Ismatul anbiyo deb Payg'ambarlarning katta va kichik gunohlardan omonligi, Alloh taolo ularni gunohlardan saqlab qo'yishiga aytiladi.
Ummat birdamligiga futur etkazishda din dushmanlaridan qolishmaydigan toifa—hizbchilarning navbatdagi buzuq aqidasi Alloh taolo tanlagan payg'ambar alayhimussalomlar bilan bog'liqdir. Payg'ambar alayhimussalomlar Alloh taoloning suyukli bandalaridir. Eng avvalgisi hazrati Odam alayhissalom va eng so'nggisi hazrati Muhammad mustafo sollallohu alayhi va sallamdirlar. Alloh taolo odamlar orasidan eng solihlarini tanlab payg'ambar tayinlaydi. Payg'ambar alayhissalomlarning vazifasi ummatlariga shariat ahkomlarini etkazishdan iboratdir.
Hizbchilarning tasavvurlariga ko'ra payg'ambarlar qachonki payg'ambarlik vazifasini olgach, Alloh taoloning amriga muvofiq ishda bardavom bo'lishadi. Payg'ambarlikdan oldin esa ular ham hamma qatori oddiy inosn bo'lib, turli noshar'iy gunoh ishlar qilishi mumkin emish. Qarang, ularning rahnamosi nima deyapti:
«إلا أن هذه العصمة للأنبياء والرسل، وإنما تكون بعد أن يصبح نبيًّا أو رسولا بالوحي إليه، أما قبل النبوة والرسالة فإنه يجوز عليهم ما يجوز على سائر البشر، لأن العصمة هي للنبوة والرسالة»
“..biroq bu ismat payg'ambar va rasullarga qachonki ular ilohiy vahiy bilan payg'ambar va rusullik maqomiga erishsalargina beriladi. Undan oldin esa ularda ham boshqalarda sodir bo'lgan ishlar bo'lishi mumkin. Chunki ismat bu payg'ambarlik va risolat tufaylidir”. (Taqiyyuddin Nabahoniy. “ash-Shaxsiyyat-ul-islomiya”. 1-J. 1-Qism. 120-B.).
Yirik hanafiy olimi shayx Mulla Ali al-Qori hazratlari O'smon O'shiy qalamiga mansub “Bad'ul-amoliy” qasidasiga yozgan “Zav'ul-ma'oli” nomli sharhida shunday yozadi:
“Ahli sunna val-jamoa ulamolarining ittifoqiga ko'ra, payg'ambarlar eng sodiq, omonatdor, halol, rostgo'y va ma'naviy etuk barkamol insonlardir. Zero Alloh taolo risolat va nubuvvat uchun yolg'onchi, kazzob, pastkash, qallob va xoinlarni aslo tanlamaydi. Payg'ambarlar kufr illatidan payg'ambarlikdan oldin ham keyin ham omonda bo'lishiga salafi-solihlarning ijmo'si bor. Shuningdek, katta gunohi kabiralarni qasddan qilishdan ham saqlangan sof insonlar ekaniga mo''tabar ulamolarning ittifoqi mavjud”. (Shayx mulla Ali al-Qori. “Zav'ul-ma'oli”. 80-B).
Hizbchilarning e'tiqodiga ko'ra, ilgargi hayotida o'g'ri, firibgar, qaroqchilik kabi razillik belgisi bo'lgan ishlar bilan shug'ullanganlar ham payg'ambar bo'lishlari mumkin emish. Alloh taolo bu kabi buzuq toifalarga qo'shilib, gumroh bo'lib qolishdan barchamizni panohida O'zi asrasin!
Botirjon domla TOJIBOYeV,
Andijon shahar “G'IShTLI”
jome masjidi imom-xatibi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi “Shamsuddinxon Boboxonov” nashriyot matbaa ijod uyi bosh direktori Sultonbek Imomnazarovning bobolari Imomnazar otaning vafoti munosabati bilan u kishining yaqinlariga chuqur ta’ziya bildiradi.
Oxirat safariga kuzatilgan otaxon el koriga yaraydigan, dinu diyonat yo‘lida xizmat qiladigan farzand va nevaralarni o‘stirdilar, chiroyli tarbiya qildilar.
Alloh taolo marhum otaxonning barcha solih amallarini o‘zlariga hamroh aylab, O‘z mag‘firatiga olsin. Haq taolo marhum otaxonning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlariga ajru mukofotlar ato etsin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan Sultonbek Imomnazarovga, u kishining oila a’zolari, yor-birodarlari, yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.
«Musibat yetganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering».
O‘zbekiston musulmonlari idorasi