Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Avgust, 2026   |   28 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:58
Quyosh
05:28
Peshin
12:30
Asr
17:24
Shom
19:32
Xufton
21:00
Bismillah
11 Avgust, 2026, 28 Safar, 1448

E'tiqod durdonalari: JANNAT VA DO'ZAHNING ABADIYLIGI BAYoNI

12.12.2020   10793   54 min.
E'tiqod  durdonalari: JANNAT VA DO'ZAHNING ABADIYLIGI BAYoNI

Eng so'nGgi manzillar

١8- لِأَهْلِ الْخَيْرِ جَنَّاتٌ وَنُعْمَى     وَلِلْكُفَّارِ أَدْرَاكُ النَّكَالِ

 

Ma'nolar tarjimasi:

Solih bandalarga jannatlar va shodu xurramliklar bo'ladi, kofirlarga esa qattiq jazolarning eng tubi bo'ladi.

 

Nazmiy bayoni:

Solihlarga jannat, shodu xurramlik,

Kofirlarga uqubat, azob alamlik.

 

Lug'atlar izohi:

لِ – jor harfi اِلَى ma'nosida kelgan.

الْخَيْرِأَهْلِ – jor majrur xabari muqaddam. Matnda kelgan “ahli xayr”dan barcha ummatlarning mo'minlari nazarda tutilgan.

جَنَّاتٌ – mubtado. Lug'atda “daraxtzor bog'” ma'nosini anglatadi. 

وَ – mutlaq jamlash uchun kelgan atf harfi.

نُعْمَى – kalimasi نُعْمَةٌ ning ko'plik shakli bo'lib, “ko'z quvonchlari”, “shodu xurramliklar” ma'nolarini anglatadi. جَنَّاتٌ ga atf qilingan.

كُفَّارِ – jor va majrur mubtadosidan oldin kelgan xabar. Mubtadosi اَدْرَاكُ dir.  كُفَّارِ kalimasi كَافِرٌ ning ko'plik shakli bo'lib, bundan tashqari كَافِرُونَ كَفَرَةُ  va كِفَارُ shakllarida ham jam bo'ladi. Faqatgina كُفَّارُ ko'proq iymonsizlarga nisbatan iste'mol qilinsa,  كَفَرَةُ ko'proq ne'matga nonko'rlik qiluvchilarga nisbatan ishlatiladi. 

اَدْرَاكُ – kalimasi دَرَكٌ  va دَرْكٌ larning ko'plik shakli bo'lib, “eng tubi” ma'nosini anglatadi. Ko'plab sharhlarda إِدْرَاكُ tarzida birinchi harfini kasrali qilib “kofirlarga  jazolarning etishi bordir”, ma'nosi berilgan.  Lekin tahqiqlarga ko'ra أَدْرَاكُ mo''tabar hisoblanadi.

النَّكَالِ – muzofun ilayh. Lug'atda “qilmishga yarasha berilgan qattiq jazo” ma'nosini anglatadi.

 

Matn sharhi:

Dunyoda iymon keltirgan va uning taqozosi bo'lgan yaxshi amallarni qilib, xayr ahlidan bo'lgan baxtli insonlarni Alloh taolo ostilaridan anhorlar oqib turadigan jannatlarga kiritadi va xilma-xil ne'matlar bilan mukofotlaydi. Iymon keltirib, yaxshi amallarni qilgan solih bandalarni qanday mukofotlar kutib turgani haqida shunday xabar berilgan:  

﴿إِنَّ ٱللَّهَ يُدۡخِلُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ جَنَّٰتٖ تَجۡرِي مِن تَحۡتِهَا ٱلۡأَنۡهَٰرُ يُحَلَّوۡنَ فِيهَا مِنۡ أَسَاوِرَ مِن ذَهَبٖ وَلُؤۡلُؤٗاۖ وَلِبَاسُهُمۡ فِيهَا حَرِيرٞ٢٣

“Albatta, iymon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarni Alloh (jannatdagi) ostidan anhorlar oqib turadigan bog'larga kiritur. Ular u joyda oltin bilakuzuklar va marvaridlar bilan bezalurlar, liboslari esa harir (ipak) bo'lur”[1].       

Jannatga kirish Alloh taoloning fazlu marhamati bilan bo'ladi. Ya'ni Alloh taoloning fazlu marhamatiga sazovor bo'lgan insonlar jannatga kiradilar.  Ammo jannatlarning ichidagi martabalar insonlarning qilgan amallariga ko'ra bo'ladi. Ko'proq va yaxshiroq amal qilganlar ulug' joylarni egallasalar, ulardan kamroq amal qilganlar esa amallariga yarasha pastroq joylarga ega bo'ladilar.    

“Jannat lug'atda “bog'” ma'nosini bildirib, aslida, “to'silgan” so'zidan olingan. “Jin” so'zi ham “to'silgan” ma'nosidadir chunki ular ham ko'zlardan yashirin va to'silgan bo'ladilar. “Jinnilik” ham shu ma'noda bo'lib, bunday vasfga ega insonning qalbi yaxshi va yomonni ajratib olish qobiliyatidan  to'silganligi uchun  shunday nomlangan. Mukofotlar diyori bo'lgan joyning “Jannat” deb nomlanishi esa unga kirgan kishilarni daraxtlar to'sib turgani yoki u joyda beriladigan mukofotlar to unga kirguncha to'silgan bo'lganligi uchundir”[2]

Jannatning nomlari

Matnda جَنَّاتٌ (jannatlar) deya ko'plik shaklida keltirildi, chunki jannatlar ko'p bo'lib, ularning nomlari Qur'oni karimda quyidagicha bayon qilingan:

  1. Firdavs (bog', bo'ston).

﴿إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ كَانَتۡ لَهُمۡ جَنَّٰتُ ٱلۡفِرۡدَوۡسِ نُزُلًا١٠٧

“Albatta, iymon keltirgan va ezgu ishlarni qilgan zotlar uchun Firdavs bog'lari manzil bo'lur”[3].     

  1. Adn (vatan tutmoq).

﴿جَنَّٰتُ عَدۡنٖ يَدۡخُلُونَهَا تَجۡرِي مِن تَحۡتِهَا ٱلۡأَنۡهَٰرُۖ لَهُمۡ فِيهَا مَا يَشَآءُونَۚ كَذَٰلِكَ يَجۡزِي ٱللَّهُ ٱلۡمُتَّقِينَ٣١

“Ular ostidan anhorlar oqib turadigan mangu jannatlarga kirurlar. Ular uchun u erda xohlagan narsalari bordir. Taqvodorlarni Alloh mana shunday mukofotlagay”[4].

