Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Yanvar, 2025   |   9 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:35
Asr
15:31
Shom
17:15
Xufton
18:34
Bismillah
09 Yanvar, 2025, 9 Rajab, 1446

Obod etilayotgan masjidlar: Parkentda ikkita masjid aholiga qulay erda joylashadi

4.12.2020   1705   4 min.
Obod etilayotgan masjidlar: Parkentda ikkita masjid aholiga qulay erda joylashadi

Yaqinda Toshkent viloyatining Parkent tumanida beshburchak uslubida qurilayotgan “Odil ota” masjidi haqida xabar bergan edik. Unumdor erlari va so'lim tabiatiga ega ushbu tumanda yana ikkita masjid aholi talablaridan kelib chiqib, qulay joyga ko'chirilib qurilmoqda.

Fayzullaxonboy” masjidi. Changi qishlog'idagi ushbu namozgoh avvalgi joylashgan o'rnidan 500 metr masofada, qabristonga yaqin erda sakkizburchak uslubida qurilmoqda. Mahalliy hokimlik tomonidan ajratilgan 30 sotix er maydonida 1200 o'rinlik keng masjid va boshqa ma'muriy binolar o'rin oladi. Bu joyda xonaqoh derazalaridan tashqariga razm solgan kishi Musavvir Zotning go'zal ijodi - serviqor tog'lar etaklariga yastangan ajoyib tabiat manzaralarining guvohi bo'ladi. 

Qurilish uchun tashkil etilgan karta hisob raqami:

8600 0423 9336 6827

(Shopayziyev Shoxakim nomiga)

Paynet uchun raqam +998-99-878-23-80

Uzmobile GSM

https://t.me/fayzullaxonboy 

 

“Kungay” masjidi. So'qoq qishlog'ining yo'llari notekis, yuqori qismida joylashgan ushbu masjid xonadon ko'rinishida bo'lib, binolari ancha eskirgan, ta'mirtalab holga kelib qolgan edi. Honaqoh zax, tahoratxonada ham sharoitlar achinarli holda. Eng asosiysi, qishloq aholisi, keksalar, qolaversa, janoza va boshqa marosimlar uchun masjidga yuqorilab chiqishning o'zi muammo edi. Tuman bosh imom-xatibi Mansurxon domla Mansurovning sa'y-harakatlari evaziga aholi va hordiq maskanlariga tashrif buyuruvchi mehmonlar uchun qulay erda ajratilgan 23 sotix maydonda zamonaviy masjid barpo etilmoqda. Yerto'la qismi bilan qo'shilganda ikki qavatli xonaqoh 2000 ga yaqin namozxonni sig'diradi. Bu esa yozning issiq va qishning sovuq kunlarida ham namozxonlar uchun qulay shart-sharoit degani.  Hozirda binoning tom qismi yopilib, issiq pol tizimi va boshqa pardoz ishlari amalga oshirilmoqda. Birgina qishloq masjidi timsolidagi yangilanishlar, zamon sur'atlariga mos imkoniyatlarga boqib, diniy sohadagi islohotlarga baho berish mumkin. Barchasi insonlarning manfaati, Holiq va xalq rizoligi uchun.  Hazrat Navoiy aytganlaridek:

Naf'ing agar xalqqa beshakdurur,

balki bu naf o'zingga ko'prakdurur.

Oramizdagi fidoiy insonlar, ixlosi va himmati baland kishilarning zahmatlari vositasida davom etmoqda bu ishlar.Qurilish va obodonlashtirish ishlariga hissalari qo'shilayotgan barchadan Alloh taolo rozi bo'lsin.

 

Paynet 99 822 24 85 

Uzcard: 8600 0423 9146 9144

Odilov Azimiddin 

Murojaat uchun: ?99) 822 82 17

https://t.me/soqoqmasjid 

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo'limi

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Boshingizga tushgan g‘am-tashvishlardan qanday xulosa chiqardingiz?

9.01.2025   1835   4 min.
Boshingizga tushgan g‘am-tashvishlardan qanday xulosa chiqardingiz?

