Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Iyul, 2025   |   1 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:36
Quyosh
05:13
Peshin
12:35
Asr
17:36
Shom
19:50
Xufton
21:19
Bismillah
26 Iyul, 2025, 1 Safar, 1447

Ko'ngillarga yorug'lik, ko'zlarga yosh keltirgan suhbat

05.12.2020   2002   9 min.
Ko'ngillarga yorug'lik, ko'zlarga yosh keltirgan suhbat

 

Bugun, 5 dekabr' kuni azim poytaxtimizdagi “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjid-majmuasida jismoniy imkoniyati cheklangan kishilar, nogironligi bor insonlar ishtirokida “Siz bizga keraksiz” shiori ostida dildan ma'rifiy suhbat va ularning qo'l mehnati mahsulotlari ko'rgazmasi tashkil etildi.

Hayriya tadbiri O'zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan Din ishlari bo'yicha qo'mita, “Vaqf” xayriya jamoat fondi, Toshkent shahar hokimiyati, O'zbekiston Karlar jamiyati, O'zbekiston Ko'zi ojizlar jamiyati va O'zbekiston Nogironlar assotsiatsiyasi hamkorligida o'tkazildi.

 

Qur'oni karim tilovati va muftiy Usmonxon Alimov hazratlarning duolari ila boshlangan muloqotda so'zga chiqqan Din ishlari bo'yicha qo'mita raisi Abdug'ofur Ahmedov yurtimizda jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarga qulay shart-sharoitlar yaratish va yuksak e'tibor berish ishlari amalga oshirilayotganini alohida ta'kidladi. Hususan, nogironligi bo'lgan kishilar manfaatlarini himoya qilish va ularni jamiyatimizning to'laqonli a'zosi sifatida ko'rsatish yo'lida 2017 yil 1 avgustda muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan qabul qilingan “Nogironlarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoyishning mazmun-mohiyati to'g'risida rais janoblari batafsil to'xtaldilar.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari samimiy uchrashuvda so'z olib, taraqqiyotimizning yangi davrida nogironligi bor kishilar qadr-qimmatini ko'tarish, turmush sharoitini yaxshilash borasida qilinayotgan savobli ishlarga urg'u qaratdilar.

Muftiy hazratlari o'z so'zlarida muborak dinimizda ehtiyojmand kishilarga yordam qo'lini cho'zish, nogironligi bor kishilarga mehr-oqibatli bo'lish ulug' savobli amal, bu kabi xayrli ishlar barchaning vazifasi, insoniy burchi ekanini izohladilar. Imom Buxoriy hazratlaridan rivoyat qilingan “Agar biror bandamning ikki ko'zini shikastlasam, u banda bunga sabr qilsa, Men evaziga jannat bilan taqdirlayman”, degan hadisi qudsiyni sharhlab berdilar.

Shuningdek, Ibn Moja hazratlardan rivoyat qilingan Hazrati Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning: “Ey Alloh, miskin holimda hayot ber! Miskin holimda jonimni ol! Hashr kuni miskinlar guruhida tiriltir!”, degan duolarini o'qib berdilar.

 

Insoniyatning eng afzali bo'lmish Habibimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam miskin kishilarga muhabbat qo'yganlari, ularga suyanchiqlik sharafini his etganlari, qadrlarini yuqori ko'targanlarini ibratli rivoyatlar orqali Toshkent islom instituti katta ustozi Muhammad Ayyubxon domla Homidov o'z chiqishida bayon etdi. Ayniqsa, Hazrati Payg'ambar alayhissalomning sahobalaridan biri, ko'zlari a'mo bo'lgan Abdulloh ibn Ummu Maktum roziyallohu anhuga izdosh deya ta'rif beriladigan bu kabi insonlarning ko'ngillarini ko'taradigan ta'sirli rivoyatlardan keltirdi.

Muhammad Ayyubxon domla Homidov har bir inson imon-e'tiqodida sobitqadam bo'lishi, botil aqidalar va turli aldovlarga berilmasligi haqida dinimiz ta'limotlarini bayon etdi.

 

Toshkent shahar bosh imom-xatibi Nuriddin domla Holiqnazarov mana shunday insonlarning dinimizga bo'lgan ixloslari, Nabiy alayhissalomga bo'lgan muhabbatlari va ona-Vatanimizga bo'lgan sadoqatlari ibrat olishga munosib ekanini hayotiy voqealar asosida so'zlab berdi.

Mana shunday qalblarga taskin beradigan iliq so'zlar, ko'ngillarni yoritadigan iltifotlar va oilalarga xursandchilik olib kiradigan hadyalar jismoniy imkoniyati cheklangan azizlarimizning ko'zlariga mamnunlik yoshlarini balqitti, bugungi kundan rozilik tuyg'ularini sayqalladi.  

Tadbir davomida jismoniy imkoniyati cheklanganlar ijrosidagi go'zal nashidlar va ajoyib salavotlardan bahramand bo'ldilar.

Shundan so'ng ishtirokchilar shunday do'stlarimizning qo'l mehnatlari asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko'rgazmasi bilan yaqindan tanishdilar va ijodlariga yuqori baho berib, o'zlariga yoqqan buyumlarni xarid qildilar.

 

Tadbir yakunida “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari Yahyo domla Abdurahmonov va Diniy idora Ish boshqaruvchisi Rustam Jamilov tomonidan barcha ishtirokchilarga hadyalar ulashildi va ularning dillariga quvonch baxsh etildi.

 

Ma'lumot o'rnida aytish kerakki, O'zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan bir necha yillardan buyon jismoniy imkoniyati cheklangan kishilar va nogironligi bor insonlar ishtirokida turli xil ma'rifiy hamda xayriya tadbirlari amalga oshirib kelinmoqda.

Shuningdek, “Qur'oni karim”, “Men ham namoz o'qiyman”, “40 farz bayoni” nomli brayl yozuvidagi mo''tabar kitoblar ham nashr etilib, keng jabhada tarqatildi.

Jome masjidlarda surdo tarjimoni yordamida diniy ma'ruzalar, xususan juma suhbatlari qilinmoqda. Shuningdek, surdo tarjimasidagi “Diniy ma'rifiy mav'izalar” va “Namoz saboqlari” audio disklari nashr etildi, mazkur xayriya tadbirida ulashildi.

“Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan muntazam ravishda jismoniy imkoniyati cheklangan kishilar va nogironligi bor insonlar uchun xayriya tadbirlari uyushtirish hamda hadyalar berish ishlari amalga oshirib kelinmoqda.

Alloh taolo mana shunday ulug' savoblarga burkangan suhbatlarni bardavom aylab, hissa qo'shayotganlarga ikki dunyo saodatini bersin.

 

 

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Murojaatlar e’tiborda (fotolavha)

23.07.2025   14729   1 min.
Murojaatlar e’tiborda (fotolavha)

Bugun – chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov Diniy idoraga turli masalalarda kelgan fuqarolarni qabul qildi. Ularning masjidlar faoliyati, sohani rivojlantirish, moddiy yordam kabi masalalarida qilgan murojaatlari tinglandi. 
 

Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va so‘rovlar atroflicha o‘rganilib, Diniy idora vakolati doirasida tegishlilari bo‘yicha mas’ullarga tez fursatlarda hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Murojaatlar e’tiborda (fotolavha) Murojaatlar e’tiborda (fotolavha) Murojaatlar e’tiborda (fotolavha) Murojaatlar e’tiborda (fotolavha) Murojaatlar e’tiborda (fotolavha)
O'zbekiston yangiliklari