Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Avgust, 2025   |   15 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:56
Quyosh
05:26
Peshin
12:34
Asr
17:26
Shom
19:34
Xufton
20:57
Bismillah
09 Avgust, 2025, 15 Safar, 1447

Hizbchilarning “Ismatul anbiyo” masalasidagi xatolari

24.12.2020   4306   3 min.
Hizbchilarning “Ismatul anbiyo” masalasidagi xatolari

Ismatul anbiyo deb Payg'ambarlarning katta va kichik gunohlardan omonligi, Alloh taolo ularni gunohlardan saqlab qo'yishiga aytiladi.

Ummat birdamligiga futur etkazishda din dushmanlaridan qolishmaydigan toifa—hizbchilarning navbatdagi buzuq aqidasi Alloh taolo tanlagan payg'ambar alayhimussalomlar bilan bog'liqdir. Payg'ambar alayhimussalomlar Alloh taoloning suyukli bandalaridir. Eng avvalgisi hazrati Odam alayhissalom va eng so'nggisi hazrati Muhammad mustafo sollallohu alayhi va sallamdirlar. Alloh taolo odamlar orasidan eng solihlarini tanlab payg'ambar tayinlaydi. Payg'ambar alayhissalomlarning vazifasi ummatlariga shariat ahkomlarini etkazishdan iboratdir.

Hizbchilarning tasavvurlariga ko'ra payg'ambarlar qachonki payg'ambarlik vazifasini olgach, Alloh taoloning amriga muvofiq ishda bardavom bo'lishadi. Payg'ambarlikdan oldin esa ular ham hamma qatori oddiy inosn bo'lib, turli noshar'iy gunoh ishlar qilishi mumkin emish. Qarang, ularning rahnamosi nima deyapti:

«إلا أن هذه العصمة للأنبياء والرسل، وإنما تكون بعد أن يصبح نبيًّا أو رسولا بالوحي إليه، أما قبل النبوة والرسالة فإنه يجوز عليهم ما يجوز على سائر البشر، لأن العصمة هي للنبوة والرسالة»

..biroq bu ismat payg'ambar va rasullarga qachonki ular ilohiy vahiy bilan payg'ambar va rusullik maqomiga erishsalargina beriladi. Undan oldin esa ularda ham boshqalarda sodir bo'lgan ishlar bo'lishi mumkin. Chunki ismat bu payg'ambarlik va risolat tufaylidir”. (Taqiyyuddin Nabahoniy. “ash-Shaxsiyyat-ul-islomiya”. 1-J. 1-Qism. 120-B.).

Yirik hanafiy olimi shayx Mulla Ali al-Qori hazratlari O'smon O'shiy qalamiga mansub “Bad'ul-amoliy” qasidasiga yozgan “Zav'ul-ma'oli” nomli sharhida shunday yozadi:

“Ahli sunna val-jamoa ulamolarining ittifoqiga ko'ra, payg'ambarlar eng sodiq, omonatdor, halol, rostgo'y va ma'naviy etuk barkamol insonlardir. Zero Alloh taolo risolat va nubuvvat uchun yolg'onchi, kazzob, pastkash, qallob va xoinlarni aslo tanlamaydi. Payg'ambarlar kufr illatidan payg'ambarlikdan oldin ham keyin ham omonda bo'lishiga salafi-solihlarning ijmo'si bor. Shuningdek, katta gunohi kabiralarni qasddan qilishdan ham saqlangan sof insonlar ekaniga mo''tabar ulamolarning ittifoqi mavjud”. (Shayx mulla Ali al-Qori. “Zav'ul-ma'oli”. 80-B).

Hizbchilarning e'tiqodiga ko'ra, ilgargi hayotida o'g'ri, firibgar, qaroqchilik kabi razillik belgisi bo'lgan ishlar bilan shug'ullanganlar ham payg'ambar bo'lishlari mumkin emish. Alloh taolo bu kabi buzuq toifalarga qo'shilib, gumroh bo'lib qolishdan barchamizni panohida O'zi asrasin!

 

Botirjon domla TOJIBOYeV,

Andijon shahar “G'IShTLI”

jome masjidi imom-xatibi

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Ixlosning alomati

06.08.2025   5002   2 min.
Ixlosning alomati

Shogird ustozi bilan suhbat qilib o‘tirgan edi. Shogird ustozidan so‘radi: 
 

– Ustoz, dunyodan o‘tganingizdan keyin odamlar sizni qanday xotirlashini xohlar edingiz?


Ustoz bir muddat sukut saqlab, so‘ng savolga javob berdi:


– Bizni odamlar qay tariqa eslashlari muhim emas. Balki qabrda va Allohning huzurida qanday kutib olinishimiz muhim. Deylik, oradan bir asr o‘tib, bolalarimiz, balki nabiralarimiz ham olamdan o‘tib ketar. Biz hozir qiynalib, umrimizni, topgan mablag‘imizni sarflab qurdirgan uylarimiz buzilib ketar yo ularda boshqalar yashar. Shuning uchun o‘lgach, bizni kim nima deb eslashiga emas, abadiy safarga hozirlik ko‘rishimiz kerak.


Ha, azizlar! Bu dunyoda yashar ekanmiz, kim uchun yaxshi ota-ona, kim uchun yaxshi umr yo‘ldosh, kim uchun yaxshi farzand bo‘lishga harakat qilamiz. Jamiyatda esa o‘zimizdan yaxshi nom qoldirishga urinamiz. Lekin bu ishlar zamirida Alloh taoloning amir va qaytariqlariga amal qilish yotganini ba’zan unutib qo‘yamiz. Yelib-yugurishlarimiz faqat odamlar uchungina bo‘lib qoladi.


Aslida mo‘min odam har bir amalini xolis Alloh uchun qilib, imkon qadar boshqalardan yashirishi lozim. Aks holda qilgan amalining savobidan mahrum bo‘ladi. Eng yomoni ba’zilar mana shunday nojoiz ishni qilib, kamiga suratga ham oldirib tarqatmoqda.


Tustariy rahimahullohdan so‘rashdi: “Nafsga eng og‘ir narsa nima?”. Aytdiki: “Ixlos – nafsga eng og‘ir narsa. Chunki ixlosda nafs uchun nasiba bo‘lmaydi”. Ixlosning alomati shuki, amal qiluvchiga uning amalidan odamlar xabardor bo‘ldimi-yo‘qmi – unga farqi bo‘lmaydi.

Endi o‘zimizni bir taftish qilaylik-chi, kunlik ishlarimiz, amallarimiz shu mezonga mos kelarmikan?..

Akbarshoh Rasulov

Ibratli hikoyalar