Bugun, 1 noyabr' kuni Qozog'istonning Ostona shahrida vakillarimiz ishtirokidagi xalqaro Qur'on musobaqasi boshlandi.
Mazkur Qur'on musobaqasida Imom Buxoriy nomli Toshkent islom instituti “Tahfizul Qur'on” kafedrasi mudiri Jahongir qori Nematov hakam sifatida va ushbu institut talabasi Sirojiddin qori Jalilov ishtirokchi bo'lib qatnashmoqda.
Alloh taolo hamyurtlarimizga muvaffaqiyat va zafar ato etsin!
Ushbu link orqali musobaqa jarayonini kuzatish mumkin.
https://www.youtube.com/watch?v=IX3ueMrEhkY
.jpg)

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Ba’zan inson maqsadlari sari qanchalik harakat qilmasin, nafsi baribir uning qulog‘iga: “Sen kuchsizsan, qanchalik urinmagin, baribir maqsadingga yeta olmaysan” deb pichirlayotgandek bo‘ladi go‘yo.
Keling, sizni kichik chumchuq misolida bir o‘rmonga olib ketay. Bu sokin o‘rmon ichida yashagan kichkina chumchuqning hikoyasi. Bir gala qushlar shamolga minib, qanotlarini yoyib uchib ketishdi. Ammo bir chumchuq uyasida qimir etmay o‘tirar, ko‘zlari sog‘inchga to‘la, faqat bir narsani, ular kabi uchishni orzu qilar edi.
Har kuni ertalab quyosh nuri shoxlar orasidan ko‘tarilib chiqarkan, u o‘ziga-o‘zi pichirlardi: “Balki bugun men uddalarman, balki bugun ucharman”. Ammo u mitti qanotlarini yoyib, sakrab inidan chiqar, biroq qo‘rquv uni yana ortga qaytarardi. Uning tanasi titrab ketardi va yana erga yiqilardi. Boshqa qushlar uning ustidan kulib: “Seni qara, sen hech qachon ucha olmaysan. Chunki juda zaifsan” deb mazah qilishardi.
Ularning ovozi o‘rmon bo‘ylab mitti qushuning yuragiga urilgan o‘qlardek aks-sado berardi. Chumchuq uyalganidan boshini pastga tushirar, ko‘kragi titrar, ko‘zlari ko‘z yoshlaridaye yaltirab turardi. U javob bermoqchi bo‘lardi, lekin hech qanday so‘z tiliga kelmasdi.
O‘sha kecha u bepoyon osmon ostida yulduzlarga tikilib o‘tirdi. Ko‘z yoshlari yuzlarini yuvardi. O‘ziga-o‘zi pichirlab: “Balki men kichkinaman, kuchsizdirman, lekin orzularim, orzularim qo‘rquvlarimdan kuchliroqdir”, dedi.
Ertasi kuni ertalab u hayotini o‘zgartiradigan tanlov qildi. "Men yana urinib ko‘raman. Yiqilib qolsam ham ortga chekinmayman". Qaltirayotgan qanotlarini qoqib, uchmoqchi bo‘ldi... Ammo u yana yiqildi. Uni masxara qiluvchilarning ovozi har qachongidan ham kuchaydi.
O‘sha oqshom uning yoniga dono qari boyo‘g‘li uchib kelib: “Yiqilish muvaffaqiyatsizlikka uchraganni anglatmaydi, uchish uchun qanot kifoya emas, jasorat kerak. Senda esa shunday jur’at bor”, dedi.
Jajji chumchuq birinchi marta ko‘z yoshlari ortidan tabassum qildi. “Ertaga yana urinib ko‘raman”, dedi o‘ziga ishonch bilan.
Ertasi kuni ertalab mazah qiluvchilar ham, tomoshabin va dalda beruchilar ham yo‘q edi, faqat kichkina chumchuq va uning orzusi bor edi. U qanotlarini yoyib, uchmoqchi bo‘ldi. Ammo bu safar u darhol yiqilib tushmadi. Bir necha soniya davomida u havoda turdi, qanotlari titrar, lekin barqaror edi. Yerga tushganida, yuragi quvonchdan yorilib ketay dedi.
Bir lahzaga bo‘lsa ham uchdim. Men haqiqatan ham uchdim. Kunlar o‘tdi va o‘rmon bo‘ylab bo‘ronlar tarqaldi. Shamol gumburladi, osmon qorong‘ilashdi va boshqa barcha qushlar uyalariga yashirindilar. Ammo kichkina chumchuq qanotlarini yoyib, shiddatli shamolga otildi. Shamol uni ortga uchirib yuborar, hatto patlarini yirtib tashlardi. Ammo u har yiqilganida, avvalgidan ham kuchliroq ko‘tarildi. Bo‘ron to‘xtaganda, u har qachongidan ham balandroqqa ko‘tarildi, hattoki bulutlarga tegdi. Bir paytlar uni masxara qilgan qushlar endi jim, hayratlanib tomosha qilib turishardi. Chumchuq ko‘klarga ko‘tarilarkan boyo‘g‘lining so‘zlarini esladi: “O‘zingga ishonsanggina, shunda ucha olasan”.
Yillar o‘tib, yana bir yosh chumchuq uchishdan qo‘rqib, daraxtning shoxida qo‘rqib o‘tirardi. Shunda kuchli va qo‘rqmas chumchuq: “Qo‘rquvni hamma his qiladi. Lekin faqat o‘ziga ishonganlarning boshi osmonga tegadi”, dedi.
Hayot qoqilmaslik yoki yiqilmaslikdan iborat emas. Har yiqilganingizda ko‘tarilmoqchi bo‘lsangiz odamlar ustingizdan kulib, sizni ortga chekinishizga sababchi bo‘lishadi. Ammo ularning ovozi sizni maqsadingiz sari qadam tashlashidan to‘xtatmasin. Shunday ekan, o‘zingizga ishoning. Butun dunyo sizga qarshi bo‘lsa ham, qo‘rquv, ikkilanishga yengilmang!
Unutmang! Sizning orzularingiz – qanotlarga muhtoj emas. Ularga jasorat, ishonch va qat’iyat kerak.
Davron NURMUHAMMAD