Alloh taolo kalomi sharifida marhamat qilib aytganidek:
وَفِي ذَلِكَ فَلْيَتَنَافَسِ الْمُتَنَافِسُونَ
“…Bas, musobaqachilar shu (ne'matlar) yo'lida musobaqa qilsinlar!”[1].
Hadisi sharifda shunday deyilgan:
عَن عُثْمَانَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ:خَيْرُ كُمْ مَنْ تَعَلَّمَ الْقُرْآنَوَعَلَّمَهُ. رَوَاهُ أًحْمَد وَأَصْحَابُ الْكُتُبِ السِّتَّةِ
Usmon roziyallohu anhudan rivoyat qilindi: «Nabiy sollollohu alayhi va salla dedilar: «Sizlarning eng yaxshingiz Qur'onni o'rgangan va o'rgatganingizdir». Imom Ahmad va olti to'plam egalari rivoyat qilgan.
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2018 yil 5 yanvar' kuni xalq deputatlar viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasidagi nutqida: “Qur'onni eshitish, eshita olish yuksak ma'naviyat, ma'rifat. Qur'on hech qachon yomonlikka da'vat qilmaydi. Agar Qur'oni karimni eshita olsak, eshittira olsak bu muvaffaqqiyat bo'ladi. Elimizga nur keladi…”[2], deb ta'kidlagan.
Imom Buxoriy nomli Toshkent islom institutimizda ham har yili “Qorilar musobaqasi”ni o'tkazish an'anaga aylangan. Joriy 2020 yil 10 dekabr kuni institut talabalari o'rtasida Tahfizul Qur'on kafedrasi tashabbusi bilan Qur'oni karimning “hifz” (ya'ni, Qur'onni to'liq yod olganlar) hamda “tilovat” (ya'ni, Qur'onni to'g'ri, go'zal va ravon o'quvchilar) yo'nalishlarida “Qorilar musobaqasi” o'tkazildi.
Musobaqani quyidagi hakamlar hay'ati baholab bordi: TII “Tahfizul-Qur'on” kafedrasi mudiri: Jahongir qori Nematov, “Tahfizul-Qur'on” kafedrasi o'qituvchilari: Ahmadxon qori Rashidov, Islomxon qori Ubaydullayev, Valixon qori Azimboyev, Abdulbosit qori Qobilov, Zafar qori Mahmudov. Kotib va hisobchi: Elyor qori Ahmatqulov.
Musobaqa yakuniga ko'ra quyidagi talabalar g'olib deb topildilar:
“Hifz” yo'nalishidagi g'oliblar:
“Tilovat” yo'nalishidagi g'oliblar:
Ikkinchi o'rin: Ko'paysinov Jasur qori (3 kurs);
Musobaqa so'ngida g'oliblar diplomlar va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.
Tadbir oxirida yurtimiz tinchligi va taraqqiyoti, xalqimiz farovonligini so'rab duoyi xayr qilindi.
Jahongir Ubaydulloh,
Toshkent islom instituti “Tahfizul-Qur'on”
kafedrasi o'qituvchisi
Dunyoda shunday ishlar borki, Alloh taologa suyukli bo‘ladi. Ulardan biri ko‘ngilni shod etish hisoblanadi.
Bu haqda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam bunday marhamat qilganlar: “Alloh taologa farz ibodatlardan keyin eng maqbul ish – musulmon kishining ko‘ngliga surur (xursandchilik) yetkazishdir”.
Darhaqiqat, o‘zga kishining ko‘nglini olish, uni xursand qilish xayrli amallardandir. Hazrati Alisher Navoiy:
Kimki bir ko‘ngli buzug‘ning xotirin shod aylagay,
Oncha borkim, Ka’ba vayron bo‘lsa, obod aylagay, deya bejiz aytmagan.
Musulmonning ko‘ngliga ozor berish esa, xunuk ishlardandir. Bu haqda xalqimizda: “Dilozordan Xudo bezor”, degan naql bor.
Alloh taolo barchamizni o‘zgalarga ozor berishdan saqlab, Alloh taologa suyukli bo‘lgan ishlarni qilishga muvaffaq aylasin!
Ruhiddin Akbarov,
O‘MIning
Qashqadaryo viloyat vakilligi xodimi