وَٱلۡمُطَلَّقَٰتُ يَتَرَبَّصۡنَ بِأَنفُسِهِنَّ ثَلَٰثَةَ قُرُوٓءٖۚ وَلَا يَحِلُّ لَهُنَّ أَن يَكۡتُمۡنَ مَا خَلَقَ ٱللَّهُ فِيٓ أَرۡحَامِهِنَّ إِن كُنَّ يُؤۡمِنَّ بِٱللَّهِ وَٱلۡيَوۡمِ ٱلۡأٓخِرِۚ وَبُعُولَتُهُنَّ أَحَقُّ بِرَدِّهِنَّ فِي ذَٰلِكَ إِنۡ أَرَادُوٓاْ إِصۡلَٰحٗاۚ وَلَهُنَّ مِثۡلُ ٱلَّذِي عَلَيۡهِنَّ بِٱلۡمَعۡرُوفِۚ وَلِلرِّجَالِ عَلَيۡهِنَّ دَرَجَةٞۗ وَٱللَّهُ عَزِيزٌ حَكِيمٌ٢٢٨
228. Vataloqqilinganayollaro'zlarigaqarabuchhayzmuddatinikutishadi. AgarAllohgavaoxiratkunigaishonishsa, bachadonlaridagiAllohyaratgannarsaniyashirishlarihalolbo'lmaydi. Agarerlariyarashishniistashsa, shumuddatichidaularniqaytaribolishgahaqliroqdirlar. Yaxshilikdaxotinlarningerkaklarburchlaribarobaridahaqlarihamborvaerkaklardaulardanbirdarajaustunlikbor. Allohqudratlivahikmatlidir.
"Taloq" arabcha so'z bo'lib, "tugunni echish, bog'ichni bo'shatish, uzish" ma'nolarini anglatadi. Shariatda esa nikoh (er-xotinlik) aqdini "Sen taloqsan" yoki "Seni taloq qildim" yoxud "Sen menga haromsan"... kabi iboralar bilan echib yuborish, bekor qilish "taloq" deyiladi. Islomda taloq qilish haq-huquqi erga berilgan. Afsus, buni bilmagan ayrim mo'mina-muslima ayollar bo'lar-bo'lmas narsaga taloq so'rashni o'zlariga ep ko'rib, gunohkor bo'lishadi. Payg'ambar alayhissalom: "Qay bir ayol uzrli sababsiz eridan talog'ini so'rasa, unga jannat hidi ham harom bo'ladi", deb marhamat qilganlar. Er ham, xotin ham taloqni hazil sanamasligi, bo'lar-bo'lmasga bu so'zni tilga chiqaravermasligi kerak. Chunki Alloh taolo: "Allohning oyatlarini hazil bilmanglar!" deb ogohlantirgan.
Ayol eriga hurmatsizlik, itoatsizlik qila boshlasa, oldin nasihat qilinadi, bu ham foyda bermasa, joyni boshqa qilib yotish, gaplashmaslik tavsiya etiladi. U ham ta'sir qilmasa, zarar etkazmasdan, mayib qilmasdan engilgina urishga ruxsat etilgan. Er-xotinning orasi bu bilan ham tuzalmasa, erning qarindoshlaridan bir kishi, xotinning qarindoshlaridan bir kishi hakam etib saylanadi va ular er-xotinni yarashtirish choralarini ko'rishadi. Bu chora-tadbirlarning hech biri foyda bermay, er-xotinning birga yashashi ikkovlariga ham cheksiz azob-uqubat keltirishi ochiq-oydin bilinsa, shundagina taloqqa ruxsat beriladi.
