Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Fevral, 2025   |   15 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:00
Quyosh
07:19
Peshin
12:42
Asr
16:13
Shom
17:59
Xufton
19:12
Bismillah
14 Fevral, 2025, 15 Sha`bon, 1446

Misrning «Al-xabar al-yovm» gazetasi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy tadqiqot markazining faoliyatini yoritdi

26.12.2020   1193   2 min.
Misrning «Al-xabar al-yovm» gazetasi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy tadqiqot markazining faoliyatini yoritdi

Joriy yil 17 dekabr' kuni bo'lib o'tgan «Imom Moturidiy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi: rejalar va istiqbollar» mavzusida xalqaro onlayn matbuot anjumani tafsilotlari haqida «Al-xabar al-yovm» gazetasida maqola chop etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.
«Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi: istiqboldagi rejalar» sarlavhali maqolada xalqaro onlayn matbuot anjumani tafsilotlari yoritilishi bilan bir qatorda mamlakatimizda buyuk ajdodlarimiz qoldirgan merosni asrab-avaylash va ularni kelajak avlodga etkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma'lumot berilgan.
«So'nggi yillarda O'zbekistonda jahon ilm-fani rivojiga bebaho hissa qo'shgan allomalarning hayoti va boy ilmiy merosini o'rganish, ularning ilmiy-ma'naviy merosini jamoatchilikka etkazish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 2020 yil 11 avgustdagi Qarori asosida tashkil etilgan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini diniy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim tarkibiy qismi, deb baholash mumkin. Shu nuqtai nazardan Markaz oldiga qator muhim vazifalar qo'yilganini alohida qayd etib o'tish lozim», deyiladi maqolada.
«Markaz faoliyatini xalqaro jamoatchilikka keng targ'ib qilish, xalqaro ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan ilmiy hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish, sohaga oid ilmiy izlanishlar olib borayotgan jahonning etuk olimlari bilan Markaz xodimlarining tajriba almashinuvini tashkil etish, Imom Moturidiy hayoti va ilmiy merosi hamda moturidiylik ta'limoti asoslarini jahonga tanitish mazkur anjumanning asosiy maqsadini tashkil etdi», deb ta'kidlaydi nashr.
Anjuman ishtirokchilari globallashuv jarayonida namoyon bo'layotgan mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurash jarayonida o'zaro hamkorlikni mustahkamlash zarurligini ta'kidlab, ushbu yo'nalishda axborot va tajriba almashinuvi, islom dini niqobi ostida faoliyat ko'rsatayotgan oqimlarning destruktiv g'oyalari tarqalishining oldini olish chora-tadbirlarini tashkil etish borasida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar rejasi ham muhokama qilindi.
Muallif anjuman davomida Islom olami ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha xalqaro tashkiloti (ISESCO) bilan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi o'rtasida o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadida anglashuv memorondumi imzolanganini ma'lum qilgan.
«Ayni vaqtda islom olami Imom Moturidiyning ilmiy merosini targ'ib qiladigan shunday ilmiy markazga ehtiyoj sezayotganligi, O'zbekiston bu sohada katta tajribaga egaligi alohida qayd etildi», deb maqolaga xulosa qiladi muallif Fotima Badaviy.

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Ilmning lazzati...

13.02.2025   4537   1 min.
Ilmning lazzati...

#kun_hikmati 

Shayx Muhammad Siddiq ibn Hasan Qinnavjiy ilmning lazzati haqida quyidagi so‘zlarni aytgan:
 

"Shuni bilingki, bir narsaning sharafi yo ayni o‘zida bo‘ladi yoki uning natijasida kelib chiqadi. Ilmda esa bu ikki holatdagi sharaf ham mavjud. Chunki ilmning aynan o‘zi lazzatli, shuning uchun ham uning o‘zi talab qilinadi va yana uning natijasi ham shirindir. Ayni shu natija uchun ham ilm o‘rganilishi mumkin".

#ilm #lazzat #izlanish 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Maqolalar