Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Fevral, 2025   |   16 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:59
Quyosh
07:18
Peshin
12:42
Asr
16:14
Shom
18:00
Xufton
19:14
Bismillah
15 Fevral, 2025, 16 Sha`bon, 1446

E'tiqod durdonalari: QAYTA TIRILIShGA IYMON KYeLTIRISh

5.12.2020   3306   39 min.
E'tiqod  durdonalari: QAYTA TIRILIShGA IYMON KYeLTIRISh

١7- يُمِيتُ الْخَلْقَ طُرًّا ثُمَّ يُحْيِي    فَيَجْزِيهِمْ عَلَى وَفْقِ الْخِصَالِ

 

Ma'nolar tarjimasi:

Maxluqlarning barchasini o'ldiradi, so'ngra tiriltiradi, keyin ularga xislatlariga muvofiq jazo-mukofotlar beradi.

 

Nazmiy bayoni:

Barchani o'ldirar, so'ngra tirgizar,

Kimga jazo, kimga mukofot berar.

 

Lug'atlar izohi:

يُمِيتُ – muzori' fe'li. Foili yashirin هُوَ zamir bo'lib, oldingi baytda o'tgan إِلَهِي ga qaytadi.

الْخَلْقَ – maf'ul. Bu kalima masdar shaklida kelgan bo'lsa-da, الْمَخْلُوق ma'nosi iroda qilingan. Undagi اَلْ “istig'roqiya”dir.

طُرًّا – “barchasi” ma'nosini anglatadi. Hollikka ko'ra nasb bo'lib turibdi. Ko'plab nusxalarda طُرًّا ning o'rniga قَهْرًا kelgan. Muhaqqiq ulamolarning qarashlariga ko'ra طُرًّا mo''tabar hisoblanadi. 

ثُمَّ – tartibni va ma'lum muddat o'tishini ifodalaydigan atf harfi.

يُحْيِي – muzori' fe'li يُمِيتُ fe'liga atf qilingan.

فَ – “ta'qiyb” (sharhlash) ma'nosida kelgan.

يَجْزِيهِمْ – jazo berish o'zbek tilida “ta'zirini berish” ma'nosida ishlatiladi. Ammo bu so'z arab tilida mukofotlashga ham, ta'zirini berishga nisbatan ham barobar qo'llanadi. هُمْ jam muzakkar g'oib zamir. Ko'pincha muttasil holatda kelsa-da, ayrim holatlarda munfasil bo'lib ham keladi.

عَلَى– “ta'viyz” (evaz) ma'nosida kelgan jor harfi.

وَفْقِ –   muvofiq ma'nosini anglatadi. Jor majrur يَجْزِيهِمْ ga mutaalliq.

خِصَالِ –  bu kalima خَصْلَةٌ ning ko'plik shakli bo'lib, ijobiy xislatlarga ham, salbiy xislatlarga ham qo'llaniladi. Shuning uchun Nozim aynan shu kalimani ishlatgan.

 

Matn sharhi:

Alloh taolo maxluqotlarni O'zi xohlagan vaqtda ular istasinlar-istamasinlar, o'limga bo'ysundiradigan Qahhor zotdir. U O'zigagina ma'lum bo'lgan bir kunda bandalarni qaytadan tiriltirib, yaxshi amal qilganlarni mukofotlashini va yomon amal qilganlarni jazolashini xabar bergan. 

Oxirat kuniga iymon keltirishning inson hayotidagi ta'siri katta. Ayniqsa, bu oxirat kuniga iymon keltirgan va iymon keltirmagan ikki kishini taqqoslab ko'rilganda yaqqol namoyon bo'ladi. Oxirat kuniga iymon keltirgan kishi qilayotgan ishlari va aytayotgan so'zlari bir kuni hisob-kitob qilinishini, yaxshisiga mukofot, yomoniga jazo berilishini his etib, imkon qadar ezgu ishlarni amalga oshirishga harakat qilib yashaydi. Oxirat kuniga iymon keltirmagan kishi esa faqat shu dunyo uchun yashaydi.  U nima qilib bo'lsa-da, ko'proq lazzatlanib qolish, nafsi xohlagan lazzatlarning oxiriga etishni asosiy maqsad qiladi. Natijada xohish-istaklariga xalal beradigan har qanday qonun-qoida va to'siqlarni chetlab o'tishga intilish uning tabiy odatlariga aylanadi. Insonlarni bundan  qaytarish uchun ham Qur'oni karimda oxirat kunini yuraklarga qo'rquv soluvchi turli xil nomlar bilan: Qiyomat, Soat, Oxirat, Din kuni, Hisob kuni, Jamlash kuni, Haqiqatda bo'luvchi, O'rab oluvchi, Voqi'a kabi ma'nolarda qayta-qayta zikr qilingan. 

 

Iymon ruknlaridan biri

Oxirat kuni bo'lishiga aniq ishonish iymon ruknlaridan biri bo'lib, undan quyidagi ma'nolar tushuniladi:

  1. Oxirat kuniga umumiy holatda, ya'ni bir kuni qiyomat qoim bo'ladi, deb ishonish;
  2. Sahih xabarlarda bayon qilingan o'limdan keyin yuz beradigan holatlarning barchasiga ishonish.

