Sayt test holatida ishlamoqda!
01 May, 2025   |   3 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:51
Quyosh
05:21
Peshin
12:25
Asr
17:16
Shom
19:23
Xufton
20:47
Bismillah
01 May, 2025, 3 Zulqa`da, 1446

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hayolari va saxovatlari

28.12.2020   1736   4 min.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hayolari va saxovatlari

276. Jobir roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar bir kishi bir narsa so'ragan bo'lsa, u narsa o'zlarida bor bo'la turib hargiz yo'q demaganlar. Agar yo'q bo'lsa, va'da qilar yoki haqiga yaxshi duo qilardilar. 

277. Ibn Abbos roziyallohu anhumo dedilar: Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ehsonda va karamda bashar jinsi qila olmagan saxovatni qilar edilar. O'zlari darveshona hayot kechirar edilar. Lekin ehsonda shahanshohlardan o'tar edilar. Butun yil ahvollari shu bo'ldi. Lekin ramazoni muborakda karamlari haddan tashqari bo'lar edi. Hususan, Jabroil alayhissalom kelib Qur'oni karimni eshittirar vaqtlarida, yomg'ir keltiradigan shamoldan ham ziyoda saxiy bo'lar edilar. Do'st va ahli va noaxil hamma barobar naf olar edi.

278. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ertangi kun uchun xech bir narsani zaxira qilib olib qo'ymas edilar. Balki Alloh taologa tavakkul qilar edilar. Ya'ni, shu bugun nima mavjud bo'lsa, eb-edirib tamom qilar edilar. Ertaga zarurat bo'lib qolur degan xayol bilan olib qo'ymas edilar. Bu hol o'z xususlarida edi. Ammo volidalarimiz nafaqalarini o'z-o'zlariga topshirib berar edilar. O'z haqlariga o'zlari ozod va o'zlari muxtor edilar. Hohlaganlaridek tasarruf qila olar edilar, xohlasalar saqlab qo'yar edilar, xohlasalar taqsim qilib xalos qilar edilar. Lekin Janobning xonadonlari har bir holatda Janobga ergashar edilar.

279. Umar ibn al-Hattob roziyallohu anhu dedilar: Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga hojat talab qilib keldi. Janob dedilar: Bu soatda mening qoshimda hech bir narsa yo'qki, senga bersam. Endi sen mening nomimdan kerakli narsangni sotib ol. Qachon menga biror narsa paydo bo'lib qolsa, qarzni men uzaman. Umar dedilarki: Yo, Rasulalloh qo'llarida davlat bor zamonda berdilar, endi qudratlari etmagan narsani bermakka mukallif emaslar-ku? Janobga Umar roziyallohu anhuning so'zlari nomunosib ko'rildi. Shu soatda madinalik bir sahoba dedilar: Yo, Rasulalloh, har yo'l bilan bo'lsa ham bersinlar. Arsh Moliki tarafidan keladigan atolarni kam bo'lishidan qo'rqmasinlar. Janob u zot so'zlaridan tabassum qildilar va dedilarki: “Shu narsaga buyurilganman”.

280. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadyani qabul qilar edilar. Va unga mukofot ham berar edilar. Va mukofotlari olgan hadyalaridan yaxshiroq narsa bo'lar edi.

281. Abu Sa'id Hudriy roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam pardada o'tirgan qiz boladan ham ziyoda hayoli edilar. Qachon bir narsani yomon ko'rsalar yomon ko'rganliklarini bizlar chehralaridan bilar edik. (Ya'ni, tillari bilan bayon qilmas edilar).

282. Oisha roziyallohu anho dedilar: Men Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning nihoyatda hayoli bir inson bo'lganliklaridan biror bor uyat erlariga boqa olmadim va boqmadim.

I z o h. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nihoyatda sharmli, uyatchan bir inson bo'lganliklaridan uyat erlarini shu qadar extiyot bilan berkitar edilarki, hatto volidalarimizdan ham maxfiy tutar edilar. Hammadan mahbub, hammadan bemalol erka xotinlari modomiki ko'ra olmagan bo'lsalar, boshqa volidalarimiz hech ko'ra olmagan bo'ladilar. Endi o'z hamxonalaridan shu darajada ehtiyot qilib uyat erlarini ko'rsatmagan zoti aqdas boshqaning avratini qanday ko'ra olurlar. Onamiz Ummu Salama roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon ahliyalaridan birlari bilan suhbat qilmoqchi bo'lsalar, ko'zlarini berkitib, boshlarini past qilib olar edilar. Va ahliyalariga ham og'ir mijoz va sharmlik turishga amr berar edilar.

(Davomi bor)

“Shamoyili Muhammadiya” kitobidan

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

100 ta SIR-ASRORLI IBORA (4-qism)

28.04.2025   6216   3 min.
100 ta SIR-ASRORLI IBORA (4-qism)

100 ta SIR-ASRORLI IBORA

yoxud

ODAMLAR BILAN

MULOQOT (oila, uy, ishxona, jamoat joylari) DAGI

100 ta “SЕHRLI SO‘Z”

ni

ULUG‘  USTOZ  ULAMOLARIMIZ  bayon  qilib  berganlar:

(4-qism)

