OZ-OZ O'RGANIB
DONO BO'LUR...
* * *
ZahiruddinMuhammad Bobur
xazinalari
* * *
MUBAYYaN VA
NASRIY BAYoNI
* * *
IYMON-E_''TIQOD KITOBI
* * *
NAZM
Bir kecha Tengrining inoyatidin,
Fazl ila lutfi benihoyatidin,
Ummu Honiy uyida erdi Rasul,
Jabroil osmondin etti nuzul;
Jabroil oldida Buroq chekib,
Markab erdi Buroqu ul – rokib;
Makkadin keldi Bayti Maqdisqa,
Sen bu yo'lni sog'inmag'il qisqa.
Bordi andin, falakka mayl etti,
Yetti ko'kka o'shal zamon etti.
Anbiyo birla muxtalit bo'ldi,
Nuridin javfi osmon to'ldi.
Ko'rdi do'zaxni, bihishtni ham,
Yaxshi af'olu badsirishtni ham.
NASRIY BAYoN
Me'roj sifatining bayoni
Bir kecha Alloh ta'oloning inoyati va benihoyat fazlu karami va lutfi – iltifoti bo'lib, hazrati Rasululloh alayhissalom (hazrati Ali roziyallohu anhuning opalari, Abu Tolibning qizlari bo'lmish) Ummu Honiyning uylarida yotgan edilar; shunda (farishtalarning ulug'i) Jabroil alayhissalom osmondan tushib keldilar; Jabroil alayhissalom yonlarida Buroqni ushlab turar edilar. Shunda Buroq (uchqur ot) markab, ya'ni ulov bo'ldi va ul zot (Muhammad alayhissalom) rokib – suvoriy bo'ldilar.
Makkai mukarramadan Bayti Maqdisga (Masjidi Aqsoga) keldilar, sen bu yo'lni qisqa deb gumon qilma.
IZOH. Bu haqiqat Qur'oni karimda bayon etildi; Isro surasi, 1-oyati ma'nosi:
“O'z bandasi (Muhammad alayhissalom)ni (jasadi ila) kechasi Masjidi Haromdan Biz atrofini barakotli qilib qo'ygan Masjidi Aqsoga olib borgan Zot (Alloh) shoni yuksak (va har turli nuqsonlardan pok)dir. (Buni) unga oyatlarimizdan bir qismini ko'rsatmog'imiz uchun (qildik). Shubhasiz, Uning O'zi haqqoniy eshitguvchi, ko'rguvchidir” (Isro surasi, 1-oyat).
(Nasriy bayon.) Keyin u joydan ketib, osmon olamiga mayl etdilar. Shu lahzada etti qavat osmonga etdilar. (U osmonlarning har birida) payg'ambarlar bilan muloqot qilib, ko'rishib, suhbatdosh bo'ldilar. Butun osmon ichi Ul zot (sollallohu alayhi va sallam)ning nurlaridan to'ldi. Shunda u zotga do'zax ham, jannat ham ko'rsatildi, (jannatdagi) yaxshi fe'lli (solih amallar qilgan) kishilarni ham, yomon xulqli (qilmishi bad) kimsalarni ham ko'rdilar.
IZOH. Me'roj voqeasi ulug' bir mo''jiza bo'lib, insonning aqliy mantiqi hududidan tashqaridadir. Buning haqiqat ekanligi Qur'oni karim oyatlari va eng sahih Hadisi shariflar bilan sobitdir.
“Sahihi Buxoriy”dan; Hazrati Anas (ibn Molik roziyallohu anhu): “Ul zot (Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam) osmonlar olamida hazrati Odam (alayhissalom)ni, hazrati Idris, hazrati Muso, hazrati Iyso, hazrati Ibrohim (solavotullohi alayhim hazratlari)ni ko'rdilar”, deb aytdilar. Lekin ularning qaysi manzillarda (qaysi osmonlarda) ekanlarini aniq eslamadilar. Faqat ul Janob Odam alayhissalomni birinchi osmonda va Ibrohim alayhissalomni oltinchi osmonda ko'rganlarini aytdilar, xolos”.
Hazrati Anas (roziyallohu anhu) dedilar: “Hazrati Jabroil alayhissalom janob Payg'ambar sollallohu alayhi va sallamni hazrati Idris (alayhissalom)ning yonlaridan olib o'tayotganlarida, u kishi: “Marhabo (xush kelibsiz), ey solih Payg'ambar, ey solih birodar!” – dedilar. (Janob Rasululloh alayhissalom aytdilar:) shunda: “Bu kishi kim?” – dedim. (Hazrati Jabroil:) “Bu kishi Idris (alayhissalom)”, dedilar. Keyin (Jabroil) meni hazrati Muso alayhissalomning yonlaridan olib o'tdilar. U kishi: “Marhabo, ey solih Payg'ambar, ey solih birodar!” – dedilar. Shunda: “Bu kishi kim?” – dedim. (Hazrati Jabroil:) “Bu kishi Muso (alayhissalom)”, dedilar. Keyin (Jabroil) meni hazrati Iyso alayhissalomning yonlaridan olib o'tdilar. U kishi: “Marhabo, ey solih Payg'ambar, ey solih birodar!” – dedilar. Shunda: “Bu kishi kim?” – dedim. (Hazrati Jabroil:) “Bu kishi Iyso (alayhissalom)”, dedilar. Keyin (Jabroil) meni hazrati Ibrohim alayhissalomning yonlaridan olib o'tdilar. U kishi: “Marhabo, ey solih Payg'ambar, ey solih birodar!” – dedilar. Shunda: “Bu kishi kim?” – dedim. (Hazrati Jabroil:) “Bu kishi Ibrohim (alayhissalom)”, dedilar”.
Nasriy bayon va sharh muallifi:
Mirzo KYeNJABYeK
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Islom da’vati Makkada boshlangan davrlarda, Umayma binti Xalaf ibn As’ad ibn O’mir ibn Bayoza’ al-Xuzoiyya — iymon nurini qalbida tuygan ilk ayollardan biri edi. Uning qalbi iymonga ochiq, haqiqatni e’tirof qilishga tayyor edi. Turmush o‘rtog‘i – Xolid ibn Said ibn Os bir kecha ajib tush ko‘radi: o‘zini ulkan va dahshatli olov chetida turganini, otasi uni o‘sha olovga tashlayotganini ko‘radi, lekin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa uni ushlab, olovdan qutqarayotgan ekan.
Uyg‘onib, bu tushni Abu Bakr roziyallohu anhuga aytdi. U kishi unga: “Bu yaxshilikning alomati. Sen Muhammad sollallohu alayhi vasallamga ergash, u seni jahannamdan qutqaradi”, dedilar. Xolid shunda Islomni qabul qildi va bu haqda rafiqasi Umaymaga aytdi. U ham, hech ikkillanmasdan, Islomni qabul qildi. Shu tariqa ular birinchi musulmon juftliklardan biriga aylandi.
Xolidning otasi uning musulmon bo‘lganini eshitgach, jahl qilib, uni chaqirtirdi. Uni haqoratladi, kaltakladi va uydan haydadi. “Men seni taom bilan ta’minlamayman!” dedi. Xolid esa qat’iyat bilan: “Agar siz bermasangiz, Robbim menga rizq beradi” – deb javob berdi. Shu zahoti uydan haydaldi va borib Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yonida bo‘ldi.
Umayma turmush o‘rtog‘iga sodiqlik bilan yordamchi bo‘ldi. U zulm, qiyinchilik va kambag‘allikka sabr qildi. Sabr va imon uning qalbida mustahkam ildiz otgan edi.
Nihoyat, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarga Habashistonga hijrat qilishni buyurganlarida, Xolid va Umayma ilk hijrat qilganlardan bo‘lishdi. Ular Habashistonda farzandli ham bo‘lishdi: o‘g‘illari – Said ibn Xolid va qizlari – Umma binti Xolid. Qizi keyinchalik “Ummu Xolid” nomi bilan mashhur bo‘ldi.
Ular Habashistonda o‘n yildan ziyod vaqt musofirlikda yashashdi. Keyinchalik Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Amr ibn Umayyani yuborib, ularni ikki kema bilan qaytardilar. Ular Madinaga qaytib kelganida, Payg‘ambarimiz alayhissalom Xaybarni fath qilgan edilar. Ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va musulmonlar bilan uchrashib, ajib shodlik va taskinga erishdilar.
Xolid ibn Said Umar ibn Xattob xalifaligi davrida hayot kechirdi va u “Marj as-Safar” jangida, hijriy 14 sanada shahid bo‘ldi. Bu xabarni eshitgan Umayma onamiz bu musibatiga sabr qildi, yuragi og‘riqda bo‘lsa ham, imoni bilan tasalli topdi. Chunki, Xolidni o‘ldirgan odam keyin Islomni qabul qilib: “Bu kim edi?. Undan osmonga chiqayotgan nurni ko‘rdim!” - degan edi.
Umayma binti Xalaf – sabrli, muhojir, mo‘min ayolning yuksak namunasidir. U umr yo‘ldoshini islom dinida qo‘llab-quvvatladi, hayotining quvonch va tashvishli lahzalarini birga o‘tkazdi va islom tarixida buyuk iz qoldirdi.
Ilyosxon AHMЕDOV
tayyorladi.
Mazkur maqola Abu Malik Muhammad bin Homid bin Abdulvahhobning
“Soliha ayollar haqida 150 qissa” nomli asaridan tarjima qilindi.