  1. Na'iym (huzur-halovat).

﴿إِنَّ لِلۡمُتَّقِينَ عِندَ رَبِّهِمۡ جَنَّٰتِ ٱلنَّعِيمِ٣٤

“Albatta, taqvodorlar uchun Parvardigorlari huzurida ne'mat bog'lari bordir”[5]

  1. Huld (mangulik).

﴿قُلۡ أَذَٰلِكَ خَيۡرٌ أَمۡ جَنَّةُ ٱلۡخُلۡدِ ٱلَّتِي وُعِدَ ٱلۡمُتَّقُونَۚ كَانَتۡ لَهُمۡ جَزَآءٗ وَمَصِيرٗا١٥

“(Ey Muhammad! Ularga) ayting: “Shu (do'zax) yaxshiroqmi yoki taqvodorlarga va'da qilingan mangulik jannatimi?!” Ular uchun (bu) mukofot va natija bo'lur edi”[6].   

  1. Ma'vo (tekis joy).

﴿أَمَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ فَلَهُمۡ جَنَّٰتُ ٱلۡمَأۡوَىٰ نُزُلَۢا بِمَا كَانُواْ يَعۡمَلُونَ١٩

“Iymon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlar uchun qilgan amallari sababli jannat maskanlari manzil bo'lur”[7].     

  1. Dorus-Salom (omonlik diyori).

﴿۞لَهُمۡ دَارُ ٱلسَّلَٰمِ عِندَ رَبِّهِمۡۖ وَهُوَ وَلِيُّهُم بِمَا كَانُواْ يَعۡمَلُونَ١٢٧

“Ular uchun Parvardigorlari huzurida tinchlik diyori (jannat) bordir. Qilgan (solih) amallari sababli, U ularning do'stidir”[8].  

  1. DorulMuqoma (turar joy).

﴿ٱلَّذِيٓ أَحَلَّنَا دَارَ ٱلۡمُقَامَةِ مِن فَضۡلِهِۦ لَا يَمَسُّنَا فِيهَا نَصَبٞ وَلَا يَمَسُّنَا فِيهَا لُغُوبٞ٣٥

“U zot bizlarni O'z fazli ila bir turar joyga joylashtirdiki, u erda bizga charchoq etmas, horg'inlik ham etmas”[9].

Jannatiylarning quvonch va xursandchiligi hali jannatlarga kirmaslaridanoq boshlanadi. Jannatga kirish izni berilgandan so'ng hammalari xursandchilikdan entikishib, unga yaqinlashadilar. Jannat eshiklari ham ko'rinib, unga yaqinlashganlarida xursandchilik ustiga xursandchilik bo'lib jannat eshiklari ochiladi va uning qo'riqchilari: “Sizga salomlar bo'lsin! Hush keldingiz! Unga mangu qoluvchi bo'lgan holingizda kiring”, deya olqishlar bilan kutib oladilar:

﴿وَسِيقَ ٱلَّذِينَ ٱتَّقَوۡاْ رَبَّهُمۡ إِلَى ٱلۡجَنَّةِ زُمَرًاۖ حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءُوهَا وَفُتِحَتۡ أَبۡوَٰبُهَا وَقَالَ لَهُمۡ خَزَنَتُهَا سَلَٰمٌ عَلَيۡكُمۡ طِبۡتُمۡ فَٱدۡخُلُوهَا خَٰلِدِينَ٧٣

“Parvardigorlaridan qo'rqqan taqvoli zotlar ham guruh-guruh holda jannatga boshlab borilur. To qachonki, ular uning darvozalari ochilgan holda ekanida etib kelganlarida va uning qo'riqchilari: “Sizlarga salom! Hush keldingiz! Bas, unga mangu qoluvchi bo'lgan holingizda kiringiz!” – deganlarida (ular behad shodlanurlar)”[10].    

Jannatga kirganlaridan so'ng esa ko'zlar ko'rmagan, quloqlar eshitmagan, sanab sanog'iga etib bo'lmaydigan ulug' ne'matlar ato qilinadi:

﴿يَٰعِبَادِ لَا خَوۡفٌ عَلَيۡكُمُ ٱلۡيَوۡمَ وَلَآ أَنتُمۡ تَحۡزَنُونَ٦٨ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ بِ‍َٔايَٰتِنَا وَكَانُواْ مُسۡلِمِينَ٦٩ ٱدۡخُلُواْ ٱلۡجَنَّةَ أَنتُمۡ وَأَزۡوَٰجُكُمۡ تُحۡبَرُونَ٧٠ يُطَافُ عَلَيۡهِم بِصِحَافٖ مِّن ذَهَبٖ وَأَكۡوَابٖۖ وَفِيهَا مَا تَشۡتَهِيهِ ٱلۡأَنفُسُ وَتَلَذُّ ٱلۡأَعۡيُنُۖ وَأَنتُمۡ فِيهَا خَٰلِدُونَ٧١ وَتِلۡكَ ٱلۡجَنَّةُ ٱلَّتِيٓ أُورِثۡتُمُوهَا بِمَا كُنتُمۡ تَعۡمَلُونَ٧٢

“(U kunda taqvo ahliga aytilur:) “Ey bandalarim! Bugun sizlarga xavf yo'qdir va sizlar aslo g'am chekmaysiz. (Sizlar dunyoda) oyatlarimizga iymon keltirgan va musulmon bo'lgansiz. O'zingiz ham, xotinlaringiz ham mamnunlik hollaringizda jannatga kiringiz!” Ularga oltin laganlar(da taomlar) va qadahlar(da sharoblar) aylantirilur. U joyda ko'ngillar tilaydigan va ko'zlar lazzatlanadigan (barcha) narsa bordir. Sizlar u joyda (jannatda) mangu qolursiz. Qilib o'tgan amallaringiz uchun sizlarga meros qilib berilgan jannat mana shudir”[11].       

Jannatlarga kirish Alloh taoloning fazlu marhamati bilan bo'lganidek, do'zaxlarga kirish U zotning adolati bilan bo'ladi.

