Yaqinda Toshkent viloyatining Parkent tumanida beshburchak uslubida qurilayotgan “Odil ota” masjidi haqida xabar bergan edik. Unumdor erlari va so'lim tabiatiga ega ushbu tumanda yana ikkita masjid aholi talablaridan kelib chiqib, qulay joyga ko'chirilib qurilmoqda.
“Fayzullaxonboy” masjidi. Changi qishlog'idagi ushbu namozgoh avvalgi joylashgan o'rnidan 500 metr masofada, qabristonga yaqin erda sakkizburchak uslubida qurilmoqda. Mahalliy hokimlik tomonidan ajratilgan 30 sotix er maydonida 1200 o'rinlik keng masjid va boshqa ma'muriy binolar o'rin oladi. Bu joyda xonaqoh derazalaridan tashqariga razm solgan kishi Musavvir Zotning go'zal ijodi - serviqor tog'lar etaklariga yastangan ajoyib tabiat manzaralarining guvohi bo'ladi.
Qurilish uchun tashkil etilgan karta hisob raqami:
8600 0423 9336 6827
(Shopayziyev Shoxakim nomiga)
Paynet uchun raqam +998-99-878-23-80
Uzmobile GSM
“Kungay” masjidi. So'qoq qishlog'ining yo'llari notekis, yuqori qismida joylashgan ushbu masjid xonadon ko'rinishida bo'lib, binolari ancha eskirgan, ta'mirtalab holga kelib qolgan edi. Honaqoh zax, tahoratxonada ham sharoitlar achinarli holda. Eng asosiysi, qishloq aholisi, keksalar, qolaversa, janoza va boshqa marosimlar uchun masjidga yuqorilab chiqishning o'zi muammo edi. Tuman bosh imom-xatibi Mansurxon domla Mansurovning sa'y-harakatlari evaziga aholi va hordiq maskanlariga tashrif buyuruvchi mehmonlar uchun qulay erda ajratilgan 23 sotix maydonda zamonaviy masjid barpo etilmoqda. Yerto'la qismi bilan qo'shilganda ikki qavatli xonaqoh 2000 ga yaqin namozxonni sig'diradi. Bu esa yozning issiq va qishning sovuq kunlarida ham namozxonlar uchun qulay shart-sharoit degani. Hozirda binoning tom qismi yopilib, issiq pol tizimi va boshqa pardoz ishlari amalga oshirilmoqda. Birgina qishloq masjidi timsolidagi yangilanishlar, zamon sur'atlariga mos imkoniyatlarga boqib, diniy sohadagi islohotlarga baho berish mumkin. Barchasi insonlarning manfaati, Holiq va xalq rizoligi uchun. Hazrat Navoiy aytganlaridek:
Naf'ing agar xalqqa beshakdurur,
balki bu naf o'zingga ko'prakdurur.
Oramizdagi fidoiy insonlar, ixlosi va himmati baland kishilarning zahmatlari vositasida davom etmoqda bu ishlar.Qurilish va obodonlashtirish ishlariga hissalari qo'shilayotgan barchadan Alloh taolo rozi bo'lsin.
Paynet 99 822 24 85
Uzcard: 8600 0423 9146 9144
Odilov Azimiddin
Murojaat uchun: ?99) 822 82 17
O'zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo'limi
#xabar #kirish_imtihoni #hadis_ilmi_maktabi
Bugun, 24 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Hadis ilmi maktabining 2025-2026 o‘quv yili uchun qabul imtihonlari boshlandi.
Shu munosabat bilan erta tongda Toshkent shahridagi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf jome masjidida bo‘lib o‘tgan tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutasaddilari, imtihon oluvchi pedagog-o‘qituvchilar, abituriyentlar ishtirok etdi.
Dastlab Hadis ilmi maktabi rektori Barot domla Amonov qabul imtihonlarini yuqori saviyada o‘tkazish uchun ko‘rilgan tayyorgarlik ishlari, abituriyentlarga yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumot berdi.
Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maqsudov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov va Diniy idora raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov nutq so‘zladi. Notiqlar yurtimizda diniy ta’limga berilayotgan e’tibor haqida so‘z yuritish barobarida qabul imtihonlarida abituriyentlarning bilimlilarini saralab olish asosiy maqsad ekanini alohida ta’kidlashdi. Shuningdek, imtihonlarni shaffof, ochiq va oshkora o‘tkazilishi ta’minlanishiga urg‘u berishdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Cho‘lponov tomonidan ijodiy imtihonni o‘tkazish tartibi va baholash mezonlari tushuntirildi. Shundan so‘ng Qabul hay’ati a’zolari, abituriyentlar va ota-onalar guvohligida imtihon varaqalari solingan va muhrlangan maxsus qoplar ochilib, ijodiy imtihonga start berildi.
Ma’lumot o‘rnida, bugun “Hadis” va “Mustalahul hadis” fanlaridan og‘zaki ijodiy imtihon o‘tkaziladi. Ertaga, 25 iyul kuni Arab tili va O‘zbekiston tarixi fanlaridan test sinovlari bo‘lib o‘tadi.
2025-2026 o‘quv yili imtihonlari haqidagi so‘nggi yangiliklarni @qabulmuslimuz telegram sahifasida kuzatib boring.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati