Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Avgust, 2025   |   9 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:48
Quyosh
05:20
Peshin
12:34
Asr
17:31
Shom
19:42
Xufton
21:07
Bismillah
03 Avgust, 2025, 9 Safar, 1447

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Bulg'or islom akademiyasi magistr va doktarantlari uchun «Markaziy Osiyoda islom ta'limoti» mavzuida o'quv kurslari tashkil etildi

14.12.2020   1430   2 min.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Bulg'or islom akademiyasi magistr va doktarantlari uchun «Markaziy Osiyoda islom ta'limoti» mavzuida o'quv kurslari tashkil etildi

Bulg'or islom akademiyasi rektori Doniyor Abdrahmonovning taklifiga binoan, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari tomonidan akademiyaning magistr va doktarantlari uchun Zoom videokonferentsiya dasturi orqali «Markaziy Osiyoda islom ta'limoti» mavzusida besh kunlik o'quv kursi tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Ta'kidlash kerakki, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bugungi kunda AQSh, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Germaniya, Misr, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Malayziya, Pokiston, Hindiston, Rossiya, Qozog'iston, Qirg'izistondagi 30 ga yaqin etakchi islom tadqiqot markazlari, universitetlar bilan hamkorlikka oid memorandumlar imzolagan.
Tataristondagi Bulg'or islom akademiyasi ham markazning yaqin hamkorlaridan biri sanaladi.
Har ikki ilmiy muassasa o'rtasida erishilgan kelishuvlarga ko'ra ilmiy tadqiqotchilar mazkur ilm maskanlarida tashkil etilayotgan seminarlar, konferentsiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Kurs davomida markazning etakchi ilmiy xodimlari tomonidan «Movarounnahr kalom ilmi tarixida moturidiya ta'limoti», «Markaziy Osiyo kutubxonalari tarixi», «Hadis ilmi rivojida Movarounnahr muhaddislarining o'rni», «Fiqhga oid manbalar tahlili», «Imom Termiziy ilmiy merosi tadqiqotchilar nigohida» singari mavzularda ma'ruzalar o'qildi.
O'quv kursining yakunida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Bulg'or islom akademiyasi rahbarlarining onlayn muloqoti bo'lib o'tdi.
Bulg'or islom akademiyasi rektori Doniyor Abdrahmonov ikki muassasa o'rtasida imzolangan o'zaro anglashuv memorandumiga muvofiq tashkil etilgan mazkur tadbir muqaddas islom dini rivojida Movarounnahrda kamol topgan buyuk alloma va muhaddislar, diniy ulamolar ilmiy merosining o'rni va ahamiyatini chuqur tadqiq etishda muhim o'rin tutishini ta'kidladi. Buning uchun Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori va jamoasiga minnatdorlik bildirdi.
Suhbat davomida ikki muassasa o'rtasida hamkorlikka oid imzolangan memorandumda belgilangan vazifalarni birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ilmiy xodimlarning maqolalarini nashr etish, malaka oshirish kurslarini tashkil qilish, konferentsiya va davra suhbatlari o'tkazish, bu borada hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalariga e'tibor qaratildi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Takbir aytilmasa, janoza o‘qilmagan bo‘ladi

01.08.2025   3048   1 min.
Takbir aytilmasa, janoza o‘qilmagan bo‘ladi

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Savol: Janoza namozida to‘rtta takbirni aytish farz deb eshitganmiz. Imomga iqtido qilgan kishilar ham takbirlarni aytishlari kerakmi? Ularga ham to‘rt takbirni aytish farz bo‘ladimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Albatta, iqtido qilganlar ham mazkur takbirlarni aytishlari farz bo‘ladi. Chunki ulamolarimiz mazkur takbirlar boshqa namozlardagi rakatning o‘rnida bo‘ladi, ya’ni to‘rt takbirli janoza go‘yoki to‘rt rakatli namozning hukmida bo‘ladi, deganlar.

Shu bois imom ham, unga iqtido qilganlar ham takbirlarni aytishlari shart hisoblanadi. Agar kimdir takbirlarni aytmasa, yoki ulardan bittasini qoldirsa, janoza o‘qigan bo‘lmaydi. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.