Qaysi bir bandada ana shu ikki ishonch to'liq topilsa, u oxirat kuniga iymon keltirgan bo'ladi. Oxirat kuniga iymon keltirish o'ta muhim bo'lganidan Qur'oni karimda juda ko'p o'rinlarda Alloh taologa iymon keltirish bilan birga zikr qilingan:

﴿إِنَّمَا يَعۡمُرُ مَسَٰجِدَ ٱللَّهِ مَنۡ ءَامَنَ بِٱللَّهِ وَٱلۡيَوۡمِ ٱلۡأٓخِرِ وَأَقَامَ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتَى ٱلزَّكَوٰةَ وَلَمۡ يَخۡشَ إِلَّا ٱللَّهَۖ

“Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan, namozni barkamol o'qigan, zakot bergan va faqat Allohdangina qo'rqqan kishilar obod qilurlar”[1].    

Qur'oni karimda qayta tirilishga shubha bilan qaraydiganlarga bunday qarashlari noo'rin ekanini uqtirish ma'nosida ularning dunyoga qanday kelganlari eslatib  qo'yilgan: 

﴿يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ إِن كُنتُمۡ فِي رَيۡبٖ مِّنَ ٱلۡبَعۡثِ فَإِنَّا خَلَقۡنَٰكُم مِّن تُرَابٖ ثُمَّ مِن نُّطۡفَةٖ ثُمَّ مِنۡ عَلَقَةٖ ثُمَّ مِن مُّضۡغَةٖ مُّخَلَّقَةٖ وَغَيۡرِ مُخَلَّقَةٖ لِّنُبَيِّنَ لَكُمۡۚ وَنُقِرُّ فِي ٱلۡأَرۡحَامِ مَا نَشَآءُ إِلَىٰٓ أَجَلٖ مُّسَمّٗى ثُمَّ نُخۡرِجُكُمۡ طِفۡلٗا ثُمَّ لِتَبۡلُغُوٓاْ أَشُدَّكُمۡۖ

“Ey insonlar! Agar sizlar qayta tirilishdan shubhada bo'lsangiz, (o'ylab ko'ring): Biz sizlarga (Allohning qudratini) bayon qilish uchun sizlarni (otangiz Odamni) tuproqdan, so'ngra (Odam naslini) maniydan, so'ngra laxta qondan, so'ngra (shakllanib) bitgan va bitmagan parcha go'shtdan yaratdik. Biz (sizlarni) xohlaganimizcha – muayyan muddatgacha bachadonlarda qoldirib, so'ngra chaqaloq holingizda (dunyoga) chiqarurmiz, so'ngra voyaga etgunlaringizgacha (tarbiya qilurmiz)[2].

Ushbu oyati karimada insonlarning qanday yaratilganligi bayon qilingan bo'lsa, quyidagi oyatda ularning behuda yaratilmaganlari va, albatta, bir kuni U zotning huzuriga qaytarilishlari haqligi bayon qilingan:

﴿أَفَحَسِبۡتُمۡ أَنَّمَا خَلَقۡنَٰكُمۡ عَبَثٗا وَأَنَّكُمۡ إِلَيۡنَا لَا تُرۡجَعُونَ١١٥

“Yoki sizlarning gumoningizcha, Biz sizlarni behuda yaratdig-u, sizlar Bizning huzurimizga qaytarilmaysizmi?!”[3].        

Oxirat kuni qachon bo'lishini Allohdan boshqa hech kim, biror farishta ham, biror payg'ambar ham bilmaydi,  uni faqatgina Alloh taoloning O'zi biladi. Bu haqida shunday xabar berilgan:

﴿يَسۡ‍َٔلُونَكَ عَنِ ٱلسَّاعَةِ أَيَّانَ مُرۡسَىٰهَاۖ قُلۡ إِنَّمَا عِلۡمُهَا عِندَ رَبِّيۖ لَا يُجَلِّيهَا لِوَقۡتِهَآ إِلَّا هُوَۚ ثَقُلَتۡ فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلۡأَرۡضِۚ لَا تَأۡتِيكُمۡ إِلَّا بَغۡتَةٗۗ يَسۡ‍َٔلُونَكَ كَأَنَّكَ حَفِيٌّ عَنۡهَاۖ قُلۡ إِنَّمَا عِلۡمُهَا عِندَ ٱللَّهِ وَلَٰكِنَّ أَكۡثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعۡلَمُونَ١٨٧

“Sendan soat (qiyomat) haqida qachon sobit bo'lishi haqida so'rarlar. Sen: “Uning ilmi faqat Robbim huzuridadir, Uni faqat O'zigina zohir qiladir. U osmonlaru erda og'ir ish bo'ladi. Sizlarga faqat to'satdan keladir”, – deb ayt. Huddi sen uni bilishing kerakdek, sendan so'rarlar. Sen: “Uning ilmi faqat Allohning huzuridadir. Lekin ko'p odamlar bilmaslar”, – deb ayt”[4].       

Ya'ni qiyomatning qachon bo'lishi, nima sababdan sir tutilishini bilmaydilar. Imom Faxr rahmatullohi alayh ushbu oyat tafsiri xususida quyidagi gaplarni aytgan: “Qiyomatning bandalardan maxfiy qilinishining hikmati shuki, bandalar qiyomatning qachon bo'lishini bilmasalar, bilmaganlari tufayli har doim unga hozir bo'lib turishga urinadilar, bu esa ularni doimo toatga undab, ma'siyatdan qaytarib turadi”.

