Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Avgust, 2025   |   18 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:00
Quyosh
05:29
Peshin
12:33
Asr
17:23
Shom
19:30
Xufton
20:52
Bismillah
12 Avgust, 2025, 18 Safar, 1447

Oilaviy chat

07.02.2024   660   2 min.
Oilaviy chat

Zamonamizning ko'plab oilalarida ota-onalar bilan farzndlar bir-birlaridan ajralib qolayotgani yangilik emas. Ota-onalar kuni bo'yi ishda bo'lishadi. Uyga kelganda esa hordiq chiqarish bahonasida farzandlarining kunlari qanday o'tgani bilan qiziqishga erinishadi. Bolalarga ham ko'pincha ota-onalarining ish kunini qanday o'tkazganlari, ularning kayfiyatlari qandayligi, ishda muvaffaqiyatga erishdilarmi yoki aksinchami, qizig'i bo'lmaydi. Oqibatda, oila a'zolari orasidagi masofa uzoqlashib boraveradi.

Hozir bunday oilalar kam emas. Hatto ba'zi xonadonlarning tunni o'tkazib ketadigan mehmonxonaga aylanib qolganidan hayratda qolasiz. Shunday narsalarning oldini olish, oilamiz a'zolarini bir-birlariga mehr-muhabbatli qilish niyatida bir tadbir uyushtirdim. Unga ko'ra, har kuni kattalar ishdan, kichiklar o'qishdan qaytgan paytlarida dasturxon atrofida yig'ilamiz. So'ng bir piyola choy yoki bir finjon qahva ustida har birimiz kunni qanday o'tkazganimiz haqida gapirib beramiz. Bir odam gapirayotganda qolganlar quloq solib turadi. Bir kishi nari borsa 3 daqiqa gapirishi mumkin. Uzog'i bilan 15-20 daqiqa davom etadigan bu ajib tadbir sababli biz butun oilamizda nima bo'layotgani haqida boxabar bo'lamiz.

Biz bu tadbirni muntazam yo'lga qo'ydik va undan juda ko'p foydalar oldik. Bir birimizga nisbatan mehr oqibatimiz ziyodalashdi.

Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu'tining
"Farzand tarbiyasida 700 ta saboq" kitobidan
G'iyosiddin Habibulloh, Kamronbek Islom tarjimasi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Saudiyadagi xalqaro Qur’on musobaqasida hamyurtlarimiz ishtirok etmoqda

12.08.2025   603   1 min.
Saudiyadagi xalqaro Qur’on musobaqasida hamyurtlarimiz ishtirok etmoqda

Saudiya Arabistoni Podshohligi Islom ishlari, da’vat va irshod vazirligi tomonidan 45-xalqaro Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda. 


Mazkur musobaqada O‘zbekiston nomidan Shukurbek qori Shuxratbekov va Dostonbek qori Sodiqov qatnashmoqda. 


Ma’lumot o‘rnida Shukurbek Shuxratbekov “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasining 3-kurs, Dostonbek Sodiqov “Sayyid Muhiyiddin maxdum” o‘rta maxsus islom bilim yurtining 1-kurs talabasi sanaladi. 


Alloh taolo ikki hamyurt qorimizni yuzlarini yorug‘ qilib, muvaffaqiyat va zafar ato etsin!  

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Saudiyadagi xalqaro Qur’on musobaqasida hamyurtlarimiz ishtirok etmoqda Saudiyadagi xalqaro Qur’on musobaqasida hamyurtlarimiz ishtirok etmoqda Saudiyadagi xalqaro Qur’on musobaqasida hamyurtlarimiz ishtirok etmoqda Saudiyadagi xalqaro Qur’on musobaqasida hamyurtlarimiz ishtirok etmoqda Saudiyadagi xalqaro Qur’on musobaqasida hamyurtlarimiz ishtirok etmoqda
Dunyo yangiliklari