Oila mustahkamligini ta'minlash maqsadida shariatda taloq qilishdan boshqa iloj qolmaganida ham bu ishni birdan sodir etmasdan, asta-sekin tartibi bilan amalga oshirish tavsiya etilgan. Bu tavsiyada ham shoyad er o'ylab ko'rib, taloq qilish fikridan qaytsa, degan hikmat yotadi. Bu tavsiyalar "sunniy ahsan (yaxshiroq) taloq" va "sunniy hasan (yaxshi) taloq" nomini olgan.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga ergashish musulmonlarga vojibdir. Ayol hayzdan pok bo'lganidan keyin u bilan yaqinlik qilmay turib, bir taloq qo'yish "ahsan taloq" bo'ladi. Ayolning hayzdan pok bo'lishini kutish, undan so'ng jinsiy aloqa qilmay turish ishlari erning achchig'idan tushishi, ayoliga qayta mehr qo'yishini ta'minlovchi omillardir. Mazkur davr ichida er taloq qilish niyatidan qaytib qolishi mumkin.
Taloq ikki xildir: sunniy va bid'iy. Sunniy taloq ikki turga bo'linadi: ahsan va hasan. Ayol toza bo'lganida qo'shilmay faqat bir taloq qilish ahsan taloqdir. Hasan taloqda nikoh aqdidan keyin ayolga erning qo'shilgan yo qo'shilmaganiga hamda hayz-nifos ko'rgan yo ko'rmaganiga qarab turli holatlar bo'ladi. Agar ayolga (nikohdan so'ng) qo'shilinmagan bo'lsa, hayzda bo'lsa ham, bir taloq qilishi hasan taloq bo'ladi. Agar qo'shilgan bo'lsa ayol hayzdan har toza bo'lganida qo'shilmay uch taloqni bo'lib, bir taloqdan uch taloq qilsa, hasan taloq qilgan bo'ladi. Ya'ni hayz ko'rganidan so'ng, toza bo'lgach jinsiy aloqa qilmay turib, bir taloq qo'yadi. Yana hayz ko'rganidan so'ng toza bo'lgach, qo'shilmay yana bir taloq qiladi va hokazo. Shunday qilib, uchinchi martadan keyin uch taloq bo'ladi. Uchinchi taloqdan keyin yarashish mumkin emas (to boshqa erga tegib chiqmasa, halol bo'lmaydi).
Taloq sunniy (shariat ko'rsatmalariga muvofiq) bo'lishi uchun unda ikki shart lozim: 1. Taloq ayol kishi hayz yoki nifosdan pok bo'lganidan keyin, unga jinsiy yaqinlik qilmay turib qilinishi. 2. Taloqning bittadan ortiq bo'lmasligi.
Ayollarning iddasi hayz va nifosdan keyin boshlanadi. Hayz va nifos vaqtida xotinni taloq qilish bid'iy taloq bo'ladi.
Er taloq qilgandan so'ng xotin bilan birgalikda yashashni davom ettirishi mumkinligi yoki mumkin emasligi e'tiboridan taloq raj'iy va boin taloqlarga bo'linadi. “Raj'iy taloq” degani qaytsa bo'ladigan taloqdir. Bunday taloqdan keyin er taloq qilingan xotinini iddasi ichida, agar xotin rozi bo'lmasa ham, qaytarib olish huquqiga ega. Buning uchun er: "Hotinimni o'zimga qaytarib oldim" yoki "Hotinimni nikohimda ushlab qoldim" desa kifoya, yangidan mahr berish, nikoh aqdi qilishga hojat yo'q. Eng muhim sharti – xotinning iddasi chiqmay turib qaytishdir. Agar idda chiqqunicha qaytmasa, raj'iy taloq boinga (boin "uzilgan, ajralgan" ma'nosida) aylanib qoladi. Unda yangidan nikoh aqdi qilish zarur bo'ladi.
Boin taloqdan keyin er-xotin ajrashgan hisoblanadi. Shuning uchun boin taloq qilgan er o'sha xotin bilan birga turmasligi, begona kabi yashashi kerak bo'ladi. Bu taloq bir yoki ikki dona bo'lsa, erning uch taloq haqqi bir yoki ikki adadga qisqaradi. Kichik boin taloqdan keyin er yoki xotin o'lsa, bir-biridan meros ololmaydi. Chunki oralaridagi nikoh uzilgan bo'ladi.