 

Qiyomat alomatlari

Qiyomat qachon bo'lishi bandalardan sir tutilgan bo'lsa-da, uning yaqin qolganini bildiruvchi bir qancha belgi-alomatlar xabari berilgan. Qiyomatdan darak beradigan alomatlar ikki turga bo'linadi:

  1. Qiyomatning kichik alomatlari;
  2. Qiyomatning katta alomatlari.

Qiyomatning kichik alomatlari ko'plab hadisi shariflarda bayon qilingan:

عَنْ أَنَسٍ قَالَ لَأُحَدِّثَنَّكُمْ حَدِيثًا سَمِعْتُهُ مِنْ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلِيْهِ وَسَلَّمَ لاَ يُحَدِّثُكُمْ بِهِ أَحَدٌ غَيْرِي سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلِيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ إِنَّ مِنْ أَشْرَاطِ السَّاعَةِ أَنْ يُرْفَعَ الْعِلْمُ وَيَكْثُرَ الْجَهْلُ وَيَكْثُرَ الزِّنَا وَيَكْثُرَ شُرْبُ الْخَمْرِ وَيَقِلَّ الرِّجَالُ وَيَكْثُرَ النِّسَاءُ حَتَّى يَكُونَ لِخَمْسِينَ امْرَأَةً الْقَيِّمُ الْوَاحِدُ.   رَوَاهُ الْبُخَارِىُّ

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Sizlarga Rasululloh sollallhu alayhi vasallamdan eshitganim bir hadisni gapirib beraman, uni sizlarga mendan boshqa hech kim gapirib berolmaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: “Qiyomatning alomatlari, ilmning ko'tarilishi, jaholatning ko'payishi, zinoning ko'payishi, aroqxo'rlik ko'payishi, erkaklarning kamayib, ayollarning ko'payib ketishi, hatto ellikta ayolga bitta nazoratchi erkak bo'lib qoladi”, – deyayotganlarini eshitganman”. Buxoriy rivoyat qilgan.

Sharh: Anas roziyallohu anhuning “uni sizlarga mendan boshqa hech kim gapirib berolmaydi”, degan so'zlarining ikki xil ehtimoli bor: 

  1. Anas roziyallohu anhu bu hadisni aytayotgan paytida juda ulug' yoshga etgani va bu hadisni eshitgan boshqa sahobalarning vafot etib ketgan bo'lishlari;
  2. Anas roziyallohu anhu ilmning kamayib ketayotganini ko'rib, uning ko'tarilib ketishi qiyomat alomatlaridan biri ekanidan ogohlantirish va ilmga qiziqtirish ma'nosida shunday degan.

Matnda kelgan: “Hatto ellikta ayolga bitta nazoratchi erkak bo'lib qoladi”, so'zining ma'nosi haqida shunday deyilgan: Bu so'zning ikki xil ta'vili bor:

  1. Ayollar juda ko'payib ketganidan mazkur adaddagi ayollarga bitta erkak qarab, ishlarini nazorat qilib turadigan bo'lib qoladi;
  2. Bitta erkakka unga halol bo'lmagan shuncha ayol ergashadigan bo'lib qoladi, yana Alloh biluvchiroqdir.

Ushbu hadisi sharifda qiyomat yaqin qolganda paydo bo'ladigan ishlar haqida xabar berilgan. Qachon mazkur narsalar sodir bo'lsa, qiyomat yaqin qolganidan darak berayotgan bo'ladi. 

 عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذَا ضُيِّعَتْ الْأَمَانَةُ فَانْتَظِرْ السَّاعَةَ قَالَ كَيْفَ إِضَاعَتُهَا يَا رَسُولَ اللَّهِ قَالَ إِذَا أُسْنِدَ الْأَمْرُ إِلَى غَيْرِ أَهْلِهِ فَانْتَظِرِ السَّاعَةَ.   رَوَاهُ الْبُخَارِىُّ

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qachon omonat zoye qilinsa, qiyomatni kutaver”, dedilar. (A'robiy kishi): Omonatning zoye qilish qanday bo'ladi, ey Allohning Rasuli, dedi. U zot: “Qachon ish egasidan boshqaga topshirilsa, qiyomatni kutaver”, – dedilar”. Buxoriy rivoyat qilgan.

Sharh: Bir a'robiy Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan qiyomat qachon bo'lishini so'raganida u zot mazkur javobni berganlar. Demak, qachon qiyomat yaqin qolsa,  dinga taalluqli ishlar  unga noloyiq kishilar qo'liga tushib qolar ekan. Ushbu  hadisi shariflarda qiyomat yaqin qolganda paydo bo'ladigan kichik alomatlar haqida xabar berilgan. 

Qiyomatning katta alomatlari jumlasidan bo'lgan, quyoshning mag'ribdan chiqishi, er hayvonining chiqishi, dajjolning chiqishi, Iso alayhissalomning tushishlari, ya'juj va ma'jujlarning chiqishlari  haqida ham batafsil ma'lumotlar kelgan. Bularning ba'zilari haqida O'shiy rahmatullohi alayh alohida so'z yuritganlari uchun ular haqidagi ma'lumotlar kelgusi satrlarda bayon qilinadi.

Qiyomatning katta alomatlari ham sodir bo'lganidan so'ng, Alloh taologa ma'lum bo'lgan bir kunda qiyomat kuni boshlanadi.

