Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Fevral, 2025   |   14 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:01
Quyosh
07:21
Peshin
12:42
Asr
16:12
Shom
17:57
Xufton
19:11
Bismillah
13 Fevral, 2025, 14 Sha`bon, 1446

Buxorodagi xayriya tadbirlari kam ta'minlanganlarga ko'mak bo'ldi

26.12.2020   1450   3 min.
Buxorodagi xayriya tadbirlari kam ta'minlanganlarga ko'mak bo'ldi

Aholining kam ta'minlangan, yordamga muhtoj qatlamini moddiy qo'llab-quvvatlash maqsadida “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan tashkil etilayotgan xayriya tadbirlari Buxoro viloyatida ham yuqori saviyada o'tkazilmoqda.

Loyiha doirasida 199 ta ziyoratgohlarda qurbonliklar qilinmoqda. 3 ta Muruvvat va 1 ta Mehribonlik uylarida xayriya oshi tashkil etildi. Mehribonlik uyiga 3 ta televizor, 3 ta Muruvvat uylariga esa har biriga 2 tadan kir yuvish mashinasi, dazmol, kir quritish dori va dazmol qilish uchun doska etkazib berildi. Viloyatdagi har bir mahalladan 10 tadan muhtoj oilalarga 12 turdagi (500 ming so'mlik) jami 5 ming 440 to'plam oziq-ovqat mahsulotlari etkazib berilmoqda.

Loyiha joriy yilning 25 dekabr' tongidan boshlandi.

-Baxtsiz hodisa tufayli oyoqlarimdan ayrilib, uyda o'tirib qoldim, -deydi Olot tumanidagi Oq oltin MFYda yashovchi fuqaro Azim Polvonov. –Ammo, bir zum bo'lsada, tinim bilganim yo'q. Uyda tunukasozlik bilan shug'ullanib, oilamga imkon qadar daromad olib kelyapman. Biroq, joriy yilning bahorida ro'y bergan tabiiy ofat bizni ancha mushkul ahvolga solib qo'ydi. Davlat rahbarining ko'magi bilan uyimiz butkul ta'mirlab berildi. Bugungi saxovat esa yurtimizdagi men kabi imkoniyati cheklangan shaxslarga qo'shimcha ko'mak bo'ldi.

-Tadbirlarni yuksak saviyada tashkil etish maqsadida viloyat hokimligida mas'ul idora va tashkilotlar vakillaridan iborat shtab tashkil qilindi, - deydi viloyat hokimligi apparati kotibiyat mudiri Akbar Rustamov. - “Buxoro oziq-ovqat” MChJ bilan birgalikda har biri 500 ming so'mlik jami 5 ming 440 ta oziq-ovqat mahsulotlari qadoqlandi. Qurbonlik qilinadigan 19 ta qo'y o'rnatilgan tartibda xarid qilinib, tumanlarga etkazildi.

Buxoro shahridagi bolalar Muruvvat uyi hamda Qorako'l tumanidagi erkaklar Muruvvat uyida xayriya tadbirlarini o'tkazish uchun barcha tashkiliy ishlar amalga oshirildi. Hayriya dasturxoni yuqori saviyada o'tkazildi.

Joylarda qurbonliklar so'nggida Qur'on tilovat qilinib, yurtimiz tinchliligi, osoyishtaligi va taraqqiyoti, turli balo va ofatlardan omonda bo'lishini so'rab duolar qilindi. Viloyatdagi 106 ta masjidning barchasida 6 kun davomida xufton namozidan keyin Qur'on xatmi amalga oshirilmoqda.

Zarif Komilov, Tohir Istatov (surat), O'zA

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Muloyimlik – ilmning otasi...

11.02.2025   1459   1 min.
Muloyimlik – ilmning otasi...

#kun_hikmati 

Hasan Basriy rahmatullohi alayh aytadilar:
“Hilm – ilmning vaziri. Muloyimlik – ilmning otasi. Tavoze’ esa ilmning libosidir”.

– Hilm – qiyinchiliklarga sabrli va matonatli bo‘lib, g‘azabni ichga yutish, odamlar bilan muomalada yumshoq bo‘lishdir. Buning aksi – g‘azab, jizzakilik va serjahllikdir.

– Muloyimlik – yumshoqlik, og‘ir-bosiqlik bilan muomala qilish. Uning aksi – dag‘allik, qo‘pollik, bag‘ritoshlik, qo‘rslikdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Albatta, Alloh muloyimdir va muloyimlikni yaxshi ko‘radir”, deganlar.

– Tavoze’ – o‘zini katta tutmaslik. Buning aksi – takabburlik, o‘zini katta sanash, g‘ururlanish.

#hilm #ilm #muloyimlik

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Ibratli hikoyalar