Mashhur turk futbolchisi Mesut O'zil islomofoblarni "qurolsizlantirish" yo'lini ma'lum qildi. U e'tiqod qiluvchilarni ksenofobiyaga qarshi yaxshilik bilan javob berishga chaqirdi. Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Mesut O'zil Yevropada islomofobiya qarashlarining o'sib borayotganidan tashvish bildirdi.
"Afsuski, islomofobiya va antisemitizm Yevropa va dunyoning boshqa qismlarida tarqalmoqda. Bu hodisada katta rol' ommaviy axborot vositalariga tegishli", - deb yozadi u o'zining ijtimoiy tarmoqlaridagi akkauntida.
Islamisemya.com xabar berishicha, Mesut O'zil bu muammoni hal qilishning o'z variantini taklif qildi. Mashhur sportchi o'z variantiga "Muborak Juma bilan" xeshtegini ilova qilib, musulmonlarni o'z tashabbusini qo'llab-quvvatlashga chaqirdi.
"Mening javobim shunday, biz bu munosabatga uni kuchaytirmay, aksincha o'z yaxshiligimiz bilan qurolsizlantirib, uni tinchib ketadigan tarzda javob berishimiz kerak", - ta'kidladi u.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Savol: Mo‘miyo halolmi? Uni iste’mol qilsa bo‘ladimi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Ha, mo‘miyo halol va uni iste’mol qilish joiz. Mo‘miyo tog‘ jinsidan sizib chiqadigan quyuq modda bo‘lib, tabobatda qadimdan ishlatib kelingan. Shar’iy jihatdan esa, u tog‘ jinsidan sizib chiqadigan tabiiy modda va zararsiz ekanligi e’tiboridan iste’moli halol hisoblanadi. Zero, dinimizda: “Narsalar aslida muboh (halol)dir”, degan qoida bor.
Bundan ma’lum bo‘ladiki, barcha narsalar inson uchun yaratilgan bo‘lib, ulardan foydalanish halol. Qat’iy dalil sobit bo‘lmagunicha hech bir narsa harom bo‘lmaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh kitobida halol qilgan narsa halol, harom qilgan narsa harom, sukut qilgan narsa afv (etilgan)dir. Allohdan ofiyatni so‘ranglar, chunki Alloh esdan chiqarguvchi emas”, deganlar (Imom Abu Dovud rivoyati).
Ya’ni Alloh taolo ba’zi narsalar borasida halol yoki harom, degan hukmni bayon qilmagan. Shuning uchun ham ular mubohlik hukmida qolaveradi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.