 

Qiyomat kunidagi voqealar tartibi

Agar qiyomat kunida ro'y beradigan voqealar haqidagi xabarlarga qaralsa, ularning quyidagi tartibda sodir bo'lishi ma'lum bo'ladi:

  1. Alloh taoloning buyrug'i bilan Isrofil alayhissalom surga puflaydilar, puflaganlaridan so'ng eru osmonlar o'zgarib ketadi:

﴿يَوۡمَ تُبَدَّلُ ٱلۡأَرۡضُ غَيۡرَ ٱلۡأَرۡضِ وَٱلسَّمَٰوَٰتُۖ وَبَرَزُواْ لِلَّهِ ٱلۡوَٰحِدِ ٱلۡقَهَّارِ٤٨

“Bu Yer boshqa Yerga va osmonlar (o'zga osmonlarga) almashtiriladigan hamda (barcha odamlar) yolg'iz va g'olib Allohga ro'baro' bo'ladigan Kunda (qiyomatda intiqom oluvchi)dir”[5]

  1. Ma'lum vaqtdan so'ng Alloh taolo Isrofil alayhissalomga surni ikkinchi marta puflashga buyuradi. Isrofil alayhissalom surni ikkinchi marta puflaganlaridan so'ng o'liklar qayta tiriladilar. Bu qayta tirilish kuni bo'ladi. Bu kunda insonlar dunyoda qanday bo'lgan bo'lsalar, yana o'shanday holatga qaytadilar. So'ngra Alloh taolo insonlarni qabrlardan chiqarishga amr etadi. Qabrlardan shoshilib chiqqan kofiru munofiqlar dahshatga tushib, hasratu nadomat bilan: “Holimizga voy!” deb yuboradilar:

﴿قَالُواْ يَٰوَيۡلَنَا مَنۢ بَعَثَنَا مِن مَّرۡقَدِنَاۜۗ هَٰذَا مَا وَعَدَ ٱلرَّحۡمَٰنُ وَصَدَقَ ٱلۡمُرۡسَلُونَ٥٢

 “Ular: “Holimizga voy! Kim bizlarni uxlayotgan joyimizdan uyg'otdi?” – deganlarida, (ularga aytilur): “Mana shu Rahmon va'da qilgan va payg'ambarlar so'zlagan rost narsa (qiyomat)dir”[6].      

  1. So'ngra Alloh taoloning amriga muvofiq farishtalar barcha xaloyiqni, taqvodorlar ham, jinoyatchilar ham o'zlariga xos holatlarda hukmlarini kutib turishadigan mavqif deb ataladigan joyga haydaydilar.

﴿يَوۡمَ نَحۡشُرُ ٱلۡمُتَّقِينَ إِلَى ٱلرَّحۡمَٰنِ وَفۡدٗا٨٥ وَنَسُوقُ ٱلۡمُجۡرِمِينَ إِلَىٰ جَهَنَّمَ وِرۡدٗا٨٦

“Taqvodorlarni Rahmon huzuriga mehmon hay'ati etib to'plagan kunimizda. Jinoyatchilarni jahannamga chanqoq hollarida haydaymiz”[7]

 Haloyiq mavqifda yalangoyoq, yalang'och va xatna qilinmagan holatda turadilar. Ahvollari juda qattiq va og'ir bo'lganidan yonida turganga ko'z qirini ham tashlay olmaydigan darajada dahshatga tushgan bo'ladilar:

عَنْ عَائِشَةَ قَالَتْ سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ يُحْشَرُ النَّاسُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ حُفَاةً عُرَاةً غُرْلاً قُلْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ النِّسَاءُ وَالرِّجَالُ جَمِيعًا يَنْظُرُ بَعْضُهُمْ إِلَى بَعْضٍ قَالَ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَا عَائِشَةُ الاَمْرُ أَشَدُّ مِنْ أَنْ يَنْظُرَ بَعْضُهُمْ إِلَى بَعْضٍ.  رَوَاهُ مُسْلِمُ

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: “Insonlar qiyomat kunida yalangoyoq, yalang'och, xatna qilinmagan holatlarida to'planadilar”, – deyayotganlarini eshitdim. Shunda men: “Ey Allohning Rasuli, ayollar va erkaklar hammalari bir joyda bo'lsalar, ba'zilari ba'zilariga qaraydilar-ku”, – dedim. U zot sollallohu alayhi vasallam: “Ey Oisha, ish ba'zilari ba'zilariga qarashdan shiddatliroq bo'ladi-da”, – dedilar”.  Muslim rivoyat qilgan.

  1. Mavqifda xaloyiq og'ir holatlarni boshdan kechiradilar. Hamma tik turib Robbilarining buyrug'ini kutib turganida, ustilariga quyosh yaqinlashtiriladi va qilgan amallariga yarasha terga botadilar:

عن سُلَيْم بْن عَامِرٍ حَدَّثَنِي الْمِقْدَادُ بْنُ الاَسْوَدِ قَالَ سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ تُدْنَى الشَّمْسُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ مِنْ الْخَلْقِ حَتَّى تَكُونَ مِنْهُمْ كَمِقْدَارِ مِيلٍ قَالَ سُلَيْمُ بْنُ عَامِرٍ فَوَاللَّهِ مَا أَدْرِي مَا يَعْنِي بِالْمِيلِ أَمَسَافَةَ الاَرْضِ أَمْ الْمِيلَ الَّذِي تُكْتَحَلُ بِهِ الْعَيْنُ قَالَ فَيَكُونُ النَّاسُ عَلَى قَدْرِ أَعْمَالِهِمْ فِي الْعَرَقِ فَمِنْهُمْ مَنْ يَكُونُ إِلَى كَعْبَيْهِ وَمِنْهُمْ مَنْ يَكُونُ إِلَى رُكْبَتَيْهِ وَمِنْهُمْ مَنْ يَكُونُ إِلَى حَقْوَيْهِ وَمِنْهُمْ مَنْ يُلْجِمُهُ الْعَرَقُ إِلْجَامًا قَالَ وَأَشَارَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِيَدِهِ إِلَى فِيهِ.    رَوَاهُ مُسْلِمُ

