Birlashgan Arab Amirliklari Ingushetiya poytaxtidagi birinchi jome masjidi qurilishiga qo'shilishi mumkin.
Bu haqda Butundunyo musulmon jamoalari kengashi raisi Ali Rashid Al-Nuaymi bilan Moskvada bo'lib o'tgan uchrashuvdan so'ng Ingushetiya Respublikasi Millatlar vazirligi rahbari Ruslan Volkov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Interfaks agentligi.
Unga ko'ra, musulmon tashkiloti rahbari diniy sohadagi vaziyatni yaxshiroq tushunish uchun barcha cheklovlar bekor qilingach, respublikaga shaxsan tashrif buyurishga va'da berdi. Bu rejalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi nafaqat Respublikada, balki butun Shimoliy Kavkaz Federal okrugida ham islom ta'limini rivojlantirish va diniy ekstremizmga qarshi kurashish uchun mustahkam zamin yaratadi, deb hisoblaydi Volkov.
Magas shahridagi Respublika birinchi jome masjidining qurilishi 2010 yilda boshlangan bo'lib, 2013 yilda ob'ektning topshirilishi rejalashtirilgan edi, biroq mablag' yo'qligi tufayli qurilish muzlatib qo'yilgan edi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bugun – chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov Diniy idoraga turli masalalarda kelgan fuqarolarni qabul qildi. Ularning masjidlar faoliyati, sohani rivojlantirish, moddiy yordam kabi masalalarida qilgan murojaatlari tinglandi.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va so‘rovlar atroflicha o‘rganilib, Diniy idora vakolati doirasida tegishlilari bo‘yicha mas’ullarga tez fursatlarda hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati