Bugun, 26 dekabr' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari yurtimizda keng ko'lamda amalga oshirilayotgan xayru saxovat tadbirlarida ishtirok etish uchun Samarqand viloyatiga tashrif qildilar. Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov va Diniy idora Ish boshqaruvchisi Rustam Jamilov safarda hamrohlik qilmoqda.
Tarixdan ma'lumki, dunyoda hech bir xalq yoki millat hayot sinovlaridan, taqdirning kutilmagan zarbalaridan xoli emas. Nafaqat mamlakatimiz, balki jahon miqyosida ham nisbatan sertalofat kechayotgan pandemiya sharoitida xalqimiz ko'plab og'ir sinovlarni boshidan o'tkazmoqda.
Davlatimiz rahbari tomonidan bu xastalikning oqibatlarini bartaraf etish va ularning ta'sirini yumshatishga qaratilgan tashabbuslarning o'z vaqtida ilgari surilgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zotan, sinovli damlar davlat va xalqni eng oliy maqsadlar yo'lida yanada jipslashtirdi. Har bir fuqaro davlatimiz himoyasida ekanini yana bir bor namoyon bo'ldi.
Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan boshlangan xayru saxovat tadbirlari Samarqand viloyatida ham jadal davom etmoqda. Ayniqsa, “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan kam ta'minlangan oilalarga, boquvchisini yo'qotganlarga va etimlarga oziq-ovqat mahsulotlari berilib, ularga alohida g'amxo'rlik ko'rsatilayotgani barchaning ko'nglini tog'dek ko'tarmoqda.
Muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Samarqand shahrida joylashgan 1-sonli mehribonlik uyida bolalar xolidan xabar olib, ularning ko'nggillarini ko'tardilar. Shuningdek, ushbu ijtimoiy muassasaga xo'jalik jihozlari etkazilib, osh dasturxonlari yozildi.
Samarqand viloyati safari davom etmoqda.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
#kun_hikmati
Sirriy Saqtiy rahmatullohi alayhi bunday deganlar: “To‘rt xislat bandani yuksak darajaga ko‘taradi: ilm, odob, omonatdorlik hamda hayo va iffat”.
#hislat #ilm #odob #iffat
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmat