Sayt test holatida ishlamoqda!
08 May, 2025   |   10 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:40
Quyosh
05:12
Peshin
12:25
Asr
17:20
Shom
19:31
Xufton
20:57
Bismillah
08 May, 2025, 10 Zulqa`da, 1446

Ibn Atoulloh Sakandariy rahmatullohi alayhning hikmatlari

28.12.2020   2455   6 min.
Ibn Atoulloh Sakandariy rahmatullohi alayhning hikmatlari

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo'lsin.
Payg'ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo'lsin.

مَا صَحِبَكَ إِلَّا مَنْ صَحِبَكَ وَهُوَ بِعَيْبِكَ عَلِيمٌ، وَلَيْسَ ذَلِكَ إِلَّا مَوْلَاكَ الْكَرِيمُ. خَيْرُ مَنْ تَصْحَبُ مَنْ يَطْلُبُكَ لَا لِشَيْءٍ يَعُودُ مِنْكَ إِلَيْهِ.

Aybingni o'ta yaxshi bilaturib do'st bo'lgandan boshqa hech kim senga do'st bo'lmas. Bu esa karamli Hojangdan boshqa emas. Do'st tutinganlarning eng yaxshisi sendan qaytadigan narsa uchun izlamaganidir.

Ibn Atoulloh Sakandariy rahmatullohi alayh ushbu hikmatda har bir banda uchun Alloh taoloning O'zidan o'zga yaqin do'st bo'lmasligini bayon qilmoqda.

Odatda bandaning yaqin do'sti o'ziga o'xshagan banda bo'lishiga odatlanib qolingan. Har bandaning, kim bo'lishidan qat'i nazar, o'ziga do'st tanlashda ishga soladigan mezoni do'st bo'lishi kutilayotgan odamning aybi yo'q bo'lishiga, hech bo'lmasa aybi eng kam shaxs bo'lishiga qiziqishdir. Shuning uchun ham odam bolasi o'ziga do'st tutmoqchi bo'lgan odamning aybini sezishi bilan undan qochishga, boshqa do'st axtarishga o'tadi. Bunday holat do'stlikka nomzodning bitta yoki ikkita aybini bilganda kuzatiladi. Uning bitta emas, o'nta aybini bilganda holat qanday bo'lishini har kim o'zi tasavvur qilib olaversa bo'ladi. Bandaning holi shu.

Ammo bandaning Robbi uning barcha ayblarini, hattoki ko'z qiri bilan qilgan xiyonatlarini ham bilib tursa ham, uni O'ziga eng yaqin do'st tutadi.

«Aybingni o'ta yaxshi bilaturib do'st bo'lgandan boshqa hech kim senga do'st bo'lmas. Bu esa karamli Hojangdan boshqa emas».

O'ta karamli bo'lgan Alloh taoloning yolg'iz O'zigina bandaning eng yaqin sohibi bo'lur. U Zotdan o'zga hech bir zot bandaga Uningchalik yaqin do'st bo'lmas.

Bu ulkan haqiqatni anglab etgan banda Alloh taoloni do'st tutmog'i lozim. U Zotning do'stligi haqiqati haqida etarli ma'rifat hosil qilmog'i kerak. U Zotga nisbatan zohirda ham, botinda ham odobli bo'lmog'i zarur. U Zotning amriga xilof qilishdan, nahyisiga sarkashlik qilishdan hayo qilmog'i shart.

عَنْ عَبْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: اسْتَحْيُوا مِنَ اللهِ حَقَّ الْحَيَاءِ، قُلْنَا: يَا رَسُولَ اللهِ، إِنَّا نَسْتَحْيِي وَالْحَمْدُ لِلَّهِ، قَالَ: لَيْسَ ذَاكَ، وَلَكِنِ الْاِسْتِحْيَاءُ مِنَ اللهِ حَقَّ الْحَيَاءِ أَنْ تَحْفَظَ الرَّأْسَ وَمَا وَعَى، وَالْبَطْنَ وَمَا حَوَى، وَلْتَذْكُرِ الْمَوْتَ وَالْبِلَى، وَمَنْ أَرَادَ الْآخِرَةَ تَرَكَ زِينَةَ الدُّنْيَا، فَمَنْ فَعَلَ ذَلِكَ فَقَدِ اسْتَحْيَا مِنَ اللهِ حَقَّ الْحَيَاءِ . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَحْمَدُ وَالْحَاكِمُ.

Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

«Allohdan haqiqiy hayo qilinglar», dedilar.

«Ey Allohning Rasuli! Albatta, biz hayo qilamiz, alhamdulillah», dedik.

