Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha islom tashkiloti (ISESCO) bosh direktori Salim bin Muhammad Malik Ozarbayjonga tashrifi chog'ida Shusha shahrini “Islom olamining madaniy poytaxti” deb e'lon qildi.
Salim bin Muhammad Malik Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda bilan ham uchrashib, Ozarbayjonda tashkilotning mintaqaviy vakolatxonasi ochilishini aytdi.