Avval yurtimizda diniy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni keng targ'ib etish, tinchlik va osoyishtalikni qadrlash, dinlararo bag'rikenglik va hamkorlik g'oyalarini ommalashtirish, xalqimiz, ayniqsa, o'sib kelayotgan yosh avlodni yot g'oyalardan himoya qilishda faollik ko'rsatgan ijodkorlarni qo'llab-quvvatlash va munosib rag'batlantirish maqsadida «Sarhisob» tanlovi o'tkazilayotgani haqida xabar bergan edik.
Tanlovning hududiy bosqichida 2020 yilning 1 yanvaridan 2020 yilning
1 dekabrgacha gazeta va jurnallarda bosilgan, radio orqali efirga uzatilgan, televideniyeda ko'rsatilgan va Internet tarmog'ida e'lon qilingan materiallarni qabul qilish ijodkorlarning talab va istaklarini inobatga olgan holda 2020 yilning 15 dekabriga qadar uzaytirildi.
Tanlov haqida batafsil ma'lumotni quyidagi havola orqali o'qishingiz mumkin.
http://muslim.uz/index.php/yangiliklar-2016/uzbekistan/item/23959
Tashkiliy qo'mita
Savol: Mo‘miyo halolmi? Uni iste’mol qilsa bo‘ladimi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Ha, mo‘miyo halol va uni iste’mol qilish joiz. Mo‘miyo tog‘ jinsidan sizib chiqadigan quyuq modda bo‘lib, tabobatda qadimdan ishlatib kelingan. Shar’iy jihatdan esa, u tog‘ jinsidan sizib chiqadigan tabiiy modda va zararsiz ekanligi e’tiboridan iste’moli halol hisoblanadi. Zero, dinimizda: “Narsalar aslida muboh (halol)dir”, degan qoida bor.
Bundan ma’lum bo‘ladiki, barcha narsalar inson uchun yaratilgan bo‘lib, ulardan foydalanish halol. Qat’iy dalil sobit bo‘lmagunicha hech bir narsa harom bo‘lmaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh kitobida halol qilgan narsa halol, harom qilgan narsa harom, sukut qilgan narsa afv (etilgan)dir. Allohdan ofiyatni so‘ranglar, chunki Alloh esdan chiqarguvchi emas”, deganlar (Imom Abu Dovud rivoyati).
Ya’ni Alloh taolo ba’zi narsalar borasida halol yoki harom, degan hukmni bayon qilmagan. Shuning uchun ham ular mubohlik hukmida qolaveradi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.