Shu yil 6 fevral' kuni Farg'ona viloyati tuman-shahar bosh imom-xatiblari va imom-noiblari bilan uchrashuv o'tkazildi.
Yig'ilishda O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari Jaloliddin domla Hamroqulov, Din ishlari bo'yicha qo'mita boshqarma boshlig'i Muhiddin Hakimov, O'zbekiston musulmonlari idorasi bo'lim mudiri Muzaffar Kamolov va Farg'ona viloyati bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev ishtirok etdi.
Tadbirda so'zga chiqqan soha mutasaddi vakillari yurtimizda diniy-ma'rifiy sohada bo'layotgan xayrli ishlar, mo'min-musulmon xalqimizning ilmu ma'rifatini yukslatirish, ibodatlarini emin-erkin ado etishi uchun munosib sharoit yaratish, kelgusida diniy soha xodimlari oldida turgan muhim vazifalar alohida ta'kidlab o'tildi.
Yig'ilish davomida imom-xatiblar bilan birga imom-noiblarning ham muayyan vazifalari borligi, o'z ishiga ixlos va sadoqat bilan yondashishda diniy soha xodimlari boshqalarga namuna bo'lishi lozimligi, yaqinlashib kelayotgan muborak Ramazon oyiga tayyorgarlik ko'rish, masjidlardagi qurilish va obodonchilik ishlariga e'tibor berish lozimligi qayd etildi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Namozxon tik turganida ko‘zini sajda qiladigan joyiga, rukusida oyoq barmoqlariga, sajdasida burnining uchiga, o‘tirganida bag‘riga, birinchi salomida o‘ng yelkasiga, ikkinchi salomida chap yelkasiga qaratib o‘tirishi mustahab hisoblanadi.
Namozda ko‘zlar yumilmaydi, osmonga qaralmaydi va har tomonga alanglab ko‘z tashlanmaydi.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: "Namoz ichida har tarafga qarashdan saqlaninglar, chunki kishi modomiki namoz ichida bo‘lar ekan, Robbiga munojot qiladi” (Imom Abu Dovud, Imom Nasoiy rivoyati).
Davron NURMUHAMMAD