Katta boin taloq uch taloqdir. Bu taloqdan keyin nikoh mulki tugaydi, xotin erga harom bo'ladi. Ularning orasida iddadan boshqa hech narsa qolmaydi. Er xotinga bergan mol-mulk (mahr) xotinda qoladi. Erning xotinga idda muddatida maskan va nafaqa berishi vojib (Taloq, 6). Taloq qilingan xotin homilador bo'lsa, o'sha homilasini tuqqunicha er uni nafaqa bilan ta'minlashi vojib. Hotin iddasi chiqqanidan keyin boshqa erga sahih nikoh ila tegib, ular to'laqonli er-xotin bo'lib yashab, ikkinchi er vafot etgach yoki boshqa sabab bilan taloq qilsa, ayol iddadan chiqqanidan so'ng yana birinchi eriga (nikoh qilinsa) halol bo'ladi.
Taloq qilingan ayollar uch marta hayz ko'rishguncha erga tegmay iddani kutib turishadi. Chunki bu narsa ularning bachadonida homila bor-yo'qligini aniqlash uchundir. Agar shu muddat ichida agar erlari qayta yashashni istab qolsa, ularni yana qaytarib olishga eng haqlidir. Ulamolardan Ibrohim idda vaqtida erga tekkan ayol (ya'ni, eri tomonidan "raj'iy taloq – idda ichida yana qaytarib olsa bo'ladigan taloq qilingan ayol) haqida so'zlab, bunday degan: "U (keyingi) eri uyida uch bora hayz ko'rib, oldingi eridan uzil-kesil ajraldi. Uning bu hayzi keyingi eri uchun hisobga o'tmaydi. U yana boshqa idda saqlaydi". Zuxriy esa bunday degan: "U ayol bir idda saqlasa kifoya qiladi".
ٱلطَّلَٰقُ مَرَّتَانِۖ فَإِمۡسَاكُۢ بِمَعۡرُوفٍ أَوۡ تَسۡرِيحُۢ بِإِحۡسَٰنٖۗ وَلَا يَحِلُّ لَكُمۡ أَن تَأۡخُذُواْ مِمَّآ ءَاتَيۡتُمُوهُنَّ شَيًۡٔا إِلَّآ أَن يَخَافَآ أَلَّا يُقِيمَا حُدُودَ ٱللَّهِۖ فَإِنۡ خِفۡتُمۡ أَلَّا يُقِيمَا حُدُودَ ٱللَّهِ فَلَا جُنَاحَ عَلَيۡهِمَا فِيمَا ٱفۡتَدَتۡ بِهِۦۗ تِلۡكَ حُدُودُ ٱللَّهِ فَلَا تَعۡتَدُوهَاۚ وَمَن يَتَعَدَّ حُدُودَ ٱللَّهِ فَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلظَّٰلِمُونَ٢٢٩
229. Taloq ikki martadir. Keyin yaxshilikcha ushlab qolish yo xursand qilib qo'yib yuborish bor. Sizlar uchun ularga bergan narsani qaytarib olish durust emas. Faqat er-xotin Alloh buyurganlarini bajara olmaslikdan qo'rqishsa, mustasno. Bas, er-xotinning Alloh buyurganlarini bajara olmasliklaridan qo'rqilsa, xotin evaz qilib bergan narsada ikkovlariga gunoh yo'q. Bular Alloh chegaralaridir, ularni buzmanglar va kim Alloh chegaralarini buzsa, ana o'sha zolimdir.
Islomdan avvalgi johiliyat davrida arablarda shunday qoida bor edi: ular o'n marta, yigirma martalab taloq qilib, iddasi tugamay yana xotinlarini qaytarib olishaverar edi. Shu tariqa xotinlarning aksariyati qiynalar, aziyat chekib, haqqi toptalar edi. Ana shu zararli odatni man etib tushgan yuqoridagi oyati karima buyuradiki, er o'z xotinini ikki marta taloq qilsa, keyin iddasi ichida yana qaytarib olsa bo'ladi. Lekin idda muddati o'tib ketsa, ayol mustaqil bo'lib qoladi. Er xotinini ikki marta taloq qilganidan keyin yana uchinchi bor taloq qilsa, unda xotini boshqa bir kishiga turmushga chiqib, iddasi tugamagunicha avvalgi eriga halol bo'lmaydi.
Erlar uchun xotinlariga bergan mahrlarini taloq evaziga qaytarib olishlari nojoizdir. Agar ikkovlari ajrashmagan suratda Alloh taoloning amr-farmonlariga muvofiq turmush kechira olmaslikdan qo'rqishsa, bu holatda xotin mahrini yoki molini berib o'zini qutqarib olsa va er ham bu molni qabul qilib xotinning javobini bersa, ikkovlariga ham gunoh bo'lmaydi. Bu narsa shariatda "xulu'" deyiladi. Umar roziyallohu anhu ayolni unga berilgan taloq xatidan boshqa barcha mahri evaziga xulu' qilishga ijozat berganlar. Tovus aytadi: "Er va xotin Alloh taolo har biriga farz qilgan hukmlarni bundan buyongi hayotida bajara olmaslikdan cho'chisayu, lekin er xotiniga ahmoqona gap qilmayotgan bo'lsa, to xotin eriga: "Men seni deb nahsdan poklanish uchun g'usl qilib o'tirmayman" demagunicha xulu' halol bo'lmaydi" (Buxoriy rivoyati).
فَإِن طَلَّقَهَا فَلَا تَحِلُّ لَهُۥ مِنۢ بَعۡدُ حَتَّىٰ تَنكِحَ زَوۡجًا غَيۡرَهُۥۗ فَإِن طَلَّقَهَا فَلَا جُنَاحَ عَلَيۡهِمَآ أَن يَتَرَاجَعَآ إِن ظَنَّآ أَن يُقِيمَا حُدُودَ ٱللَّهِۗ وَتِلۡكَ حُدُودُ ٱللَّهِ يُبَيِّنُهَا لِقَوۡمٖ يَعۡلَمُونَ٢٣٠
230. Agar u yana taloq bersa, ayol bundan keyin boshqa erga nikoh qilinmagunicha unga halol bo'lmaydi. U (keyingi) er ham taloq qilsayu, Alloh chegaralarida turishlariga ishonishsa, bir-birlariga qaytishlarining gunohi yo'q. Bular Allohning biluvchi qavmga bildirgan chegaralaridir.
Bir kishi o'z xotinini bir yoki ikki taloq qilsa va idda ichida unga yaqinlashmasa, keyin iddasi tugagach, uchinchi taloqni bersa, ularning er-xotinligi tugaydi. Ushbu oyati karima bayon etyaptiki, agar avvalgi ikki taloq ustiga uchinchisi qilinsa, jami uchta bo'lib, endi u ayol taloq qilgan erga halol bo'lmaydi, ularning er-xotin bo'lib yashashlari mumkin emas. Bordiyu keyingi tekkan eri vafot etsa yoki taloq qilsagina, unda ayolning avvalgi eri bilan iddasi tugaganidan keyin turmush qurishi gunoh bo'lmaydi. Ushbu oyat tafsirida Ibn Jarir Tabariy bunday deydi: "Agar bir odam "...boshqa erga nikoh qilinmagunicha halol bo'lmaydi" degan gapdan Alloh nimani iroda qilyapti – nikoh bu jinsiy aloqami yoki bir ayolning bir erkakka tegishimi?" deb so'rasa, "ikkalovi ham" deb javob beriladi. Chunki taloq qilingan ayol bir erkakka tegsa, erkak u bilan yaqinlik qilmay talog'ini bersa, oldingi o'z eriga halol bo'lmaydi. Agar taloq qilingan ayolga bir erkak nikohsiz yaqinlik qilsa ham u ayol o'z eriga halol bo'lmaydi. Bunga "ijmo'ul-ummat" ittifoq qilgan. Agar yana: "Oyat ma'nosida jinsiy yaqinlik" degan ibora yo'q-ku?" deb so'ralsa, unga bunday javob beriladi: "Ijmo'ul-ummat "oyatdagi "nikoh" so'zining ma'nosi jinsiy yaqinlikdir", degan" (Ibn Jarir. "Jomi'ul-bayon", 2-jild, 290-291-betlar). Ilm ahli: "Agar er xotinini uch bor taloq qilgan bo'lsa, xotini