Mahr va (ta'minot) xotinning nafaqasiga qodir bo'lgan kishining agar uylanmasa, zinoga kirib ketishi aniq bo'lsa, u holda uylanish unga farz bo'ladi. Chunki haromdan faqatgina u bilan tiyilish mumkin bo'lgan narsa ham farzdir. Agar mahrga qodir bo'lmasa, (uylanish uchun) qarz olishi vojib bo'ladi. Alloh taoloning O'zi unga qarzini uzishda yordam beradi. Hadisda uylanish uchun qarz olgan kishi Alloh yordam berishni O'z zimmasiga olgan uch toifa kishi qatoriga kirishi aytib o'tilgan. Gunohga kirib ketish xavfi bo'lmagan mo''tadil (normal) holatda esa uylanish – Nabiy sollallohu alayhi va sallamga iqtido o'laroq – sunnati muakkadadir. .
Hotinga jabr-zulm qilish xavfi bo'lsa, uylanish makruhi tahrimiyga aylanadi. Agar uylanmaslikdan zinoga yurib ketish xavfi uylanganda xotinga zulm qilish xavfi bilan qarama-qarshi kelib qolsa, uylanmaydi. Chunki jabr-zulm banda haqlariga aloqador ma'siyat, zinodan tiyilish esa Alloh taoloning haqlaridandir. Ikki haq to'qnashgan paytda bandaning haqqi Alloh taoloning haqqidan muqaddam turadi. Chunki banda o'sha haqqa muhtoj, Alloh taolo esa behojatdir.
Uylansa, xotinga jabr-zulm qilishi aniq bo'lgan kishining uylanishi haromdir. Chunki uylanish nafsni gunohdan saqlash va savobga erishishni ko'zlab joriy qilingan. Jabru zulm bilan esa gunohkorlik va haromga qo'l urish bor. Mazkur fasod ishlarning zarari uylanishdan ko'zlangan foydalarni ham yo'qqa chiqaradi.
Uylanish gunohga kirib ketish yoki birovga zulm qilishdan xoli odatiy (normal) holatlarda nafl ibodatlar bilan mashg'ul bo'lishdan ko'ra afzaldir. Imom Ahmad ibn Hanbal rahimahulloh bunday deydi: “G'urbatning Islomga umuman aloqasi yo'q. Kimki uylanmaslikka chaqirar bo'lsa, darhaqiqat, Islomdan boshqaga chaqiribdi”.
Solih ajdodlarimiz so'qqaboshlikni yomon ko'rishgan. Ular uylanmaganlarni uylanishga undashardi. Ibrohim ibn Maysara rahimahulloh Tovus rahmatullohi alayhga: “Sen, albatta, uylanishing kerak yoki senga Umarning Abu Zavaidga aytgan gapini aytaman: Seni ojizlik yo fujurdan boshqa narsa nikohdan to'solmaydi”.
Uylanish nafl ibodatlardan afzaldir, degan qarash avlodir. Darhaqiqat, Kitob va sunnatda buni qo'llab-quvvatlaydigan dalillar juda ko'p.
“Al-fiqhul hanafiyyi fiy
savbihil jadiyd” asaridan
Azizbek HOLNAZAROV tarjimasi
00:00 Anons
00:48 Fuqarolar murojaati e’tibor markazida
01:11 Qur’on va tajvid markaziga tashrif
01:44 Qo‘shko‘pirdagi "Islom bobo" masjidi foydalanishga topshirildi
02:28 Xayru saxovat – qalblarga quvonch ulashadi
02:42 Ziyoratchilarimiz Payg‘ambar alayhissalom shaharlarida
02:58 Imkoniyati cheklanganlar uchun navbatdagi ma’rifiy suhbat
03:24 To‘raqo‘rg‘on tumanida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi
04:01 Otinoyilar ishtirokida tanlov o‘tkazildi
04:22 Qishki ta’til davrida o‘tkazilgan malaka oshirish o‘quv seminari nihoyasiga yetdi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati