Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Fevral, 2025   |   15 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:00
Quyosh
07:19
Peshin
12:42
Asr
16:13
Shom
17:59
Xufton
19:12
Bismillah
14 Fevral, 2025, 15 Sha`bon, 1446

Hadis ilmi maktabida Al-Azhar universiteti professori ishlayapti

26.12.2020   1338   3 min.
Hadis ilmi maktabida Al-Azhar universiteti professori ishlayapti

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan mazkur ma'rifat maskani va Hadis ilmi maktabiga press-tur uyushtirildi.

Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi ziyorati bilan boshlangan press-tur qatnashchilari xalqaro markaz muzeyidagi noyob kitob va boshqa ashyolar, buyuk muhaddisning hayoti va ilmiy faoliyati aks etgan devoriy suratlarni tomosha qildi.

Markaz rahbari Sh.Ziyodov davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur muassasa faoliyati, bu erda amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, xodimlar uchun yaratilgan sharoit, xorijiy mamlakatlardagi ilmiy markazlar bilan hamkorlik haqida batafsil ma'lumot berdi.

– Shu paytgacha ilmiy xodimlarimiz tomonidan Imom Buxoriy va boshqa buyuk muhaddislar, allomalarimizning o'nlab asarlari o'rganilib, nashr etildi, – deydi Sh.Ziyodov. – Dunyoning 27 ta etakchi islom tadqiqot markazlari, universitetlar bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi. 

Jumladan, Buyuk Britaniyaning Oksford islom tadqiqotlari markazi, Kembrij universiteti, “Al-Furqon” fondi, Britaniya kutubxonasi, Londondagi Islom madaniyati markazi bilan aloqalar yo'lga qo'yildi. “Al-Furqon” fondi qo'lyozmalarining 117 ta katalogi O'zbekistonga olib kelindi. Shuningdek, Misrdan 5000 mingga yaqin kitob, 130 mingta noyob qo'lyozma asarlarning elektron nusxasi, Turkiyadan 614 ta kitob, Saudiya Arabistoni qo'lyozma fondlaridan Imom Buxoriy asarlarining 34 ta elektron nusxasi keltirildi.

Ayni paytda markazda brayl yozuvida chop etilgan “Sahihul Buxoriy” kitobi saqlanayotgani haqida ham ma'lumot berildi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Hadis ilmi maktabi faoliyati ham press-tur qatnashchilarida katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, maktabda ta'lim jarayonlarining zamonaviy axborot texnologiyalari asosida olib borilishi, talabalarning darslarni puxta o'zlashtirishi va bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishi uchun yaratilgan sharoit bugungi kun talablariga to'la javob beradi. Hatto, maktabda faoliyat olib borayotgan xorijlik mutaxassislar uchun ham barcha imkoniyat va qulayliklar mavjud.

– Hadis ilmi maktabida o'qish muddati 5 yil, ta'lim kunduzgi shaklda bo'lib, hadis ilmi, diniy fanlar mutaxassisi va arab tili o'qituvchisi bo'yicha bakalavr darajasidagi mutaxassis tayyorlanadi, - deydi Hadis ilmi maktabi rektori Olimxon Yusupov. – O'quv dasturini tuzishda shu yo'nalishdagi xorijiy ta'lim muassasalarining tajribalari o'rganilgan, dunyo tan olgan ulamolar, olimlarning xulosalariga tayanilgan. Talabalar hadis fanlarida “Sihohi sitta”, ya'ni islom olamida e'tirof etilgan oltita ishonchli hadis to'plamlaridagi hadislarni yodlab, ularga yozilgan sharhlar yordamida hadislarning asl insonparvarlik mohiyatini, ezgulik, tinchlik va insoniylik kabi fazilatlarni o'zlashtirib borishadi.

Ayni paytda maktabda chet mamlakatlardagi etakchi diniy ta'lim muassasalari, ilmiy markazlar xodimlari ham kelib, talabalarga saboq bermoqda.

Jurnalist va blogerlar Misrning Al-Azhar universiteti professori Mahmud Abdulloh Abdurahmonning dars jarayonlarini kuzatishi imkoniyatiga ega bo'ldi.

G'.HASANOV, O'zA

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Ilmning lazzati...

13.02.2025   4633   1 min.
Ilmning lazzati...

#kun_hikmati 

Shayx Muhammad Siddiq ibn Hasan Qinnavjiy ilmning lazzati haqida quyidagi so‘zlarni aytgan:
 

"Shuni bilingki, bir narsaning sharafi yo ayni o‘zida bo‘ladi yoki uning natijasida kelib chiqadi. Ilmda esa bu ikki holatdagi sharaf ham mavjud. Chunki ilmning aynan o‘zi lazzatli, shuning uchun ham uning o‘zi talab qilinadi va yana uning natijasi ham shirindir. Ayni shu natija uchun ham ilm o‘rganilishi mumkin".

#ilm #lazzat #izlanish 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Maqolalar