Ushbu bayt: “Yaxshilarga Alloh taoloning fazlu marhamatiga erishishlariga ko'ra ne'mat darajalari bordir. Kofirlarga esa U zotning adolatiga muvofiq tobora azoblarga sho'ng'ish bordir”, ma'nosini anglatadi. Kofirlarning azoblarga sho'ng'ishlari haqida Qur'onda shunday xabar berilgan:  

﴿إِنَّ ٱلۡمُنَٰفِقِينَ فِي ٱلدَّرۡكِ ٱلۡأَسۡفَلِ مِنَ ٱلنَّارِ وَلَن تَجِدَ لَهُمۡ نَصِيرًا١٤٥

“Albatta, munofiqlar do'zaxning eng tubida (bo'lur)lar. Ularga (o'shanda biror) yordamchi topmaysiz”[12]

“Ya'ni munofiqlar jahannam qa'ridagi tabaqadadirlar. Jahannamning etti tabaqasi bor. Ibn Abbos roziyallohu anhu: “Ular (ya'ni munofiqlar) do'zaxning eng ostida bo'ladilar. Chunki ular Islom va uning ahliga istehzo qilib kufr bilan jamlanganlar. Jannatda darajotlar (yuksalishlar) bo'lganidek, do'zaxda darokatlar (azob chuqurlariga sho'ng'ishlar) bordir”, – degan[13].

Jannatlar ko'p bo'lgani kabi do'zaxlar ham ko'p bo'lib, ularning bir-birlaridan qo'rqinchli nomlari Qur'oni karimda bayon qilingan.    

 

Do'zaxning nomlari

Qur'oni karimda quyidagi nomdagi do'zaxlar borligi zikr etilgan:

  1. Jahannam (abadiy jazo diyori).

﴿إِنَّ ٱلَّذِينَ فَتَنُواْ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ وَٱلۡمُؤۡمِنَٰتِ ثُمَّ لَمۡ يَتُوبُواْ فَلَهُمۡ عَذَابُ جَهَنَّمَ وَلَهُمۡ عَذَابُ ٱلۡحَرِيقِ١٠

“Albatta, mo'min va mo'minalarni fitnaga solib, so'ngra tavba qilmagan kimsalarga jahannam azobi va ular uchun o't azobi bordir”[14].   

  1. Lazo (kuchli alanga).

﴿كَلَّآۖ إِنَّهَا لَظَىٰ١٥ نَزَّاعَةٗ لِّلشَّوَىٰ١٦

Yo'q! Axir, u shunday do'zaxdirki, terilarni sidirib oluvchidir”[15].   

  1. Hutama (sindiruvchi, vayron qiluvchi).

﴿كَلَّاۖ لَيُنۢبَذَنَّ فِي ٱلۡحُطَمَةِ٤

“Yo'q! Qasamki, albatta, u “Hutama”ga tashlanur!”[16].     

  1. Sa'iyr (o'ta qizigan).

﴿إِنَّ ٱلشَّيۡطَٰنَ لَكُمۡ عَدُوّٞ فَٱتَّخِذُوهُ عَدُوًّاۚ إِنَّمَا يَدۡعُواْ حِزۡبَهُۥ لِيَكُونُواْ مِنۡ أَصۡحَٰبِ ٱلسَّعِيرِ٦

“Albatta, shayton sizlarga dushmandir, bas, uni dushman tutingiz! U o'z firqasini (o'ziga ergashganlarni) do'zax ahli bo'lishga da'vat qilur”[17].    

  1. Saqar (qattiq kuydirib jizg'anak qiluvchi).

﴿سَأُصۡلِيهِ سَقَرَ٢٦

“Yaqinda Men uni Saqarda (jahannamda) kuydirajakman”[18].   

  1. Jahiym (o'ta issiq olov).

﴿وَإِنَّ ٱلۡفُجَّارَ لَفِي جَحِيمٖ١٤

“Fojirlar (kofirlar) esa do'zaxdadirlar”[19].    

  1. Hoviya (qattiq qizigan o't).

﴿فَأُمُّهُۥ هَاوِيَةٞ٩

 “Bas, uning onasi “hoviya”dir”. U (hoviya)ning qanday ekanini senga nima bildirdi? U qattiq qizigan o'tdir[20].    

Yaxshiga mukofot, yomonga jazo beriladigan qiyomat kunida iymon keltirishdan takabburlik qilganlar ana shunday eng yomon joylarga giriftor bo'ladilar. Jahannamga hukm qilinganlarni azob farishtalari orqalaridan kuch bilan unga itarib boradilar:

﴿يَوۡمَ يُدَعُّونَ إِلَىٰ نَارِ جَهَنَّمَ دَعًّا١٣ هَٰذِهِ ٱلنَّارُ ٱلَّتِي كُنتُم بِهَا تُكَذِّبُونَ١٤ أَفَسِحۡرٌ هَٰذَآ أَمۡ أَنتُمۡ لَا تُبۡصِرُونَ١٥ ٱصۡلَوۡهَا فَٱصۡبِرُوٓاْ أَوۡ لَا تَصۡبِرُواْ سَوَآءٌ عَلَيۡكُمۡۖ إِنَّمَا تُجۡزَوۡنَ مَا كُنتُمۡ تَعۡمَلُونَ١٦

U kunda ular jahannam olovi sari haydalurlar. (Ularga deyilur): Sizlar yolg'on deb yurgan do'zax mana shudir. Qani, bu ham sehrmi yoki sizlar ko'rmayapsizlarmi?! Unda kuyingiz! Endi (uning azobiga) xoh sabr qiling, xoh sabr qilmang – sizlarga barobardir! Sizlar faqat o'zlaringiz qilib o'tgan qilmishlaringiz jazosini olursiz”[21].   

Azob farishtalari kuch bilan do'zaxga itarib borganlaridan so'ng ularga: “Mana bu o'z ko'zlaringiz bilan ko'rib turganlaringiz sizlar yolg'onga chiqargan o't bo'ladi, sehr ekanmi bu, yo dunyoda yaxshilik va iymonni ko'rmaganlaringiz kabi buni ham ko'rmayapsizlarmi, endi chidaysizlarmi, chidamaysizlarmi – baribir qilib yurgan amallaringizning jazosini olasizlar”, – der ekanlar.  

 

Jannat va do'zaxning abadiyligi bayoni

١9- وَلاَ تَفْنَى الْجَحِيمُ وَلاَ الْجِنَانُ      وَلاَ أَهْلُوهُمَا أَهْلُ انْتِقَالِ

 

Ma'nolar tarjimasi:

Do'zax va jannatlar yo'q bo'lib ketmaydi  va ikkalasining ahllari ham ko'chib o'tish ahli bo'lmaydilar.

 

Nazmiy bayoni:

Do'zaxu jannatlar hech fano bo'lmas,

Ularning ahllari ko'chmas va o'lmas.

 

Lug'atlar izohi:

لاَ – nafiy harfi.

تَفْنَى – (yo'q bo'lmoq) ma'nosidagi فَنَاءً masdaridan olingan muzori' fe'li. Shu ma'noda dunyodan ketishi yaqin qolgani e'tiboridan   keksa kishiga ham “shayx foniy” so'zi ishlatiladi.

الْجَحِيمُ – foillikka ko'ra raf bo'lib turibdi. Lug'atda “qattiq qizdirilgan olov” ma'nosini anglatadi.

لاَ – nafiy harfi moziy fe'li bilan qo'llanganda takror kelishi vojib bo'ladi. Muzori' fe'li bilan qo'llanganda esa takror kelishi joiz bo'ladi. Shunga ko'ra bu erda لَا  harfi joizlikka ko'ra takroran kelgan.

الْجِنَانُ – kalimasi جَنَّةُ ning ko'plik shakli bo'lib, الْجَحِيمُ ga atf qilingani uchun raf bo'lib turibdi.

 لاَ  – nafiy harfi. لَا ning ismi izofa bilan ma'rifa bo'lgani sababli  لَيْسَ ning amalini qila olmaydi[22]

أَهْلُوهُمَا – zamir jannat va do'zaxga qaytadi. Oldingi jumlaga atf. 

أَهْلُ – xabar. Ahl kalimasi bu o'rinda “ega” ma'nosini ifodalaydi.

انْتِقَالِ – bu masdar bir makondan ikkinchi makonga ko'chib o'tishga nisbatan ishlatiladi.

 

Matn sharhi:

Jannat va do'zaxga iymon keltirish oxirat kuniga iymon keltirishning bir bo'lagi hisoblanadi. O'shiy rahmatullohi alayhning “Do'zaxu jannatlar hech fano bo'lmas” degan so'zlari, jannat ham, do'zax ham yaratib qo'yilgan, ular hech qachon yo'q bo'lib ketmaydi, ularni  Alloh taolo boqiy qoldiradi, degan ma'nolarni o'z ichiga oladi. Ya'ni Ahli sunna val-jamoaning e'tiqodiga ko'ra, jannat va do'zax hozirda mavjud bo'lib, ular hech qachon yo'q bo'lib ketmaydi.

Bu masalada ham mo''taziliylar kabi adashgan toifalar jannat va do'zaxning hozirda yaratib qo'yilganini inkor qilishib, ularni Alloh taolo qiyomat kunida yaratadi, agar hozirda mavjud bo'lsa, oyati karimalarda xabar berilganidek yo'q bo'lib ketishlari lozim bo'lib qoladi, degan e'tiqodda bo'lishgan. O'zlarining bu so'zlariga  dalillar keltirishgan:     

﴿ كُلُّ شَيۡءٍ هَالِكٌ إِلَّا وَجۡهَهُۥۚ

“Uning “yuzi”dan boshqa barcha narsa halok bo'luvchidir”[23].  

Ya'ni Alloh taolodan boshqa har bir narsa halok bo'luvchidir. Boshqa bir oyatda ham barcha jonzotning foniy bo'lib, faqat Alloh taoloning O'zi boqiy qolishi xabar berilgan:

﴿كُلُّ مَنۡ عَلَيۡهَا فَانٖ٢٦ وَيَبۡقَىٰ وَجۡهُ رَبِّكَ ذُو ٱلۡجَلَٰلِ وَٱلۡإِكۡرَامِ٢٧

(Yer) yuzidagi barcha mavjudot foniydir. Ulug'lik va Ikrom egasi bo'lmish Robbingning “yuzi” boqiy qolur”[24].      

Ushbu oyatlardagi كُلٌ kalimasi عَامٌّ  va جَميِعٌ kabi umumiylikni ifodalovchi kalimalarning eng kuchlisi bo'lib, u cheklanmagan ko'plikka dalolat qiladi. Modomiki bu kalimani mazkur ma'nosidan  boshqa ma'noga o'zgartiruvchi  dalil bo'lmasa, u asl holida turaveradi. Shunga ko'ra jannatu do'zax hozirda yaratib qo'yilgan bo'lganida, ularning ikkalasi ham, ichidagilar ham qiyomat kunidan oldin boshqa maxluqotlar qatori yo'q bo'lib ketishi lozim bo'lib qolardi. Ularning esa abadiy ekani, hech qachon yo'q bo'lmasligi  xabari berilgan. Shuning uchun ham ikkovini Alloh taolo qiyomat kunida abadiy yo'q bo'lmaydigan qilib yaratadi, – deyishgan.

 Ularning bu tushunchalariga qarshi Ahli sunna val-jamoa ulamolari quyidagi dalillarni keltirganlar.  

 

Jannat va do'zaxning yaratib qo'yilganiga dalillar

  1. Qur'onda jannat va do'zax haqida kelgan oyatlarda o'tgan zamonni ifodalovchi so'zlar bilan xabar berilgan:

﴿۞وَسَارِعُوٓاْ إِلَىٰ مَغۡفِرَةٖ مِّن رَّبِّكُمۡ وَجَنَّةٍ عَرۡضُهَا ٱلسَّمَٰوَٰتُ وَٱلۡأَرۡضُ أُعِدَّتۡ لِلۡمُتَّقِينَ١٣٣

“Robbingizdan bo'lgan mag'firatga va kengligi osmonlaru ercha bo'lgan, taqvodorlar uchun tayyorlab qo'yilgan jannatga shoshiling”[25]

Ushbu oyati karimada jannatning tayyor qilib qo'yilganing xabari berilgan.

﴿وَٱتَّقُواْ ٱلنَّارَ ٱلَّتِيٓ أُعِدَّتۡ لِلۡكَٰفِرِينَ١٣١

“Kofirlar uchun tayyorlab qo'yilgan do'zaxdan saqlaningiz!”[26].   

Bu oyati karimada esa do'zaxning tayyorlab qo'yilgani xabar berilgan. Mazkur oyati karimalarda jannat va do'zax haqida  “tayyorlab qo'yilgan” deya o'tgan zamonni ifodalovchi so'z bilan keltirilishi ularning hozirda mavjud ekaniga va tayyorlab qo'yilganiga dalolat qiladi.

  1. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Me'rojda jannat va do'zaxni ko'rganlar. Ko'rilgan narsa esa mavjud bo'lishi hech kimga sir emas.

﴿وَلَقَدۡ رَءَاهُ نَزۡلَةً أُخۡرَىٰ١٣ عِندَ سِدۡرَةِ ٱلۡمُنتَهَىٰ١٤ عِندَهَا جَنَّةُ ٱلۡمَأۡوَىٰٓ١٥

“Qasamki, (Muhammad Jabroilni ilk bor Yerda ko'rgach, yana) ikkinchi bor ko'rdi. “Sidratul-muntaho” daraxti oldida. “Ma'vo bog'i” ham o'sha (daraxt)ning oldidadir”[27].  

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Sidratul muntaho”ga borganlaridan so'ng jannatga kirganlar va uning qanday ekanini tasvirlab berganlar:

ثُمَّ دَخَلْتُ الْجَنَّةَ فَإِذَا فِيهَا جَنَابِذُ اللُّؤْلُؤِ وَإِذَا تُرَابُهَا الْمِسْكُ

“...So'ngra jannatga kirdim, u erda marvarid gumbazlar bor ekan, uning tuprog'i mushk ekan”Buxoriy rivoyat qilgan.

  1. Alloh taolo jannat va do'zaxni yaratganidan so'ng Jabroil alayhissalomni ko'rishga yuborgani haqidagi rivoyat ham ikkisining yaratilib qo'yilganiga dalildir:

عن أَبي هُرَيْرَةَ عن رَسُولِ الله صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ لَمّا خَلَقَ الله الْجَنّةَ وَالنّارَ أَرْسَلَ جِبْرَيلَ إِلَى الجَنّةِ فَقَالَ انْظُرْ إِلَيْهَا وَإِلَى مَا أَعْدَدْتُ لأَهْلِهَا فِيهَا قَالَ فَجَاءَهَا وَنَظَرَ إِلَيْهَا وَإِلَى مَا أَعَدّ الله لأَهْلِهَا فِيهَا قالَ فَرَجَعَ إِلَيْهِ قالَ فَوَعِزّتِكَ لاَ يَسْمَعُ بِهَا أَحَدٌ إِلا دَخَلَهَا فَأَمَرَ بِهَا فَحُفّتْ بِالمَكَارِهِ فَقَالَ ارْجِعْ إِلَيْهَا فَانْظُرْ إِلَيْهَا وَإِلَى مَا أَعْدَدْتُ لأَهْلِهَا فِيهَا قالَ فَرَجَعَ إِلَيْهَا فَإِذَا هِيَ قَدْ حُفّتْ بِالمَكَارِهِ فَرَجَعَ إِلَيْهِ فَقَالَ وَعِزّتِكَ لَقَدْ خِفْتُ أَنْ لاَ يَدْخُلَهَا أَحَدٌ قالَ اذْهَبْ إِلَى النّارِ فَانْظُرْ إِلَيْهَا وَإِلَى مَا أَعْدَدْتُ لأِهْلِهَا فِيهَا فَإِذَا هِيَ يَرْكَبُ بَعْضُهَا بَعْضاً فَرَجَعَ إِلَيْهِ فَقَالَ وَعِزّتِكَ لاَ يَسْمَعُ بِهَا أَحَدٌ فَيَدْخُلُهَا فَأَمَرَ بِهَا فَحُفّتْ بِالشّهَوَاتِ فَقَالَ ارْجَعْ إِلَيْهَا فَرَجَعَ إِلَيْهَا فَقَالَ وَعِزّتِكَ لَقَدْ خَشِيتُ أَنّ لاَ يَنْجُوَ مِنْهَا أَحَدٌ إِلاّ دَخَلَهَا.  رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Alloh taolo jannatni va do'zaxni yaratgan vaqtida Jabroilni jannatga jo'natib: Unga va u erda uning ahli uchun tayyorlab qo'ygan narsalarimga qara”,  – dedi.  U kelib unga va u erda Alloh taolo uning ahli uchun tayyorlab qo'ygan narsalariga qaradi-yu, birdan Allohning huzuriga qaytib: Izzatingga qasam ichib aytamanki, u haqida eshitgan kimsa borki, albatta unga kiradi”,dedi. Allohjannatgaamrqildi, uyoqimsiznarsalarbilano'raldi. AllohtaoloJabroilga: Ungaqaytvauerdauningahliuchuntayyorlabqo'ygannarsalarimgaqara”,dedi. Jabroilungaqaytibkelibqarasa, uyoqimsiznarsalarbilano'ralibdi. UAllohhuzurigaqaytdiva: Izzatinggaqasamichibaytamanki, ungabirorkimsakirolmasakerak,  debxavfsirabqoldim”,dedi. Allohtaolounga: Do'zaxgaborungavauerdauningahliuchuntayyorlabqo'ygannarsalarimgaqara”, dedi. Basuningba'zisiba'zisiningustigachiqibturganedi. UAllohhuzurigaqaytdiva: Izzatinggaqasamichibaytamanki, ungauhaqidaeshitmagankimsaginakirsakerak”,dedi. Allohungaamrqildi, ushahvatlarbilano'raldi. Allohtaolo: Ungaqaytibboribqara”,  –dedi. Jabroilqaytibboribqaradiva: Izzatinggaqasamichibaytamanki, undanbirorkimsanajottopaolmayungakiribketsakerak, debqo'rqibqoldim”,  –dedi”,  –deb aytdilar. “Termiziyrivoyatqilgan”.

Ushbu xabarlar hozirda jannat ham, do'zax ham yaratib qo'yilganiga ochiq-oydin dalillardir. Endi ularning كُلٌ kalimasini o'z ma'nosidan buruvchi dalil bo'lmasa, u asl holida turaveradi, degan so'zlariga quyidagilar bilan javob berilgan: yuqoridagi dalillardan jannat va do'zaxning hozirda mavjud ekanligi sobit bo'ldi. Mavjudligi sobit bo'lgan jannat uchun tugash yo'qligini Alloh taolo shunday xabar bergan:

﴿إِنَّ هَٰذَا لَرِزۡقُنَا مَا لَهُۥ مِن نَّفَادٍ٥٤

“Albatta, bu Bizning (jannat ahliga beradigan) rizqimizdirki, unda tugash bo'lmas”[28]

Jannatdagi ne'matlarning doimiyligi haqida:

﴿۞مَّثَلُ ٱلۡجَنَّةِ ٱلَّتِي وُعِدَ ٱلۡمُتَّقُونَۖ تَجۡرِي مِن تَحۡتِهَا ٱلۡأَنۡهَٰرُۖ أُكُلُهَا دَآئِمٞ وَظِلُّهَاۚ

 “Taqvodorlar uchun va'da qilingan jannatning misoli: uning ostida anhorlar (doimo) joriy, mevalari va soyalari boqiydir”[29].     

Hadisi sharifda jannatdagi ne'matlarning doimiyligi haqida shunday xabar berilgan:

عَنْ أَبِي سَعِيدٍ وَأَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا أنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قال إذَا دَخَلَ أهْلُ الجَنَّةِ الجَنَّةَ يُنَادِي مُنَادٍ إنَّ لَكُمْ أنْ تَحْيَوْا فَلا تَمُوتُوا أَبَداً  إنَّ لَكُمْ أنْ تَصِحُّوا  فلا تَسْقَمُوا أبداً  وإنَّ لَكمْ أنْ تَشِبُّوا فلا تَهْرَمُوا أبداً  وَإنَّ لَكُمْ أَنْ تَنْعَمُوا فَلا تَبْأسُوا أَبَداً. رَوَاهُ مُسْلِمٌ

Abu Said va Abu Hurayra roziyallohu anhumolardan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qachon jannat ahli jannatga kirsalar, bir nido qilguvchi: “Albatta, yashashlaringiz sizlarga, hech qachon o'lmaysizlar, albatta, sog'lom bo'lishlaringiz sizlarga, hech qachon kasal bo'lmaysizlar, albatta, yosh bo'lishlaringiz sizlarga, hech qachon qarimaysizlar, albatta, huzur-halovatda yashamoqlaringiz sizlarga, hech qachon baxtsiz bo'lmaysizlar”, – deya nido qiladi”, – dedilar”. Imom Muslim rivoyat qilgan.     

Jannatdagi ne'matlar abadiy bo'lganidek, do'zaxdagi azoblar ham abadiyligi haqida shunday xabar berilgan:

﴿إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ مِنۡ أَهۡلِ ٱلۡكِتَٰبِ وَٱلۡمُشۡرِكِينَ فِي نَارِ جَهَنَّمَ خَٰلِدِينَ فِيهَآۚ أُوْلَٰٓئِكَ هُمۡ شَرُّ ٱلۡبَرِيَّةِ٦

Albatta, ahlikitobvamushriklardanbo'lgankufrkeltirganlarjahannamo'tidadirlar, uerdaabadiyqolurlar. Undaylarxaloyiqningengyomonidirlar[30].  

Hulosa qilib aytganda, jannat ham, do'zax ham hozirda mavjud, ular hech qachon yo'q bo'lib ketmaydi.

Ulamolar yaratilgan narsalarni yo'q bo'lish yo bo'lmasligi jihatidan ikkiga ajratganlar:

  1. Avvali ham, oxiri ham bor narsalar. Bunga dunyo va undagi narsalar kiradi;
  2. Avvali bor, oxiri yo'q narsalar. Bunga jannat, do'zax va ulardagi narsalar kiradi.

Demak, jannat va do'zax Alloh taoloning yo'qdan bor qilishi bilan vujudga kelgan bo'lsa, xuddi shunday Alloh taoloning yo'q qilib yubormasligi bilan doimiy bor bo'lib turadi.

 

KYeYINGI MAVZULAR:

JANNATDA ALLOH TAOLONI KO'RISh BAYoNI.

JANNATDAGI ENG OLIY NYe_''MAT.

ALLOH ADOLATLI VA RAHMATLI ZOTDIR.

 

[1] Haj surasi, 23-oyat.

[2] Muhaqqiqlar guruhi. Tuhfatul aoliy. – Misr: “Axtar bosmaxonasi”, 1887. – B. 40.

[3] Kahf surasi, 107-oyat.

[4] Nahl surasi, 31-oyat.

[5] Qalam surasi, 34-oyat.

[6] Furqon surasi, 15-oyat.

[7] Sajda surasi, 19-oyat.

[8] An'om surasi, 127-oyat.

[9] Fotir surasi, 35-oyat.

[10] Zumar surasi, 73-oyat.

[11] Zuxruf surasi,  68, 72-oyatlar.

[12] Niso surasi, 145-oyat.

[13] Muhammad Ali Sobuniy. Sofvatut-tafosir 1-jild. –  Bayrut-Lubnan: “Maktabatul Asriya”, 2009. – B. 264.

 

[14] Buruj surasi, 10-oyat. 

[15] Ma'orij surasi, 15, 16-oyatlar.

[16] Humaza surasi, 4-oyat. 

[17] Fotir surasi, 6-oyat.

[18] Muddassir surasi, 26-oyat.

[19] Infitor surasi, 14-oyat.

[20] Qori'a surasi, 9-oyat.

[21] Tur surasi, 13, 16-oyatlar.

[22] لَا harfi ba'zi o'rinlarda لَيْسَ ning amalini, ya'ni mubtadoni raf, xabarni nasb qiladi. Bunda quyidagi shartlar topilishi kerak:

– لا ning ismi ham xabari ham nakra bo'lishi kerak. Masalan, لَا تِلْمِيذٌمُقَصِّرًامِنْهَؤُلاَءِالتَّلَامِيذِ

– لا bilan ismi orasi boshqa biror kalima bilan ajralib qolmasligi kerak. Faqt zarf va jor majrurning orani ajratishi mustasno hisoblanadi. Masalan, لَا عَلَيْكَرَجُلٌشاهدًا

– لا ning nafiysi إِلاَّ bilan bekor qilinmasligi kerak. Agar  إِلاَّbilan bekor qilinsa, لَا harfi  لَيْسَning amalini qila olmaydi. Masalan, لَا تِلْمِيذٌإلاَّأَفْضَلُمِنْزُهيرٍ

– لا dan keyin إِنْ kelmasligi kerak. Agar orqasidan إِنْ kelsa, لَا  harfi  لَيْسَning amalini qila olmaydi. Masalan, لَا إنْ تِلْمِيذٌ مُتَقَاعِسٌ

– لَا harfi takror kelmasligi kerak. Agar takror kelsa, لَا  harfi لَيْسَ ning amalini qila olmaydi. Masalan, لَا لَاتِلميذٌكَسُولٌ

[23] Qasos surasi, 88-oyat.

[24] Ar-Rohman surasi, 26, 27-oyatlar.

[25] Oli Imron surasi, 133-oyat.

[26] Oli Imron surasi, 131-oyat.

[27] Najm surasi, 13, 15-oyatlar.

[28] Sod surasi, 54-oyat.

[29] Ra'd surasi, 35-oyat.

[30] Bayyina surasi, 6-oyat.

Kutubxona
Boshqa maqolalar
Maqolalar

“TAKFIR” – MUSULMON JAMIYATINI ICHIDAN YEMIRUVCHI FITNA

11.08.2026   5191   10 min.
“TAKFIR” – MUSULMON JAMIYATINI ICHIDAN YEMIRUVCHI FITNA

Ayrim ilmsiz yoshlar eng nozik va qaltis masalalarni ko‘tarib, musulmonlar birligiga raxna solish bilan shug‘ullanmoqda. Dinda g‘uluvga ketib, g‘ayridinlar haqidagi oyat va hadislarni noto‘g‘ri talqin qilgan holda ularni musulmonlarni kofirga chiqarishga qurol qilmoqdalar. Bu juda ham xatarli va qaltis yo‘l. Bu yo‘lda ko‘pchilik toyilib, adashib ketgan. Shunday pallada yoshlarni xatarlardan ogoh etish har bir ziyoli, ma’rifatparvar insonning birlamchi vazifalari sirasiga kiradi.

