Avval xabar qilinganidek, joriy yil 14-16 dekabr' kunlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Abdug'appor Qirg'izboyev rahbarligidagi delegatsiyaning Afg'oniston Islom Respublikasiga safari amalga oshirilib, afg'on matbuotida ushbu voqe tafsilotlariga bag'ishlangan maqolalar chop etildi, deb xabar bermoqda hordiq.uz.
Hususan, “Bakhtar News” axborot agentligining internet sahifasida O'zbekiston va Afg'oniston o'rtasida madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish bo'yicha ikki tomonlama amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlarga bag'ishlangan maqolada aytilishicha, Afg'oniston axborot va madaniyat vaziri vazifasini bajaruvchi Tohir Zuhayr O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg'oniston bo'yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev bilan birgalikda Qobuldagi Zahiriddin Muhammad Bobur bog'-muzeyiga tashrifbuyurgan.
Bundan tashqari, O'zbekiston delegatsiyasi o'zaro madaniy aloqalarni rivojlantirish va Alisher Navoiy maqbarasini ta'mirlash ishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Hirot shahrida bo'lgan.
O'zbekiston delegatsiyasi rahbari mamlakatimiz Alisher Navoiy maqbarasini ta'mirlash va uning atrofini obodonlashtirish bo'yicha Afg'onistonning mutasaddi tashkilotlari bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan. Shu o'rinda 2021 yil Alisher Navoiyning 580 yillik yubileyi O'zbekistonda keng miqyosda nishonlanishi ma'lum qilingan.
Shu o'rinda, O'zbekiston Respublikasi Afg'onistondagi tinchlik jarayonini hamda mamlakatda barqaror tinchlik o'rnatish bo'yicha barcha olib borilayotgan sa'y-harakatlarni qo'llab-quvvatlashi bildirilgan.
O'z navbatida, Afg'oniston axborot va madaniyat vaziri vazifasini bajaruvchi Tohir Zuhayr O'zbekistonning ushbu jarayonlardagi muhim rolini ta'kidlab, Afg'oniston xalqi va hukumati O'zbekiston bilan barcha sohalarda, jumladan madaniy sohada hamkorlik aloqalarini kun sayin kengayib borishidan manfaatdor ekanini bildirdi”, – deyiladi maqolada.
Shuningdek, maqolada Afg'oniston tarixiy obidalarni qayta tiklash, xususan, Islom davri obidalarini ta'mirlashda O'zbekiston bilan hamkorlik o'rnatishga qiziqish bildirgani ham ta'kidlangan.
Afg'onistonda ingliz tilida bosiladigan «Daily Outlook Afghanistan» gazetasida chop etilgan boshqa bir xabarda esa O'zbekiston buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning Hirotdagi maqbarasini ta'mirlashda Afg'onistonga yordam berishi aytiladi.
“O'zbekiston delegatsiyasi a'zolari Afg'onistonning Hirot shahriga safari davomida buyuk faylasuf, shoir va adib Alisher Navoiy maqbarasini ta'mirlashni rejalashtirilayotganini ta'kidlashdi.
Delegatsiyaning mazkur tashrifi davomida Alisher Navoiy qoldirgan shoh asarlar Afg'oniston va O'zbekiston xalqlarining mushtarak madaniy merosi ekani va bu meros ikki davlatni bir-biri bilan bog'lab turuvchi ko'prikligiga alohida urg'u berilgan.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Savol: Mo‘miyo halolmi? Uni iste’mol qilsa bo‘ladimi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Ha, mo‘miyo halol va uni iste’mol qilish joiz. Mo‘miyo tog‘ jinsidan sizib chiqadigan quyuq modda bo‘lib, tabobatda qadimdan ishlatib kelingan. Shar’iy jihatdan esa, u tog‘ jinsidan sizib chiqadigan tabiiy modda va zararsiz ekanligi e’tiboridan iste’moli halol hisoblanadi. Zero, dinimizda: “Narsalar aslida muboh (halol)dir”, degan qoida bor.
Bundan ma’lum bo‘ladiki, barcha narsalar inson uchun yaratilgan bo‘lib, ulardan foydalanish halol. Qat’iy dalil sobit bo‘lmagunicha hech bir narsa harom bo‘lmaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh kitobida halol qilgan narsa halol, harom qilgan narsa harom, sukut qilgan narsa afv (etilgan)dir. Allohdan ofiyatni so‘ranglar, chunki Alloh esdan chiqarguvchi emas”, deganlar (Imom Abu Dovud rivoyati).
Ya’ni Alloh taolo ba’zi narsalar borasida halol yoki harom, degan hukmni bayon qilmagan. Shuning uchun ham ular mubohlik hukmida qolaveradi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.