Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Avgust, 2025   |   20 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:03
Quyosh
05:31
Peshin
12:33
Asr
17:21
Shom
19:28
Xufton
20:49
Bismillah
14 Avgust, 2025, 20 Safar, 1447

Bolalar uchun “Aqlvoy” telekanali tashkil etiladi

17.12.2020   1571   1 min.
Bolalar uchun “Aqlvoy” telekanali tashkil etiladi

“Ixtisoslashgan bolalar ko'ngilochar-ma'rifiy telekanalini tashkil etish to'g'risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, Ixtisoslashgan bolalar ko'ngilochar-ma'rifiy “Aqlvoy” telekanali (bolalar telekanali) tashkil etiladi.

Ma'lumotni qiziqarli va tushunarli shaklda taqdim etish orqali bolalarning bilim olish faolligini rag'batlantirish, intellektual va ijodiy ko'nikmalarini rivojlantirish (edutainment) telekanalning asosiy vazifa va faoliyat yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.

Mazkur telekanal:
– “Edumedia Corporation” MChJ qoshida yuridik shaxs tashkil etmasdan ta'sis etiladi;
– respublikaning barcha hududlarida etkaziladigan umumfoydalanishdagi ijtimoiy raqamli teleeshittirishlar paketi tarkibiga kiritiladi;
– o'zini-o'zi moliyalashtirish asosida faoliyat yuritadi.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Samarqand bosh imomiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

12.08.2025   9420   1 min.
Samarqand bosh imomiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Ushbu mas’uliyatli vazifaga Samarqand shahar “Xo‘ja Is'hoqi Valiy” jome masjidi imom-xatibi Nursultonxon domla Abdumannonov tayinlandi.


Ma’lumot o‘rnida Nursultonxon domla “Mir Arab” madrasasi, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti va “Oriyental” universitetida ta’lim olgan. 

Shuningdek, u faoliyati davomida “Damariq” va “Xo‘ja Is'hoqi Valiy” jome masjidlarida imom-xatib, shuningdek, Samarqand shahar bosh imom-xatibi o‘rinbosari sifatida xizmat qilgan.


Alloh taolodan Nursultonxon domlaning yangi lavozimdagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar so‘raymiz! 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari