AQShda kelib chiqishi pokistonlik bo'lgan musulmon Ali Zaydiy Bayden-Harris boshqaruvidagi Oq uyning milliy iqlim bo'yicha maslahatchisi muovini etib saylandi.
Islam.ru ma'lumotlarga ko'ra, Biden-Harris Transition veb-saytida e'lon qilingan bayonotda aytilishicha, Zaydiy "iqlim inqiroziga qarshi kurashga dunyoni olib boruvchi saylangan prezidentning kun tartibi"ni ilgari suradigan jamoaning bir qismi bo'ladi.
Zaydiy ota-onasi bilan 1993 yilda Pokistondan Edinboroga ko'chib o'tganida u besh yoshda edi. U Garvard Universiteti bakalavr darajasini olgan.
"Saylangan prezident Jo Bayden qo'ng'iroq qilganida hayratga tushdim. Men uchun bu katta sharaf va ishga kirishish men tayyorman! "- uning so'zlaridan iqtibos keltiradi CNN telekanali .
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Shu o‘rinda bir ibratli rivoyatni keltirish maqsadga muvofiqdir.
Abdulloh ibn Muborak rahmatullohi alayh yetuk faqih, muhaddis va Allohning do‘sti edi. Alloh taolo unga oliy martaba ato qilgan edi. Vafot etgandan keyin bir kishi tushida u zotdan: “Alloh sizga qanday muomala qildi?” deb so‘radi. Abdulloh ibn Muborak rahmatullohi alayh: “Alloh taolo meni mag‘firat qildi, fazliga olib, ulkan marhamat ko‘rsatdi. Lekin menga uyimning ro‘parasidagi temirchiga berilgan maqom nasib bo‘lmadi”, dedi.
Kishi uyqudan uyg‘ondi, dilida temirchining kimligi va qanday qilib Abdulloh ibn Muborakka nasib qilmagan narsa unga berilganini o‘ylab, uning mahallasiga bordi.
Surishtirib, Abdulloh ibn Muborakning temirchi qo‘shnisi borligini, u ham o‘sha kunda vafot etganini aniqladi. Borib, temirchining xotinidan: “Eringiz nima qilar edi?” deb so‘radi va tushida ko‘rganlarini aytib berdi.
Ayol: «Erim temirchi edi, kun bo‘yi ishlar, kechasi esa uxlardi. Kechasi Abdulloh ibn Muborakning tahajjud o‘qishiga havasi kelib, hasrat qilib: “Biz ham kengchilikda bo‘lganimizda tuni bilan tahajjud o‘qir edim”, der edi. Yana u ishlayotganida qulog‘iga azon tovushi kirsa, mabodo bolg‘asini tepaga ko‘targan bo‘lsa, shuni urib qo‘yayin, demasdi. O‘sha zahoti bolg‘asini pastga tushirib: “Azonni eshitganimdan keyin menga bolg‘ani ushlab turish yarashmaydi”, deb masjidga ketar edi», dedi.
Temirchi halol rizq talabida edi. Azon eshitilib, birinchi darajadagi farz bilan ikkinchi darajadagi farz ro‘baro‘ keldi. Birinchi darajadagisini ustun qo‘ydi va Alloh buyuk muhaddislarga bermagan maqomga erishdi.
“Halol kasb-hunar – qut-baraka keltirar” kitobidan