Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti shayx Halifa bin Zayed al Naxayyan mamlakatning barcha masjidlarida 18 dekabr' juma namozi boshlanishidan o'n daqiqa oldin Allohdan yomg'ir yog'ishini so'rab duo o'qilsin, deya da'vat qildi deb xabar qilmoqda amirlik Gulf Today nashri.
Habarda ta'kidlanishicha, imomlar duo qanday o'qilishi yuzasidan maxsus tushuntirish ishlarini olib borishadi, masjidlarda esa shu mavzuga bag'ishlangan maxsus ma'ruzalar tashkillashtiriladi.
Islam.ru xabariga ko'ra, ushbu arab mamlakatidagi ob-havo so'nggi kunlarda beqaror bo'lib qoldi. Dushanba kuni tushdan keyin harorat bir necha darajaga ko'tarildi va kechqurun u keskin tushib ketdi.
BAA ob-havo agentligining ma'lum qilishicha, ushbu seshanba kuni qayd etilgan eng past harorat mamlakatning to'rtinchi eng gavjum shahri al-Ayn shahri chekkasidagi Rakne tumanida 7.4°C ni tashkil etdi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Dunyo musulmonlari hayotiga oid eng ishonchli va xolis ma’lumotlar e’lon qiluvchi taniqli “Islamonweb” portalida Malayziya xalqaro islom universiteti professori Shukran Abdulrahmon va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori o‘rinbosari Shahzod Islomovning “Ilm – milliy taraqqiyot va global tinchlikning mustahkam poydevori” mavzusidagi maqolasi e’lon qilindi.
Maqolada ta’kidlanganidek, boy ilmiy-ma’naviy asosga ega Yangi O‘zbekistonda so‘nggi yillarda xalqaro ilmiy hamjamiyat e’tiborini o‘ziga tortgan muhim islohotlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston milliy qadriyatlar, tarixiy tajriba va zamonaviy bilimlarni uyg‘unlashtirish orqali barqaror taraqqiyotga intilmoqda. Bu yurtdagi barcha ijobiy o‘zgarishlar xalq ehtiyoji va orzu-istaklariga asoslanib, bag‘rikenglik, taraqqiyot va ma’rifat tamoyillariga sodiq qolgan holda olib borilmoqda.
Maqolada yozilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning g‘oyasi asosida tashkil etilgan Xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Hadis ilmi maktabi, Mir Arab oliy madrasasi qisqa vaqt ichida ulkan ilmiy loyihalarni amalga oshirib, O‘zbekistonning ilm-ma’rifat markazi sifatidagi xalqaro imijini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
N.Usmonova,
O‘zA muxbiri