Bugun, 26 dekabr' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Samarqand viloyatiga tashriflari davomida Oqdaryo tumanida joylashgan “Maxdumi A'zam” qadamjosini ziyorat qildilar. Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov va Diniy idora Ish boshqaruvchisi Rustam Jamilov safarda hamrohlik qilmoqda. Qur'oni karim oyatlari tilovat qilinib, xayrli duolar qilindi. Shundan so'ng, bu qadamjoda jonliq so'yilib, go'shtlari yordamga muhtoj kishilarga tarqatildi.
Halqimiz sinovlarni mardona engib o'tilayotgan hozirgi kunlarda mamlakatimizda yordamga muhtoj insonlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga qaratilayotgan xayru-saxovat tadbirlari insoniylikning yuksak ifodasini namoyon etmoqda.
Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan tashkil etilayotgan diyorimiz hududlaridagi ana shunday xayru saxovat ishlari oliyjanob maqsadlarni amalga oshishiga zamin bo'lib, mashaqqatli kunlarni engib o'tishda katta dalda bo'lmoqda.
Samarqand viloyati safari davom etmoqda.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kim menga bir marta salavot aytsa, Alloh unga o‘n marta salavot aytadi", deganlar (Imom Muslim rivoyati).
Alloh taoloning salavot aytishi - bandasiga rahmatini yuborishi va savobini ko‘paytirib berishini anglatadi.