“Takfir” tushunchasi “birovni kofirga chiqarish”, “kofir deb hisoblash” ma’nolarini anglatadi. Shariatimizda musulmon kishini aniq hujjat bo‘lmasdan “kofir” deb hukm qilish o‘ta xatarli bo‘lib, aslo mumkin emas.

Alloh taolo Qur’oni karimda bunday degan:

﴿ولا تَقُولُوا لِمَنْ أَلْقَى إِلَيْكُمُ السَّلامَ لَسْتَ مُؤْمِناً﴾

“...Sizga salom bergan kimsaga mo‘min emassan, demanglar” (Niso surasi, 94-oyat).

Demak, Alloh taolo bu oyati karimada shoshmashosharlik bilan birovning mo‘min emasligi haqida hukm chiqarishdan qaytarmoqda.

Shariatda musulmon insonni uning musulmon ekaniga qarshi dalil topilmagunicha musulmon deb hukm qilinadi. Mo‘min kishi iymon asoslarini ochiq inkor etishi yoki kufr kalimasini bilib turib, o‘zi xohlab talaffuz qilishi, Islomdagi qat’iy farz qilingan amallardan birini inkor qilishi yoki din shiorlaridan birini masxara qilishi bilan dindan chiqadi. Shunda ham darhol uning kofirligiga hukm chiqarilmaydi. Balki bu shar’iy masala bo‘lib, muftiy va qozilarning ishidir.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam “Laa ilaha illalloh, Muhammadur Rasululloh” deb turgan shaxsni kofirga chiqarish xatarini bir qancha hadislarida bayon qilganlar. Jumladan, Rasuli akram alayhissalom bunday dedilar:

‏ثَلاَثَةٌ مِنْ أَصْلِ الإِيمَانِ:‏ الْكَفُّ عَمَّنْ قَالَ لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللَّهُ وَلاَ نُكَفِّرُهُ بِذَنْبٍ وَلاَ نُخْرِجُهُ مِنَ الإِسْلاَمِ بِعَمَلٍ.

«Uch narsa iymonning aslidandir. “Laa ilaha illalloh” degan kimsaga tegmaslik, uni gunohi tufayli “kofir” demaymiz, amali tufayli Islomdan chiqarmaymiz» (Imom Abu Dovud rivoyati).

Ushbu hadisi sharifda musulmon kishi boshqa dindoshiga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishi borasida aniq hukm berilmoqda. Ya’ni haqiqiy mo‘min boshqa birodarini gunohi tufayli kofirga chiqarmasligi, qilgan amali sababli unga “mo‘min emas” degan so‘zni aytmaslik lozimligi uqtirilmoqda.

Yana bir hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar:

وَمَنْ قَذَفَ مُؤْمِناً بِكُفْرٍ فَهُوَ كَقَتْلِهِ.

“Kim mo‘min kishini kofirga chiqarsa, uni o‘ldirgandek (gunohkor) bo‘ladi” (Imom Buxoriy rivoyati).

Ushbu hadisga sharh yozgan ulamolarimiz: «Musulmonni o‘ldirgan qotil qancha gunoh olsa, musulmon insonni “kofir” deb hukm qilgan kimsa ham xuddi shunday gunohkor bo‘ladi», deganlar. Vaholanki, musulmonni o‘ldirish qanday gunoh ekani haqida Alloh taolo bunday marhamat qilgan:

﴿وَمَنْ يَقْتُلْ مُؤْمِنًا مُتَعَمِّدًا فَجَزَاؤُهُ جَهَنَّمُ خَالِدًا فِيهَا وَغَضِبَ اللَّهُ عَلَيْهِ وَلَعَنَهُ وَأَعَدَّ لَهُ عَذَابًا عَظِيمًا﴾

“Kim bir mo‘minni qasdan o‘ldirsa, uning jazosi jahannamdir. Unda abadiy qolur. Unga Allohning g‘azabi va la’nati yog‘ilur. Va Alloh unga ulkan azobni tayyorlagandir” (Niso surasi, 93-oyat).

Kofirga chiqarishning xatari haqidagi mashhur hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar:

أَيُّمَا امْرِئٍ قَالَ لأَخِيهِ: يَا كَافِر فَقَدْ بَاءَ بِهَا أَحَدُهُمَا إِنْ كَانَ كَمَا قَالَ وَإِلا رَجَعَتْ عَلَيْهِ.

«Agar kishi o‘z birodariga: “Ey kofir” desa, ikkisidan biri kofir bo‘ladi. Agar birodari haqiqatan ham kofir bo‘lsa, to‘g‘ri aytgan bo‘ladi, aks holda bu gapi kofir deguvchini o‘ziga qaytadi» (Imom Muslim rivoyati).

Shu ma’nodagi hadislarni yana ko‘plab keltirish mumkin. Ularning barchasida inson boshqa musulmonlarni kofirga chiqarishga shoshmasligi, ayblangan shaxs u aytganidek bo‘lmasa, o‘zi o‘sha sifatga doxil bo‘lib qolishi ta’kidlangan.

Rasulullohning ta’limlarini olgan sahobai kiromlar va ulardan keyingi ulamolarimiz ham musulmonni “kofir” deyishdan qattiq hazir bo‘lganlar. Chunki ular bu ishda katta gunoh borligi va bu gap o‘ziga qaytib qolishidan xabardor edilar.

Islom tarixidan ma’lumki, musulmonni gunohi sababli “kofir” deyishga birinchi bo‘lib jur’at etganlar xavorij firqasi bo‘ldi. Ular: “Mo‘min kishi gunoh ish qilsa, kofir bo‘ladi, Islomdan chiqadi”, dedi. Bora-bora xavorijlarning musulmonlarni kofirga chiqarishdan boshqa qiladigan ishlari qolmadi. Ularning shariatga zid bu ishlari musulmonlar orasida ixtilof va ziddiyatlarni chiqarib, qirg‘inbarot urushlarga, musulmonlarning qonlari to‘kilishiga olib keldi. Ulamolarimiz xavorijlarchalik Islomga katta zarar yetkazgan firqa bo‘lmaganini ta’kidlaydilar.

Afsuski, hozirgi kunda ham xavorijlarning g‘oyaviy izdoshlari chiqib turibdi. Zamonamiz xavorijlari ham qadimgi maslakdoshlaridan “o‘rnak” olib, fitna-fasod qilmoqdalar. Bularning ham, o‘tmishdagi maslakdoshlari kabi, musulmonlarni ayblashdan boshqa “g‘am”lari yo‘q. Bular iloji boricha ko‘proq musulmonni gunohi sababli kofirga chiqarishni o‘zlarining bosh vazifalari deb biladilar.