Sulaym  ibn Omirdan rivoyat qilinadi: Menga Miqdod ibn Asvad gapirib berdi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deyayotganlarini eshitganman: “Qiyomat kunida quyosh xaloyiqqa yaqinlashtiriladi, hatto ularga bir mil miqdorida bo'lib qoladi”. Sulaym ibn Omir aytadi: “Allohga qasamki, mildan erning masofasinimi yo u bilan ko'zga surma qo'yiladigan qalamnimi, nimani tayin qilayotganlarini bilmayman. U zot sollallohu alayhi vasallam: “Insonlar amallari miqdorida terga botib ketadilar, ulardan ba'zilari to'piqlarigacha ter ichida bo'ladi, ba'zilari tizzalarigacha, ba'zilari bellarigacha, ba'zilarini esa ter mutlaqo jilovlab qo'yadi”, – dedilar-da Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qo'llari bilan og'izlariga ishora qildilar”.  Muslim rivoyat qilgan.    

 Sharh: Qiyomat kunida hisob-kitob boshlanishi kutib turilgan paytda quyosh ularga yaqinlashtirilganidan hamma qilgan yomon amallari miqdorida terga botib turar ekan. Kimdir to'pig'igacha, kimdir tizzasigacha, kimdir beligacha, yana kimdir esa og'ziga qadar terga g'arq bo'lar ekan.  Hamma odamlar bir joyda turgan bo'lsalar-da,  ter dengizi birining to'pig'idan oshsa, ikkinchisining og'zi barobaridan bo'lar ekan. Buning qanday bo'lishi haqida quyidagi so'zlar aytilgan:

  1. Alloh taolo har bir insonning qadami ostidagi erni uning yaxshi yo yomon amaliga yarasha baland-past qilib qo'yadi. Shunga ko'ra har kimning balandligi har xil bo'ladi.
  2. Alloh taolo insonlarni amallariga mos holatda guruh-guruh qilib to'playdi, ba'zi guruhdagilar to'piqlarigacha terga botib turadigan joyda tursa, ba'zilari bellarigacha terga botib turadigan chuqurroq joyda turadilar.  

Ana shunday quyosh yaqinlashtirilib, hamma issiqda qiynalib turgan paytda ba'zi insonlar soyalanib turadilar. Ular dunyoda qilgan ishlari evaziga Alloh taoloning fazlu marhamatiga sazovor bo'lgan va shunday dahshatli kunda U zot tarafidan soyalantirib turilgan baxtli insonlardir. Quyidagi hadisda bunday baxtli insonlarning kimlar ekanligi bayon qilingan: 

 عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ عَنْ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ سَبْعَةٌ يُظِلُّهُمْ اللَّهُ تَعَالَى فِي ظِلِّهِ يَوْمَ لاَ ظِلَّ إِلاَّ ظِلُّهُ إِمَامٌ عَدْلٌ وَشَابٌّ نَشَأَ فِي عِبَادَةِ اللَّهِ وَرَجُلٌ قَلْبُهُ مُعَلَّقٌ فِي الْمَسَاجِدِ وَرَجُلاَنِ تَحَابَّا فِي اللَّهِ اجْتَمَعَا عَلَيْهِ وَتَفَرَّقَا عَلَيْهِ وَرَجُلٌ دَعَتْهُ امْرَأَةٌ ذَاتُ مَنْصِبٍ وَجَمَالٍ فَقَالَ إِنِّي أَخَافُ اللَّهَ وَرَجُلٌ تَصَدَّقَ بِصَدَقَةٍ فَأَخْفَاهَا حَتَّى لاَ تَعْلَمَ شِمَالُهُ مَا تُنْفِقُ يَمِينُهُ وَرَجُلٌ ذَكَرَ اللَّهَ خَالِيًا فَفَاضَتْ عَيْنَاهُ. رَوَاهُ الْبُخَارِىُّ

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Yetti nafarni Alloh taolo O'zining soyasidan boshqa soya bo'lmaydigan kunda soyalantiradi:

  1. Adolatli boshliq;
  2. Allohning ibodatida voyaga etgan yigit;
  3. Qalbi masjidlarga bog'langan kishi;
  4. Alloh yo'lida bir-birlarini yaxshi ko'rgan, shu muhabbatga ko'ra jamlanib, shu muhabbatga ko'ra ajrashadigan ikki kishi;
  5. Mansabdor va chiroyli ayol (gunoh ishga) chaqirganda, Allohdan qo'rqaman degan kishi;
  6. O'ng qo'li bergan sadaqani hatto chap qo'li ham bilmay qoladigan darajada maxfiy qilgan kishi;
  7. Alloh taoloni yolg'iz holatda zikr qilgan va ko'zlari yosh to'kkan kishi”, – dedilar”. Buxoriy rivoyat qilgan.

Sharh: Ushbu hadisda soyaning Alloh taologa izofa qilinishi mulk ma'nosidagi izofadir. Ya'ni barcha soyalar Allohning mulkidir, o'sha kunda Alloh ularni soyalantiradi, jannatning soyasi bilan soyalantiradimi yo boshqa soya bilanmi uni O'zi biladi, ma'nosidadir. Boshqa bir hadisda Arshining soyasida deyilgan. Ibn Dinor: “Bu hadisdagi “soya”ning ma'nosi karomatdir”, – degan. Ya'ni mazkur etti toifa Allohning izzat ikromida bo'ladi, ma'nosi tushuniladi.  

Haloyiqqa mavqifda turish qiyinlashib boraveradi. Ular Alloh taoloning bu qiyinchiliklardan  xalos qilishi va o'zlari uchun tezroq hukm chiqarishga izn berishi uchun payg'ambarlardan shafoat so'raydilar. Ammo shafoat so'ralgan payg'ambarlar ularni boshqalarga yo'llaydilar. Nihoyat, oxir zamon payg'ambari Muhammad alayhissalomning yoniga kelishib, u zotdan shafoat qilishlarini so'raydilar. Muhammad alayhissalom ularni shafoat qiladilar va Alloh taolo u zotning shafoatlarini qabul qiladi. Nihoyat, hisob-kitobga yuzlanadilar.

  1. Hisob-kitobdan oldin ularga bu dunyoda qilgan barcha amallari yozib qo'yilgan nomai a'mollari beriladi. Bu nomai a'mollar ba'zilarga oldilaridan, ba'zilarga o'ng taraflaridan, ba'zilarga chap taraflaridan, ba'zilarga esa orqa taraflaridan beriladi. Yana ochiq kitob ham chiqariladi va bu ochiq kitobda qilingan barcha amallar aniq qilib yozib qo'yilgan bo'ladi. So'ngra unga: “Kitobingni o'qi, o'zingga qarshi o'zing etarli hisobchisan”, –deyiladi. Bu haqida Qur'oni karimda shunday xabar berilgan:

﴿وَكُلَّ إِنسَٰنٍ أَلۡزَمۡنَٰهُ طَٰٓئِرَهُۥ فِي عُنُقِهِۦۖ وَنُخۡرِجُ لَهُۥ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ كِتَٰبٗا يَلۡقَىٰهُ مَنشُورًا١٣ ٱقۡرَأۡ كِتَٰبَكَ كَفَىٰ بِنَفۡسِكَ ٱلۡيَوۡمَ عَلَيۡكَ حَسِيبٗا١٤

“Biz har bir insonning amalini bo'yniga ilib qo'ygandirmiz. Qiyomat kunida unga ochiq holda uchratadigan kitobni (Nomai a'molini) chiqarib berurmiz. (Unga aytilur): “Kitobingni o'qi! Bugun o'z shaxsing o'zingga qarshi etarli hisobchidir”[8].   

  1. So'ngra barchaning bu dunyoda qilgan savob va gunoh ishlari birma-bir hisob-kitob qilina boshlaydi. Hisob-kitob qilishda ham yaxshi ishlarining savoblari ko'paytirib o'lchanadi, yomon ishlar esa ko'paytirilmasdan o'z holicha o'lchanadi:

﴿مَن جَآءَ بِٱلۡحَسَنَةِ فَلَهُۥ خَيۡرٞ مِّنۡهَاۖ وَمَن جَآءَ بِٱلسَّيِّئَةِ فَلَا يُجۡزَى ٱلَّذِينَ عَمِلُواْ ٱلسَّيِّ‍َٔاتِ إِلَّا مَا كَانُواْ يَعۡمَلُونَ٨٤

“Kim savobli amal bilan kelsa, bas, uning uchun undan yaxshiroq (mukofot) bo'lur. Kim gunoh bilan kelsa, bas, gunohlarni qilgan kimsalar faqat o'zlari qilgan qilmishlari barobaridagina jazolanurlar”[9]

  1. Hisob-kitob tugaganidan so'ng barcha xaloyiq amallari o'lchanadigan taroziga ro'baro' bo'ladilar. Ushbu tarozining ikki pallasi borligi haqida hadisda bayon qilingan. Qur'oni karimda tarozi haqida shunday xabar berilgan:

“Biz qiyomat kuni uchun adolatli tarozilar qo'yurmiz, bas, biror jonga zarracha zulm qilinmas. Agar xantal (o'simligi) urug'idek (yaxshi yoki yomon amali) bo'lsa ham, o'shani keltirurmiz! Biz o'zimiz etarli hisob-kitob qiluvchidirmiz”[10].   

Amallarining tarozida qanday o'lchanishi to'g'risidagi ma'lumotlar 57 baytning sharhida bayon qilinadi. 

  1. Tarozidan so'ng barcha xaloyiq Sirot ustidan o'tishlari kerak bo'ladi. Sirot do'zax ustiga qurilgan uzun ko'prik bo'lib, hamma o'zining qilgan amaliga yarasha kimdir tez, kimdir sekin o'tadi, kimlardir esa, uning tagidagi do'zaxga qulaydilar. Bu haqida hadisi sharifda shunday xabar berilgan:

  عَن أَبِي هُرَيْرَةَ وَأَبُو رِبْعِيٍّ عَن حُذَيْفَةَ قَالاَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَجْمَعُ اللَّهُ تَبَارَكَ وَتَعَالَى النَّاسَ فَيَقُومُ الْمُؤْمِنُونَ حَتَّى تُزْلَفَ لَهُمْ الْجَنَّةُ فَيَأْتُونَ آدَمَ فَيَقُولُونَ يَا أَبَانَا اسْتَفْتِحْ لَنَا الْجَنَّةَ فَيَقُولُ وَهَلْ أَخْرَجَكُمْ مِنْ الْجَنَّةِ إِلَّا خَطِيئَةُ أَبِيكُمْ آدَمَ لَسْتُ بِصَاحِبِ ذَلِكَ اذْهَبُوا إِلَى ابْنِي إِبْرَاهِيمَ خَلِيلِ اللَّهِ قَالَ فَيَقُولُ إِبْرَاهِيمُ لَسْتُ بِصَاحِبِ ذَلِكَ إِنَّمَا كُنْتُ خَلِيلًا مِنْ وَرَاءَ وَرَاءَ اعْمِدُوا إِلَى مُوسَى صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ الَّذِي كَلَّمَهُ اللَّهُ تَكْلِيمًا فَيَأْتُونَ مُوسَى  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَيَقُولُ لَسْتُ بِصَاحِبِ ذَلِكَ اذْهَبُوا إِلَى عِيسَى كَلِمَةِ اللَّهِ وَرُوحِهِ فَيَقُولُ عِيسَى صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لَسْتُ بِصَاحِبِ ذَلِكَ فَيَأْتُونَ مُحَمَّدًا صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَيَقُومُ فَيُؤْذَنُ لَهُ وَتُرْسَلُ الْأَمَانَةُ وَالرَّحِمُ فَتَقُومَانِ جَنَبَتَيْ الصِّرَاطِ يَمِينًا وَشِمَالاً فَيَمُرُّ أَوَّلُكُمْ كَالْبَرْقِ قَالَ قُلْتُ بِأَبِي أَنْتَ وَأُمِّي أَيُّ شَيْءٍ كَمَرِّ الْبَرْقِ قَالَ أَلَمْ تَرَوْا إِلَى الْبَرْقِ كَيْفَ يَمُرُّ وَيَرْجِعُ فِي طَرْفَةِ عَيْنٍ ثُمَّ كَمَرِّ الرِّيحِ ثُمَّ كَمَرِّ الطَّيْرِ وَشَدِّ الرِّجَالِ تَجْرِي بِهِمْ أَعْمَالُهُمْ وَنَبِيُّكُمْ قَائِمٌ عَلَى الصِّرَاطِ يَقُولُ رَبِّ سَلِّمْ سَلِّمْ حَتَّى تَعْجِزَ أَعْمَالُ الْعِبَادِ حَتَّى يَجِيءَ الرَّجُلُ فَلاَ يَسْتَطِيعُ السَّيْرَ إِلاَّ زَحْفًا قَالَ وَفِي حَافَتَيْ الصِّرَاطِ كَلاَلِيبُ مُعَلَّقَةٌ مَأْمُورَةٌ بِأَخْذِ مَنْ أُمِرَتْ بِهِ فَمَخْدُوشٌ نَاجٍ وَمَكْدُوسٌ فِي النَّارِ وَالَّذِي نَفْسُ أَبِي هُرَيْرَةَ بِيَدِهِ إِنَّ قَعْرَ جَهَنَّمَ لَسَبْعُونَ خَرِيفًا.  رَوَاهُ مُسْلِمٌ

Abu Hurayra va Abu Rib'iy roziyallohu anhular Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilib aytadilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh tabaroka va taolo insonlarni jamlaydi, mo'minlar jannatga yaqin joyda turadilar. Ular Odam alayhissalomning yonlariga kelishadi va: “Ey otamiz, bizlarga jannatni ochishni so'rab bering”, – deyishadi. U: “Sizlarni jannatdan otangiz Odamning xatosi chiqarmadimi, men bunga ega emasman, sizlar o'g'lim Ibrohim Halilullohning yoniga boringlar”, – deydi. U zot dedilar: “Ibrohim men bunga ega emasman, bunday yuksak darajadagi xalil bo'lmaganman. – Sizlar Alloh taoloning O'zi unga mutlaq gapirgan Muso sollallohu alayhi vasallamga boringlar, – deydi. Ular Muso sollallohu alayhi vasallamning yoniga keladilar. U: “Men bunga ega emasman, Allohning kalimasi va ruhi Isoga boringlar”, – deydi. Iso: “Men bunga ega emasman”, – deydi. Bas ular Muhammad sollallohu alayhi vasallamga keladilar. U zot turadilar va u zotga izn beriladi. Omonat va qarindoshlik o'z holiga qo'yiladi, ular sirotning o'ng va chap tomonlariga turib oladilar. Sizlarning avvalgilaringiz chaqmoq kabi o'tadilar. Men: “Ota-onam sizga fido bo'lsin, qaysi narsa chaqmoq kabi o'tadi”, – dedim. U zot: “Chaqmoqning ko'z yumib ochguncha qanday o'tib qaytishini ko'rmaganmisan, so'ngra shamolning o'tishi kabi, so'ngra qushning o'tishi kabi va amallari yugurtirayotgan kishilarning sudralishi kabi o'tadilar. Payg'ambarlaringiz sirot ustida: “Robbim, qutqargin, qutqargin” – deb turadi. Hatto bandalarning amallari (ularni harakatlantirib olib o'tishdan) ojiz qoladi, hatto yurishga quvvati etmaydigan, faqat sudralib harakatlanadigan kishi keladi”. Yana dedilar: “Sirotning ikki chetida buyurilgan kimsani tutishga tayin qilinib osib qo'yilgan changaklar bo'ladi. Bas tirnalganlar (ya'ni tirnalib bo'lsa-da o'tib ketgan) najot topuvchidirlar, to'planib qolganlar do'zaxdadirlar”. Abu Hurayraning joni Uning qo'lida bo'lgan zotga qasamki, albatta, jahannamning qa'ri etmish kuzdir (etmish yillik masofadir)”, – dedi”. Muslim rivoyat qilgan.    

  1. Kofiru munofiqlar qildek ingichka Sirotdan pastga qulaydilar, changaklarga ilinib, jahannam qa'riga uloqtiriladilar va shunday qilib abadiy manzillarini egallaydilar. Ba'zi osiy mo'minlar ham gunohlari sababli do'zaxga tushadilar va gunohlari miqdorida jazolarini olganlaridan keyin jannatga chiqariladilar. Do'zaxdan najot topgan mo'minlar ham to'g'ri jannatga kirib keta olmaydilar, endi jannat va do'zax orasidagi ko'prikda to'xtatilib, dunyoda bir-birlariga nisbatan nohaqlik qilgan bo'lsa, shularning qasosi olib beriladi. Ularning barchalari bir-birlaridan rozi bo'lishib, qalblarida mutlaqo gina-adovat qolmay, o'zaro samimiy mehr-muhabbatli bo'lganlaridan so'ng, abadiy rohat-farog'at maskani – Jannatga kirishga izn beriladi. Bu haqida shunday xabar berilgan:

عَنْ أَبِي الْمُتَوَكِّلِ النَّاجِيِّ أَنَّ أَبَا سَعِيدٍ الْخُدْرِيَّ  قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَخْلُصُ الْمُؤْمِنُونَ مِنْ النَّارِ فَيُحْبَسُونَ عَلَى قَنْطَرَةٍ بَيْنَ الْجَنَّةِ وَالنَّارِ فَيُقَصُّ لِبَعْضِهِمْ مِنْ بَعْضٍ مَظَالِمُ كَانَتْ بَيْنَهُمْ فِي الدُّنْيَا حَتَّى إِذَا هُذِّبُوا وَنُقُّوا أُذِنَ لَهُمْ فِي دُخُولِ الْجَنَّةِ فَوَالَّذِي نَفْسُ مُحَمَّدٍ بِيَدِهِ لَأَحَدُهُمْ أَهْدَى بِمَنْزِلِهِ فِي الْجَنَّةِ مِنْهُ بِمَنْزِلِهِ كَانَ فِي الدُّنْيَا.  رَوَاهُ الْبُخَارِىُّ

Abu Mutavakkil Nojiydan rivoyat qilinadi: Abu Said Hudriy dedi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Mo'minlar do'zaxdan xalos bo'lganlaridan so'ng jannat va do'zax orasidagi ko'prikda to'xtatib turiladilar. Ularning ba'zilaridan ba'zilariga dunyoda oralarida bo'lgan adolatsizliklar qasosi olib beriladi. Qachon yaxshilansalar va pokiza bo'lsalar, ularga jannatga kirish izni beriladi. Muhammadning joni Uning qo'lida bo'lgan zotga qasamki, ularning har biri jannatdagi turar joyini dunyoda bo'lgan turar joyidan ko'ra yaxshiroq topib boradigan bo'ladi”, – dedilar”.  Buxoriy rivoyat qilgan.         

  1. Jannat ahli jannatga, do'zax ahli do'zaxga o'tganlaridan so'ng o'limning o'zi o'ldiriladi va endi do'zaxiylar abadiy azob-uqubatli hayotga, jannatiylar esa abadiy rohat-farog'atli hayotga yuzlanadilar.

 عَنْ ابْنِ عُمَرَ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذَا صَارَ أَهْلُ الْجَنَّةِ إِلَى الْجَنَّةِ وَأَهْلُ النَّارِ إِلَى النَّارِ جِيءَ بِالْمَوْتِ حَتَّى يُجْعَلَ بَيْنَ الْجَنَّةِ وَالنَّارِ ثُمَّ يُذْبَحُ ثُمَّ يُنَادِي مُنَادٍ يَا أَهْلَ الْجَنَّةِ لاَ مَوْتَ وَيَا أَهْلَ النَّارِ لاَ مَوْتَ فَيَزْدَادُ أَهْلُ الْجَنَّةِ فَرَحًا إِلَى فَرَحِهِمْ وَيَزْدَادُ أَهْلُ النَّارِ حُزْنًا إِلَى حُزْنِهِمْ.  رَوَاهُ الْبُخَارِىُّ

Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qachon jannat ahli jannatga, do'zax ahli do'zaxga o'tsalar, o'lim keltiriladi. Hatto jannat va do'zaxning o'rtasiga qo'yiladi. So'ngra u bo'g'izlanadi. So'ngra bir nido qilguvchi: “Ey jannat ahli, o'lim yo'q, ey do'zax ahli, o'lim yo'q”, – deya nido qiladi. Jannat ahlining xursandliklariga xursandlik qo'shiladi, do'zax ahlining qayg'ulariga qayg'u qo'shiladi”, – dedilar”. Buxoriy rivoyat qilgan.

Shunday qilib, hamma o'z manziliga hech qachon undan chiqmaydigan bo'lib abadiy joylashadi.

 

KYeYINGI MAVZULAR:

ENG SO'NGGI MANZILLAR:

Jannatning nomlari;

Do'zaxning nomlari.

JANNAT VA DO'ZAHNING ABADIYLIGI BAYoNI:

Jannat va do'zaxning yaratib qo'yilganiga dalillar.

 

[1] Tavba surasi, 18-oyat.

[2] Haj surasi, 5-oyat.

[3] Mu'minun surasi, 115-oyat.

[4] A'rof surasi, 187-oyat.

[5] Ibrohim surasi, 48-oyat.

[6] Yosin surasi, 52-oyat.

[7] Maryam surasi, 85, 86-oyatlar.

[8] Isro surasi, 13, 14-oyatlar.

 

[9] Qasas surasi, 84-oyat.

 

Kutubxona
Boshqa maqolalar
Videolar

Hech bir narsa bekorga yaratilmagan

14.02.2025   10895   1 min.
Hech bir narsa bekorga yaratilmagan

 

Homidjon domla ISHMATBЕKOV, 
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari

VIDEO