Vaqf vazirligi tomonidan e'lon qilingan ma'lumotlarga ko'ra, Qohira, Suhaj, Giza va Asyut viloyatlarida Qur'on Karim to'garaklarida eng ko'p o'quvchilar qatnashmoqda.
Misr Vaqf vazirligi oddiy xalqqa Qur'oni Karimning to'g'ri tilovatini o'rgatish bilan birga Qur'oni Karim tafsiri bo'yicha ham to'garaklar tashkil qilishni boshladi.
Halqaro musobaqalar bilan bir qatorda Qur'oni Karimning turli darajalarida hifz musobaqalari o'tkazish, tafsir, fiqh, hadis ilmi va Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning siyratlariga oid, Qur'on ta'limi bo'yicha to'garaklar, shu bilan bir qatorda misrlik keksa qorilar ishtirokida o'tkaziladigan marosimlar Misr Vaqf vazirligining eng muhim Qur'oni Karimga aloqador faoliyati bo'lib, so'nggi yillarda keng miqyosda rivojlanib bormoqda.
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Alloh taolo aytadi: «Kufr keltirganlarga, to Allohning va’dasi kelgunicha, qilmishlari sababli mudom larzaga soluvchi musibatlar yetar yoki ularning diyorlari yaqiniga tushib turar. Albatta, Alloh va’daga xilof qilmas» (Ra’d surasi, 31 - oyat).
Sharh: «Kufr keltirganlarga, to Allohning va’dasi kelgunicha, qilmishlari sababli mudom larzaga soluvchi musibatlar yetar...».
Ya’ni, Allohning va’dasi - qiyomat kelguncha ularning es-hushini joyiga keltiruvchi musibatlar boshlariga tushib turadi. Bu musibatlar ularning qilgan ishlari tufayli tushadi.
«...yoki ularning diyorlari yaqiniga tushib turar».
Yoki o‘sha mazkur es-hushni joyiga keltiruvchi musibatlar dunyoning boshqa joylariga tushadi. O‘sha kofir va osiy bandalar yashayotgan diyorlarga yaqin joylarga tushadi. Toki ular o‘sha musibatlarni ko‘rib, va’z-nasihat olib, o‘zlariga kelsinlar va iymon keltirsinlar.
«Tafsiri Hilol» kitobidan