2021 yilning fevralidan boshlab bo'lajak xizmatga chaqiriluvchilardan vegetarianlarmi yoki yo'qmi tibbiy ko'rikdan o'tayotganda qayd etish so'raladi. Shaklda to'ldirish uchun koreys va ingliz tilida "vegetarian" sifatida belgilangan ikki ustun mavjud bo'ladi. Islam.ru ma'lumotlariga ko'ra, bunday shaxsiy ma'lumotlar chaqiriluvchilar xizmat qiladigan bo'linmaga yuboriladi. Bu vegetarian va musulmon askarlar uchun tizimli parhez dasturini ta'minlaydi.
"Kelasi yili vegetarian va musulmon askarlar sonini aniqlagach, tayyorlangan menyularni ishlab chiqamiz", - deydi harbiy muassasa vakili.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta-maxsus islom ta’lim muassasasida ulug‘ allomalarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud kunlari munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.
Suhbatni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti ilmiy xodimi Fotima Ikromova hamda O‘zbekistong Respublikasi fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi katta ilmiy xodimi, filologiya fanlari nomzodi, navoiyshunos olima Ma’mura Rashidova olib borishdi.
Suhbat davomida talabalar bu ikki siymo haqida ko‘plab yangi, qiziqarli ma’lumotlar olishdi.
Tadbir so‘ngida esdalik sovg‘alar va tashakkurnomalar topshirildi.
***
Imom Faxriddin ar-Roziy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, davlat arbobi, sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bag‘ishlangan «Adabiyotimizning yetuk namoyondalari» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati