Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Yanvar, 2025   |   11 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:33
Shom
17:17
Xufton
18:36
Bismillah
11 Yanvar, 2025, 11 Rajab, 1446

Diniy nashrimizda: Uylanish nafldan afzaldir

18.12.2020   2390   2 min.
Diniy nashrimizda: Uylanish nafldan afzaldir

Mahr va (ta'minot) xotinning na­faqa­siga qodir bo'lgan kishining agar uylan­masa, zinoga kirib ketishi aniq bo'l­sa, u holda uylanish unga farz bo'ladi. Chunki haromdan faqatgina u bilan tiyi­lish mumkin bo'lgan narsa ham farzdir. Agar mahrga qodir bo'lmasa, (uylanish uchun) qarz olishi vojib bo'ladi. Alloh taoloning O'zi unga qarzini uzishda yordam beradi. Hadisda uylanish uchun qarz olgan kishi Alloh yordam berishni O'z zimmasiga olgan uch toifa kishi qatoriga kirishi aytib o'tilgan. Gunohga kirib ketish xavfi bo'lmagan mo''tadil (normal) holatda esa uylanish – Nabiy sollallohu alayhi va sallamga iqtido o'laroq – sunnati muak­kadadir. .

Hotinga jabr-zulm qilish xavfi bo'lsa, uylanish makruhi tahrimiyga aylanadi. Agar uylanmaslikdan zinoga yurib ketish xavfi uylanganda xotinga zulm qilish xavfi bilan qarama-qarshi kelib qolsa, uylanmaydi. Chunki jabr-zulm banda haqlariga aloqador ma'siyat, zinodan tiyilish esa Alloh taoloning haqlaridandir. Ikki haq to'qnashgan paytda bandaning haqqi Alloh taoloning haqqidan muqaddam turadi. Chunki banda o'sha haqqa muhtoj, Alloh taolo esa behojatdir.

Uylansa, xotinga jabr-zulm qilishi aniq bo'lgan kishining uylanishi harom­dir. Chunki uylanish nafsni gunohdan saq­lash va savobga erishishni ko'zlab jo­riy qilingan. Jabru zulm bilan esa gunohkorlik va haromga qo'l urish bor. Mazkur fasod ishlarning zarari uylanishdan ko'zlangan foydalarni ham yo'q­qa chiqaradi.

Uylanish gunohga kirib ketish yoki birovga zulm qilishdan xoli odatiy (normal) holatlarda nafl ibodatlar bilan mashg'ul bo'lishdan ko'ra afzaldir. Imom Ahmad ibn Hanbal rahimahulloh bunday deydi: “G'urbatning Islomga umuman alo­qasi yo'q. Kimki uylanmaslikka chaqi­rar bo'lsa, darhaqiqat, Islomdan boshqa­ga chaqiribdi”.

Solih ajdodlarimiz so'qqaboshlik­ni yomon ko'rishgan. Ular uylanmaganlarni uylanishga undashardi. Ibrohim ibn Maysara rahimahulloh Tovus rah­matullohi alayhga: “Sen, albatta, uylanishing kerak yoki senga Umarning Abu Za­vaidga aytgan gapini aytaman: Seni ojizlik yo fujurdan boshqa narsa nikoh­dan to'solmaydi”.

Uylanish nafl ibodatlardan afzaldir, degan qarash avlodir. Darhaqiqat, Kitob va sunnatda buni qo'llab-quvvatlaydigan dalillar juda ko'p.

 

“Al-fiqhul hanafiyyi fiy

savbihil jadiyd” asaridan

Azizbek HOLNAZAROV tarjimasi

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi

10.01.2025   5112   2 min.
Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi

Shu yil 9 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamkorligida o‘tkazib kelinayotgan namunaviy-amaliy tadbirlarning navbatdagisi Sirdaryo tumanida o‘tkazildi.


Mazkur tumandagi “Abu Bakr” masjididagi yig‘ilishda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligida Sirdaryo viloyat vakilligi xodimlari, tumanlar bosh imom-xatiblari va tajribali imom-xatiblardan iborat Ishchi guruh tuzilib, ular hududdagi 7 ta masjid va 21 ta mahallaga biriktirildi. Shuningdek, mahallalardagi “Haj – 2024” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etildi.


Tadbir doirasida imom-xatiblar 105 ta oilaga, 21 ta oilaga, umumiy hisobda 126 ta oilaga kirib, targ‘ibot va amaliy yordam ishlarni olib bordi.


Xususan, 38 ta xonadonda yot g‘oyalar ta’siriga moyil bo‘lganlar bilan suhbatlashilib, ularning tushunchalari to‘g‘rilandi. 19 oila buzilishining oldi olindi. Nogironligi bor, ehtiyojmand va tabarruk yoshdagi qariyalar yashaydigan 5 ta oilaga kirib sovg‘a-salomlar ulashildi.


Shuningdek, ishchi guruh a’zolari imom-xatiblar faoliyatini o‘rgandi. Jumladan, ustav asosida ish yuritish, jamoani boshqarish, masjidni toza va ozoda saqlash, unda qulay sharoitlar hozirlash kabi jihatlar ko‘rib chiqildi. Natijada imom-xatib boshchiligidagi masjidlar jamoasining faoliyatiga ijobiy baho berildi.


Bundan tashqari, ishchi guruh a’zolari o‘zlariga biriktirilgan masjidlarda peshin namozini ado qilib, qavmga “Tinchlik ne’mati”, “Shukronalik”, “O‘zaro hamjihatlik”, “Oila muqaddasligi”, “Husni xulq”, “Qo‘shnichilik odoblari”, “Mazhabga ergashish va yot g‘oyalar ta’siridan saqlanish” kabi dolzarb mavzulardagi ma’ruza qilishdi. Ularda 1 300 nafardan ortiq namozxon qamrab olindi.


Tadbir so‘ngida Sirdaryo tumani imom-xatiblarining ma’naviy-ma’rifiy va masjid boshqaruvidagi faoliyatida kuzatilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.


Ma’lumot o‘rnida Sirdaryo viloyati imom-xatiblari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan Ishchi guruh faoliyati 2025 yilning 28 yanvar kuni Xovos tumanida o‘tkazilishi reja qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi