Sayt test holatida ishlamoqda!
17 May, 2025   |   19 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:27
Quyosh
05:03
Peshin
12:24
Asr
17:26
Shom
19:40
Xufton
21:10
Bismillah
17 May, 2025, 19 Zulqa`da, 1446

MUBAYYaN VA NASRIY BAYoNI: Ishorat me'roj sifatig'a (Yigirma uchinchi mavzu)

12.12.2020   1893   6 min.
MUBAYYaN VA NASRIY BAYoNI: Ishorat me'roj sifatig'a (Yigirma uchinchi mavzu)

OZ-OZ O'RGANIB

DONO BO'LUR...

*   *   *

ZahiruddinMuhammad Bobur

xazinalari

*   *   *

MUBAYYaN VA

NASRIY BAYoNI

*   *   *

IYMON-E_''TIQOD  KITOBI

*   *   *

NAZM

 

Bir kecha Tengrining inoyatidin,

Fazl ila lutfi benihoyatidin,

Ummu Honiy uyida erdi Rasul,

Jabroil osmondin etti nuzul;

Jabroil oldida Buroq chekib,

Markab erdi Buroqu ul – rokib;

Makkadin keldi Bayti Maqdisqa,

Sen bu yo'lni sog'inmag'il qisqa.

Bordi andin, falakka mayl etti,

Yetti ko'kka o'shal zamon etti.

Anbiyo birla muxtalit bo'ldi,

Nuridin javfi osmon to'ldi.

Ko'rdi do'zaxni, bihishtni ham,

Yaxshi af'olu badsirishtni ham.

 

NASRIY BAYoN

Me'roj sifatining bayoni

 

Bir kecha Alloh ta'oloning inoyati va benihoyat fazlu karami va lutfi – iltifoti bo'lib, hazrati Rasululloh alayhissalom (hazrati Ali roziyallohu anhuning opalari, Abu Tolibning qizlari bo'lmish) Ummu Honiyning uylarida yotgan edilar; shunda (farishtalarning ulug'i) Jabroil alayhissalom osmondan tushib keldilar; Jabroil alayhissalom yonlarida Buroqni ushlab turar edilar. Shunda Buroq (uchqur ot) markab, ya'ni ulov bo'ldi va ul zot (Muhammad alayhissalom) rokib – suvoriy bo'ldilar.

Makkai mukarramadan Bayti Maqdisga (Masjidi Aqsoga) keldilar, sen bu yo'lni qisqa deb gumon qilma.

 

IZOH. Bu haqiqat Qur'oni karimda bayon etildi; Isro surasi, 1-oyati ma'nosi:

O'z bandasi (Muhammad alayhissalom)ni (jasadi ila) kechasi Masjidi Haromdan Biz atrofini barakotli qilib qo'ygan Masjidi Aqsoga olib borgan Zot (Alloh) shoni yuksak (va har turli nuqsonlardan pok)dir. (Buni) unga oyatlarimizdan bir qismini ko'rsatmog'imiz uchun (qildik). Shubhasiz, Uning O'zi haqqoniy eshitguvchi, ko'rguvchidir” (Isro surasi, 1-oyat).

 

(Nasriy bayon.) Keyin u joydan ketib, osmon olamiga mayl etdilar. Shu lahzada etti qavat osmonga etdilar. (U osmonlarning har birida) payg'ambarlar bilan muloqot qilib, ko'rishib, suhbatdosh bo'ldilar. Butun osmon ichi Ul zot (sollallohu alayhi va sallam)ning nurlaridan to'ldi. Shunda  u  zotga  do'zax  ham,  jannat  ham  ko'rsatildi,  (jannatdagi) yaxshi fe'lli (solih amallar qilgan) kishilarni ham, yomon xulqli (qilmishi bad) kimsalarni ham ko'rdilar.

 

IZOH. Me'roj voqeasi ulug' bir mo''jiza bo'lib, insonning aqliy mantiqi hududidan tashqaridadir. Buning haqiqat ekanligi Qur'oni karim oyatlari va eng sahih Hadisi shariflar bilan sobitdir.

“Sahihi Buxoriy”dan; Hazrati Anas (ibn Molik roziyallohu anhu): “Ul zot (Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam) osmonlar olamida hazrati Odam (alayhissalom)ni, hazrati Idris, hazrati Muso, hazrati Iyso, hazrati Ibrohim (solavotullohi alayhim hazratlari)ni  ko'rdilar”, deb aytdilar. Lekin ularning qaysi manzillarda (qaysi osmonlarda) ekanlarini aniq eslamadilar. Faqat ul Janob Odam alayhissalomni birinchi osmonda va Ibrohim alayhissalomni oltinchi osmonda ko'rganlarini aytdilar, xolos”.

 

Hazrati Anas (roziyallohu anhu) dedilar: “Hazrati Jabroil alayhissalom janob Payg'ambar sollallohu alayhi va sallamni hazrati Idris (alayhissalom)ning yonlaridan olib o'tayotganlarida, u kishi: “Marhabo (xush kelibsiz), ey solih Payg'ambar, ey solih birodar!” – dedilar. (Janob Rasululloh alayhissalom aytdilar:) shunda: “Bu kishi kim?” – dedim. (Hazrati Jabroil:) “Bu kishi Idris (alayhissalom)”, dedilar. Keyin (Jabroil) meni hazrati Muso alayhissalomning yonlaridan olib o'tdilar. U kishi: “Marhabo, ey solih Payg'ambar, ey solih birodar!” – dedilar. Shunda: “Bu kishi kim?” – dedim. (Hazrati Jabroil:) “Bu kishi Muso (alayhissalom)”, dedilar. Keyin (Jabroil) meni hazrati Iyso alayhissalomning yonlaridan olib o'tdilar. U kishi: “Marhabo, ey solih Payg'ambar, ey solih birodar!” – dedilar. Shunda: “Bu kishi kim?” – dedim. (Hazrati Jabroil:) “Bu kishi Iyso (alayhissalom)”, dedilar. Keyin (Jabroil) meni hazrati Ibrohim alayhissalomning yonlaridan olib o'tdilar. U kishi: “Marhabo, ey solih Payg'ambar, ey solih birodar!” – dedilar. Shunda: “Bu kishi kim?” – dedim. (Hazrati Jabroil:) “Bu kishi Ibrohim (alayhissalom)”, dedilar”.

 

Nasriy bayon va sharh muallifi:

Mirzo KYeNJABYeK

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Jizzaxlik ziyoratchilar Haj safariga qanday kuzatildi?

16.05.2025   1330   1 min.
Jizzaxlik ziyoratchilar Haj safariga qanday kuzatildi?

Shu yil, 14 may kuni Jizzax viloyatidan “Haj – 2025” mavsumining ilk ziyoratchilari Jizzax shahridagi “Qaliya” masjididan jo‘nab ketishdi. Haj sari qadam qo‘yayotgan hamyurtlarimizning ko‘zlarida quvonch, tillarida shukronalik. 


Allohning farz ibodatini ado etishga otlangan muhtaram yurtdoshim Alloh taolo yurtimiz, xalqimiz haqqiga qiladigan barcha duolaringizni qabul etsin. Duolaringizda bizni ham unutmang!


Hajingiz mabrur, sa’yingiz mashkur va gunohingiz mag‘fur bo‘lsin!

Jizzax viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Jizzaxlik ziyoratchilar Haj safariga qanday kuzatildi? Jizzaxlik ziyoratchilar Haj safariga qanday kuzatildi? Jizzaxlik ziyoratchilar Haj safariga qanday kuzatildi? Jizzaxlik ziyoratchilar Haj safariga qanday kuzatildi? Jizzaxlik ziyoratchilar Haj safariga qanday kuzatildi? Jizzaxlik ziyoratchilar Haj safariga qanday kuzatildi? Jizzaxlik ziyoratchilar Haj safariga qanday kuzatildi?
O'zbekiston yangiliklari