Ayni paytda bular ijtimoiy tarmoqlardan foydalangan holda davlat rahbarlaridan boshlab, o‘zlariga hamfikr bo‘lmagan har bir musulmonni osongina kofirga chiqaradilar. Ularning soxta fatvolarida hozirda musulmonman deb yurganlarning ko‘pchiligi mushrik va kofir bo‘lib ketgan, deyiladi (Alloh asrasin!). Ularning bu soxta “fatvosi”ning puch ekaniga Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning yuqorida zikri kelgan hadislaridagi: “Musulmonni gunohi tufayli kofir demaymiz”, degan qoidaning o‘zi kifoya qiladi.

Boshqa bir hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Kim biz o‘qigan namozni o‘qisa, qiblamizga yuzlansa, biz so‘ygan narsalardan yesa, u musulmondir. Bizga nima huquq bo‘lsa, unga ham shu huquq va bizga nima majburiyat bo‘lsa, unga ham shu narsa majburiyatdir” (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

Mashhur sahoba Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan bu masala borasida so‘raldi: «“Gunohlardan birortasini kufr, shirk yoki nifoq deb bilarmidinglar? U: “Alloh saqlasin! Biz gunoh qilgan kishini gunohkor mo‘min deb bilamiz”, dedi» (“Majma’uz zavoid va manbaul favoid”).

Ahli sunna val jamoa e’tiqodiga ko‘ra, barcha ulamolar bir ovozdan harom ish qilgan kishi, modomiki uni halol sanamas ekan, kofirga chiqarilmaydi, balki fosiq, gunohkor bo‘ladi, deydilar.

Qolaversa, mazhabboshimiz Imomi A’zam rahmatullohi alayh “Fiqhul akbar” kitobida bunday degan:

وَلاَ نُكَفِّرُ مُسْلِمًا بِذَنْبٍ مِنَ الذُّنُوبِ وَاِنْ كَانَتْ كَبِيْرَةً اِذَا لَمْ يَسْتَحِلَّهَا.

“Musulmon kishi katta gunohlardan birini qilsa ham, modomiki o‘shani halol sanamasa, kofirga chiqarmaymiz”.

Buyuk muhaddis olim Abu Ja’far Tahoviy Hanafiy “Aqidatu-Tahoviya” asarida bunday deganlar: “Qibla ahllarining birontasini gunohi sababli, modomiki uni halol sanamas ekan, kofirga chiqarmaymiz”.

Bu masalada Mulla Ali Qoriy rahmatullohi alayh bunday deganlar:

قَالَ عُلَمَاؤُنَا: إِذَا وُجِدَ تِسْعَةٌ وَتِسْعُونَ وَجْهًا تُشِيْرُ إِلَى تَكْفِيْرِ مُسْلِمٍ وَوَجْهٌ وَاحِدٌ إِلَى إِبْقَائِهِ عَلَى إِسْلاَمِهِ

فَيَنْبَغِي لِلْمُفْتِي وَالْقَاضِي أَنْ يَعْمَلاَ بِذَلِكَ الْوَجْهِ.

Ulamolarimiz aytadilar: “Agar (biror so‘z yoki ish ustida) musulmonni kofir deyishga dalolat qiladigan to‘qson to‘qqizta dalil bo‘lsa-yu, musulmon deb bilishga dalolat qiluvchi birgina dalil bo‘lsa, muftiy va qozilar uchun o‘sha bitta dalilni olish lozim bo‘ladi” (“Sharhush shifo”).

Ammo hozirgi kundagi adashgan kimsalar bu masalada: “Mo‘min deyish uchun to‘qson to‘qqizta dalil bo‘lsa-yu, kofir deyish uchun birgina dalil bo‘lsa, to‘qson to‘qqiztasini chetga surib qo‘yib, o‘sha bir dalilni olish kerak”, deyishgacha borib yetdilar. Bu esa barcha ahli sunna ulamolarimizning tutgan yo‘llariga butunlay ziddir.

Hozirgi kundagi musulmonlarni kofirga chiqaruvchilarning asosiy xatolari – dinni puxta bilmaslik, oyat-hadislarni yengil-yelpi tushunish, mo‘tabar mujtahid ulamolar, mufassirlar va hadislarga sharh yozgan buyuk olimlarning so‘zlarini bilmasliklari yoki bilsalar ham, e’tiborga olmasliklaridir. Misol uchun ayrim johil toifalar

﴿فَاذْكُرُونِي أَذْكُرْكُمْ وَاشْكُرُوا لِي وَلَا تَكْفُرُونِ﴾

“Bas, Meni eslangiz, sizni eslarman. Va Menga shukr qilingiz, kufr qilmangiz” (Baqara surasi, 152) oyatidagi وَلَا تَكْفُرُونِ degan joyini “Menga kofir bo‘lmanglar” deb tafsir qilishadi. Ya’ni, gapni kofirlikka buradilar.

Vaholanki, biror mufassir bu so‘zni “kufr” deb tafsir qilmagan, balki, “noshukrlik” deb tafsir qilganlar. Masalan, Imom Qurtubiy buni shunday tafsir qilgan: فَالْكُفْرُ هُنَا سَتْرُ النِّعْمَةِ ya’ni, “bu joydagi “kufr” so‘zi Alloh bergan ne’matni yashirish – noshukrlik qilishdir”, degan.

Bunday misollarni Qur’oni karim va hadisi shariflardan ko‘plab keltirish mumkin.

Shunday ekan, Qur’oni karimda yoki hadisi shariflarda “kufr” so‘zi yoki unga o‘zakdosh kalimalar kelganda, undan faqat kofirlik nazarda tutilgan deb tushunmasdan, balki mo‘tabar mufassir va muhaddis ulamolarimizning tafsir va sharhlariga qarab xulosa chiqarishimiz shart bo‘ladi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, musulmonni kofirga chiqarishga hech kimning haqqi yo‘q. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam, sahobai kiromlar, tobeinlar va ularga ergashgan ulamolarimiz gunohkor musulmonlarni murtad yoki kofirga chiqarmaganlar.

Shunday ekan, musulmon shaxs o‘zini sunnatga hamda salafi solihlar yo‘liga ergashishini da’vo qilar ekan ularning yo‘lini mahkam tutishi lozim.

 

O‘tkirbek Sobirov

O‘zbekiston musulmonlari idorasi mas’ul xodimi

Toshkent islom instituti o‘qituvchisi

MAQOLA