  1. Assalomu alaykum!
  2. Katta rahmat Sizga!
  3. Umrbod minnatdorman Sizdan!
  4. Umringiz uzoq bo‘lsin!
  5. Xo‘p bo‘ladi!
  6. Ming bor uzr so‘rayman Sizdan!
  7. Kechirasiz!..
  8. Sizdan kechirim so‘rayman!
  9. Mendan o‘tdi! Uzr so‘rayman! Kechiring!
  10. Siz nima desangiz – shu!
  11. Sizning gapingiz – men uchun qonun!
  12. Sizning gapingiz – biz uchun qonun!
  13. Labbay?!?
  14. Eshitaman?!?
  15. Amringizga muntazirman!
  16. Minnatdorman!
  17. Juda to‘g‘ri aytdingiz!
  18. To‘g‘ri aytasiz!
  19. Gapingiz nihoyatda to‘g‘ri!
  20. Fikringiz juda ma’qul!
  21. Iltimos Sizdan, kechiring!..
  22. Iltimos, meni kechiring!..
  23. To‘g‘ri aytdingiz!
  24. Sizni juda yaxshi tushunib turibman!
  25. Qo‘llaringiz dard ko‘rmasin!
  26. Sizga gap yo‘q!
  27. Juda chiroyli!
  28. Juda-juda ma’qul!
  29. Bu ham yaxshilikka!
  30. Bunda ham bir hikmat bor!..
  31. Muammo yo‘q!
  32. Hech qanday muammo yo‘q!
  33. Hech qanday e’tirozim yo‘q!
  34. Ovora bo‘lmang!
  35. Aslo ovora bo‘lmang!
  36. Hecham ovora bo‘lmang!
  37. Sizni ovora qilganim uchun ming bor uzr so‘rayman Sizdan!
  38. Hijolat bo‘lmang!
  39. Yaxshi kunlaringizda qaytaraylik!
  40. To‘ylaringizda qaytaraylik!
  41. Doim xizmatlaringizdamiz!
  42. Ko‘nglingiz to‘q bo‘lsin!
  43. Xudo xohlasa, hammasi yaxshi bo‘ladi!
  44. Boringizga shukr!
  45. Ming bor uzr!
  46. Ming bor-ming bor uzr!
  47. Zo‘r chiqibdi, yarashibdi!
  48. Ming bor-ming bor uzr so‘rayman sizdan!
  49. Men xato qildim, uzr, kechirasiz!
  50. Aybimni tan olaman, kechirasiz!
  51. Uzr-uzr-uzr!
  52. Ikkinchi unday qilmayman, kechiring!
  53. Boshqa takrorlanmaydi, kechirasiz!
  54. Bir qoshiq qonimdan keching!
  55. “Bunda ham bir hikmat bor...” deyiladi-yu o‘zi...
  56. Katta iltimos Sizdan!
  57. Bilmay qolibman, uzr, kechirasiz!
  58. O‘tinib so‘rayman Sizdan!
  59. Mana shu xislatingizga tan beraman-da!
  60. Shu fe’lingizga gap yo‘q-da!
  61. Sizdan rosa ham minnatdorman!
  62. Tashakkurlarim Sizga!
  63. E’tiboringiz uchun katta rahmat Sizga!
  64. Sizga katta rahmat mehrli e’tiboringiz uchun!
  65. Mehrli e’tiboringiz uchun Sizga katta rahmat!
  66. Siz nima desangiz – shu!
  67. Siz qanday aytsangiz, xuddi shunday bo‘ladi!
  68. Bajaramiz! Xo‘p bo‘ladi!
  69. Zo‘r!
  70. Juda-juda zo‘r!
  71. Gap yo‘q!
  72. Qoyil!
  73. Juda ajoyib!
  74. Juda ham chiroyli!
  75. Mutlaqo gap yo‘q!
  76. Sizga yoqsa – bo‘ldi!
  77. Sizga yoqqani – bizga yoqqani!
  78. Ana endi ko‘ngildagiday bo‘ldi!
  79. Mana endi xotirjam bo‘ldim!
  80. Xizmatingizdaman!
  81. O‘zingizni ehtiyot qiling!
  82. Doim sog‘-omon bo‘ling!
  83. Hormang!
  84. Juda xursand bo‘ldim!
  85. Men Sizdan kechirim so‘rayman!
  86. Zo‘r chiqibdi!
  87. Juda ham zo‘r chiqibdi!
  88. Oldindan katta rahmat Sizga!
  89. Umuman gap yo‘q!
  90. Gap bo‘lishi mumkin emas!
  91. Sizning hurmatingiz biz uchun cheksiz!
  92. Sizning hurmatingiz men uchun cheksiz!
  93. Tarbiyangizga qoyil qoldim!
  94. Sizga tarbiya bergan Ota-onangizga ming rahmat!
  95. Tan berdim!
  96. Tan bermasdan iloji yo‘q!
  97. Ofarin!
  98. Uzr! Uzr! Uzr!
  99. Meni kechiring, iltimos Sizdan!
  100. Ming-ming-ming bor kechirim so‘rayman Sizdan!

                          Chegarasi yo‘q) ...

*SIZ yana qo‘shishingiz mumkin...

**ENG muhimi:  jumlalarni O‘Z VAQTIDA va O‘Z O‘RNIDA ishlatish !!!

***ENG asosiysi:  ushbu so‘zlar faqat TILdan emas, balki DIL (!) dan chiqsagina SIR-ASRORLI va “SЕHRLI” bo‘ladi...  

Mehribon Parvardigorimiz o‘zlarimizni ham, farzand-zurriyotlarimizni ham O‘zi buyurgan, Janobi Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam tavsiya etgan, o‘tmishda o‘tganlarimizning ruhlari shod bo‘ladigan, xalqimiz xursand bo‘ladigan, ota-onalarimiz rozi bo‘ladigan yo‘llardan yurishimizni nasib etsin! 

Ibrohimjon domla Inomov

Ibratli hikoyalar