«Unday emas. Allohdan haqiqiy hayo qilish boshni va u o'z ichiga olgan narsalarni, qorinni va u o'z ichiga olgan narsalarni saqlamog'ingdir. O'limni va chirishni eslamog'ingdir. Kim oxiratni xohlasa, dunyo ziynatini tark qilur. Kim o'shalarni qilsa, Allohdan haqiqiy hayo qilgan bo'lur», dedilar».

Termiziy, Ahmad va Hokim rivoyat qilganlar.

Bu hadisi sharifda Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam haqiqiy hayo odamlar o'ylab yuradigan ba'zi bir ishlarni qilishdan uyalishgina emasligini, balki haqiqiy hayo ulkan bir ma'noni o'z ichiga olishini bayon qilmoqdalar.

«Allohdan haqiqiy hayo qilish boshni va u o'z ichiga olgan narsalarni, qorinni va u o'z ichiga olgan narsalarni saqlamog'ingdir».

Bosh o'z ichiga olgan narsalar – ko'z, quloq, burun, og'iz va til ekanini bilib qo'yish lozim. Ushbu narsalarni yomonlikdan saqlash ila Allohdan haqiqiy hayo qilishning ba'zi shartlari yuzaga kelar ekan.

Qorin o'z ichiga olgan narsalar jumlasida ozuqalar va farj bor. Demak, ozuqaning halol bo'lishi va farjning gunohdan saqlanishi ila Allohdan haqiqiy hayo qilishning ba'zi shartlari yuzaga kelar ekan.

«O'limni va chirishni eslamog'ingdir».

O'limini eslamagan odam hech narsadan hayo qilmaydi. Qabrda chirishini eslamagan hech narsadan hayo qilmaydi.

«Kim oxiratni xohlasa, dunyo ziynatini tark qilur».

Albatta, bu erda Alloh taolo halol qilgan ziynatlarni tark qilish haqida emas, Alloh taolo harom qilgan ziynatlar haqida so'z ketmoqda.

«Kim o'shalarni qilsa, Allohdan haqiqiy hayo qilgan bo'lur».

Kim bu hadisi sharifda aytib o'tilgan ishlarni mukammal qilgan bo'lsa, Allohdan haqiqiy hayo qilgan bo'lur. Ha, mo'min-musulmon odam Allohdan haqiqiy hayo qilishi zarur.

Shunday bo'lgandan keyin o'zini bilgan banda odamlardan birortasining maqtoviga uchmasligi, hurmat qilishidan g'ururga ketmasligi va maddohligidan xursand bo'lmasligi lozim bo'ladi.

«Hislatli hikmatlar sharhi» kitobi asosida tayyorlandi

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Huquqiy savodxonlik soati

07.05.2025   5003   1 min.
Huquqiy savodxonlik soati

O‘zbekiston musulmonlari idorasining Namangan viloyat vakilligida viloyat bosh imom-xatibi Musoxon domla Abbosiddinov rahbarliklarida viloyat Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan masjidlar mutavallilari uchun yig‘ilish o‘tkazildi.


Yig‘ilishda viloyat Adliya boshqarmasi mutaxassisi Z.Axmedxodjayeva, Yangi Namangan tumani kadastr bo‘limi boshlig‘i O.Usmanov, notarius A.Artiqovlar ishtirok etdilar. 


Unda notiqlar tomonidan mutavalli masjid imom-xatibining xo‘jalik ishlari bo‘yicha yordamchisi, masjidlarning iqtisodiy faoliyatini yaxshilash, xodimlarning oylik ish xaqi bilan ta’minlash,  qurilish-ta’mirlash ishlarini belgilangan tartib va me’yorlarga rioya qilgan holda amalga oshirish, masjid mulkini iqtisod qilish maqsadida geleokollektorlar o‘rnatish, mavjud qozonxonalarni xavfsiz hududlarga olib chiqish, ish yuritish nomenklaturasiga, ichki mehnat tartib qoidalariga va muomala madaniyatiga rioya qilish, masjidlarning tozalik va obodonlashtirish ishlariga mas’ul ekanini aytib o‘tildi.


Masjidlarning ta’sis xujjatlari, ish haqlarini me’yorlashtirish, yangi xodim ishga qabul qilinganda Adliya boshqarmasini onlayn xabardor qilish, masjidlardagi mavjud “tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobi”ni yuritish tartibi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.


Yig‘ilish davomida masjidlarning qo‘shimcha yer maydonlarini qonuniylashtirish, kadastr hujjatini rasmiylashtirish tartib-qoidalari va huquqiy oqibatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 


Yig‘ilish davomida  qatnashchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga  mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Huquqiy savodxonlik soati Huquqiy savodxonlik soati Huquqiy savodxonlik soati Huquqiy savodxonlik soati