Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Fevral, 2025   |   15 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:00
Quyosh
07:19
Peshin
12:42
Asr
16:13
Shom
17:59
Xufton
19:12
Bismillah
14 Fevral, 2025, 15 Sha`bon, 1446

Muftiy hazrat mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga quvonch ulashdilar

26.12.2020   1189   2 min.
Muftiy hazrat mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga quvonch ulashdilar

Bugun, 26 dekabr' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari yurtimizda keng ko'lamda amalga oshirilayotgan xayru saxovat tadbirlarida ishtirok etish uchun Samarqand viloyatiga tashrif qildilar. Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov va Diniy idora Ish boshqaruvchisi Rustam Jamilov safarda hamrohlik qilmoqda.

Tarixdan ma'lumki, dunyoda hech bir xalq yoki millat hayot sinovlaridan, taqdirning kutilmagan zarbalaridan xoli emas. Nafaqat mamlakatimiz, balki jahon miqyosida ham nisbatan sertalofat kechayotgan pandemiya sharoitida xalqimiz ko'plab og'ir sinovlarni boshidan o'tkazmoqda.
Davlatimiz rahbari tomonidan bu xastalikning oqibatlarini bartaraf etish va ularning ta'sirini yumshatishga qaratilgan tashabbuslarning o'z vaqtida ilgari surilgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zotan, sinovli damlar davlat va xalqni eng oliy maqsadlar yo'lida yanada jipslashtirdi. Har bir fuqaro davlatimiz himoyasida ekanini yana bir bor namoyon bo'ldi.
Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan boshlangan xayru saxovat tadbirlari Samarqand viloyatida ham jadal davom etmoqda. Ayniqsa, “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan kam ta'minlangan oilalarga, boquvchisini yo'qotganlarga va etimlarga oziq-ovqat mahsulotlari berilib, ularga alohida g'amxo'rlik ko'rsatilayotgani barchaning ko'nglini tog'dek ko'tarmoqda.
Muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Samarqand shahrida joylashgan 1-sonli mehribonlik uyida bolalar xolidan xabar olib, ularning ko'nggillarini ko'tardilar. Shuningdek, ushbu ijtimoiy muassasaga xo'jalik jihozlari etkazilib, osh dasturxonlari yozildi.
Samarqand viloyati safari davom etmoqda.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Ilmning lazzati...

13.02.2025   5309   1 min.
Ilmning lazzati...

#kun_hikmati 

Shayx Muhammad Siddiq ibn Hasan Qinnavjiy ilmning lazzati haqida quyidagi so‘zlarni aytgan:
 

"Shuni bilingki, bir narsaning sharafi yo ayni o‘zida bo‘ladi yoki uning natijasida kelib chiqadi. Ilmda esa bu ikki holatdagi sharaf ham mavjud. Chunki ilmning aynan o‘zi lazzatli, shuning uchun ham uning o‘zi talab qilinadi va yana uning natijasi ham shirindir. Ayni shu natija uchun ham ilm o‘rganilishi mumkin".

#ilm #lazzat #izlanish 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Maqolalar