unga haromdir" deya "harom" so'zini "taloq, ajrashish" ma'nosida qo'llagan. Bu erdagi "harom" so'zi taomga nisbatan ishlatiladigan "harom" kabi emas, chunki halol taomni harom deyilmaydi, balki taloq qilingan ayolni harom deyiladi. Alloh taolo uch taloq xususida Baqara surasining 230-oyatini nozil qilgan. Nofe' bunday rivoyat qiladi: "Agar Ibn Umardan uch taloq qilgan kishilar haqida so'ralsa: "Basharti bir bor yoki ikki bor taloq qilgan bo'lsang, u holda hazrati Rasululloh menga qayta nikohlab olishni buyurganlar, agar uch taloq qilgan bo'lsang, unda xotining sendan boshqa erga nikohlanmagunicha senga haromdir", der edilar" (Buxoriy rivoyati).
Har bir tarixiy obida – xalqimiz tarixi va madaniyatining guvohi. Mirzacho‘l hududida joylashgan “Yog‘ochli sardoba” ham ana shunday noyob yodgorliklardan bo‘lib, uning me’moriy tuzilishi va muhandislik yechimi o‘z davrining ilg‘or bilimlariga tayanilganini ko‘rsatadi.
– Sardobaning gumbazsimon tuzilishi, 15 metrlik ichki diametri va 12 metr balandligi uni nafaqat amaliyotda samarali, balki arxitektura jihatdan ham o‘ziga xos namuna sifatida namoyon etadi. Yerdan ikki metr balandlikdagi tuynuklar, salqinlikni saqlovchi ventilyatsiya tizimi, simmetriyali qurilishi va devor qalinligining yuqoriga ko‘tarilgan sari yupqalashib borishi – bularning barchasi sardobaning betakrorligigidan dalolat beradi,– deydi tarixchi-arxeolog Solijon Qudratov.
Sardobaga arksimon kirish qismi orqali g‘ishtli zinapoyalardan foydalanib tushiladi. Kirish qismidagi yo‘lakcha ustidan esa xizmatchilar uchun maxsus xonalarga chiqish mumkin bo‘lgan aylanma zinapoya qurilgan.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda turizmni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgan bir paytda “Yog‘ochli sardoba” ham qayta tiklash ishlari doirasida o‘rganilmoqda. Ba’zi rekonstruksiya ishlari boshlangan bo‘lsa-da, ma’lum texnik va moliyaviy sabablarga ko‘ra, qurilish vaqtincha to‘xtab qolgan.
– Endi bu maskanni to‘liq ta’mirlab, turistik marshrutlarga qo‘shish, atrofida dam olish maskanlari, suv yo‘llari, mahalliy hunarmandchilik obyektlarini rivojlantirish rejalashtirilgan. Bunda davlat-xususiy sheriklik asosida yosh tadbirkorlarni ham jalb etish ko‘zda tutilmoqda, – deydi Sirdaryo viloyat hokimining o‘rinbosari Shohruh Isoqulov.
“Toshkent – Samarqand – Buxoro” magistral yo‘li bo‘ylab joylashgan “Yog‘ochli sardoba” hozirning o‘zidayoq sayohatchilar diqqatini o‘ziga tortmoqda. Shu bois, yaqin istiqbolda bu inshoot nafaqat tarixiy yodgorlik, balki madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladigan, mahalliy va xalqaro turizmni qo‘llab-quvvatlaydigan muhim markazga aylanishi, shubhasiz.
G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri