Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Iyul, 2025   |   1 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:36
Quyosh
05:13
Peshin
12:35
Asr
17:36
Shom
19:50
Xufton
21:19
Bismillah
26 Iyul, 2025, 1 Safar, 1447

Fariza Shom: Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy malayziyaliklar orasida keng tanilgan va chuqur e'zozlanadi

09.12.2020   1546   1 min.
Fariza Shom: Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy malayziyaliklar orasida keng tanilgan va chuqur e'zozlanadi

Islom tsivilizatsiyasi instituti direktori Fariza Shom mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilinganining 28 yilligi munosabati bilan O'zbekiston xalqiga o'z tabriklarini yo'lladi, xabar bermoqda «Dunyo» AA.
"Har qanday davlat hayotida Konstitutsiya davlat va jamiyatning asosiy huquqiy regulyatori sifatida oldindan belgilovchi rol' o'ynaydi, - deydi u. - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ham demokratiya, ijtimoiy adolat va insonparvarlik tamoyillarini ta'minlashga asos bo'lmoqda.
O'zbekistonda ta'lim tizimini tubdan isloh qilish, fan, madaniyat, san'at, adabiyot va sport sohalarini rivojlantirish, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga alohida e'tibor qaratish lozim.
Bugungi O'zbekiston hududida yashab ijod etgan Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Abu Ali Ibn Sino, al-Horazmiy, al-Beruniy va boshqalar kabi buyuk olim va ilohiyotchilar zamonaviy ilm-fan va insoniyat tsivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo'shganini ham bilamiz. Ular malayziyaliklar orasida keng tanilgan va chuqur ehtirom etiladi.
Shu munosabat bilan Prezident Shavkat Mirziyoevning bu islohotlar orqali O'zbekistonda yangi Uyg'onish davri, ya'ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratish mumkin, degan fikriga qo'shilmasdan ilojim yo'q".

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Murojaatlar e’tiborda (fotolavha)

23.07.2025   14729   1 min.
Murojaatlar e’tiborda (fotolavha)

Bugun – chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov Diniy idoraga turli masalalarda kelgan fuqarolarni qabul qildi. Ularning masjidlar faoliyati, sohani rivojlantirish, moddiy yordam kabi masalalarida qilgan murojaatlari tinglandi. 
 

Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va so‘rovlar atroflicha o‘rganilib, Diniy idora vakolati doirasida tegishlilari bo‘yicha mas’ullarga tez fursatlarda hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Murojaatlar e’tiborda (fotolavha) Murojaatlar e’tiborda (fotolavha) Murojaatlar e’tiborda (fotolavha) Murojaatlar e’tiborda (fotolavha) Murojaatlar e’tiborda (fotolavha)
O'zbekiston yangiliklari