Bir o‘tirib, yashab o‘tgan shuncha yillik hayotimizda boshdan kechirgan g‘am-g‘ussalarimiz haqida fikr yuritib ko‘rsak, qayg‘ular ikki xil ekanini ko‘ramiz:

Birinchisio‘sha paytda ko‘zimizga katta ko‘rinib, hatto yig‘lashimizga sabab bo‘lgan qayg‘ularimiz. Lekin vaqt o‘tishi bilan ular aslida oddiy narsa ekani, yig‘lashga arzimasligi ma’lum bo‘ladi. Ba’zan o‘sha kunlarni eslaganimizda kulgimiz kelib, «Shu arzimas narsa uchun ham siqilib, yig‘lab yurgan ekanmanmi? U paytlarda ancha yosh bo‘lgan ekanmiz-da», deb qo‘yamiz.

Ikkinchisihaqiqatdan ham katta musibatlar. Ba’zilari hayotimizni zir titratgan. Bu qayg‘ular ham o‘tib ketadi, lekin o‘chmaydigan iz qoldirib ketadi. Bu izlar uzoq yillargacha qalbga og‘riq berib turaveradi. Bu qayg‘ular ba’zan to‘xtab, ba’zan harakatga kelib, yangilanib turadigan vulqonga o‘xshaydi. Bunday g‘am-qayg‘ularning yaxshi tarafi shundaki, ular hayotda ham, oxiratda ham yaxshiliklarning ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Ular qalbimizda o‘chmas iz qoldirsa, har eslaganda ko‘zlarimizda yosh qalqisa, eng asosiysi – o‘shanda duoga qo‘l ochib, sabr bilan turib bera olsak, ko‘p-ko‘p yaxshiliklarga, ajr-savoblarga ega bo‘lamiz. G‘am-qayg‘u yangilanishi bilan yaxshiliklar ham yangilanib boraveradi.

G‘am-qayg‘usiz hayotni kutib yashayotgan qizga «Siz kutayotgan kun bu dunyoda hech qachon kelmaydi», deb aytish kerak.

Alloh taolo «Biz insonni mashaqqatda yaratdik», degan (Balad surasi, 4-oyat).

Bu hayot – g‘am-tashvishli, azob-uqubatli, mashaqqatli hayotdir. Mo‘min odam buni juda yaxshi tushunadi. Bu dunyoda qiynalsa, azob cheksa, oxiratda albatta xursand bo‘lishini biladi. Inson mukammal baxtni faqatgina oxiratda topadi. Shuning uchun ulug‘lardan biriga «Mo‘min qachon rohat topadi?» deb savol berishganda, «Ikkala oyog‘ini ham jannatga qo‘yganida», deb javob bergan ekan.

Allohning mehribonligini qarangki, oxirat haqida o‘ylab, unga tayyorgarlik ko‘rish hayotni go‘zal qiladi, qayg‘ularni kamaytirib, uning salbiy ta’sirini yengillatadi, qalbda rozilik va qanoatni ziyoda qiladi, dunyoda solih amallarni qilishga qo‘shimcha shijoat beradi, musibatga uchraganlarni bu g‘am-tashvishlar, azob-uqubatlar bir kun kelib, bu dunyoda bo‘lsin yoki oxiratda bo‘lsin, baribir yakun topishiga ishontiradi. Oxirat haqida o‘ylab, faqat solih amallar qilishga intilish insonni baxtli qiladi.

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: «Kimning g‘ami oxirat bo‘lsa, Alloh uning qalbiga qanoat solib qo‘yadi, uni xotirjam qilib qo‘yadi, dunyoning o‘zi unga xor bo‘lib kelaveradi. Kimning g‘ami dunyo bo‘lsa, Alloh uning dardini faqirlik qilib qo‘yadi, parishon qilib qo‘yadi, vaholanki dunyodan unga faqat taqdir qilingan narsagina keladi».

Alloh taolo faqat oxirat g‘ami bilan yashaydigan (oxirat haqida ko‘p qayg‘uradigan, har bir amalini oxirati uchun qiladigan) qizning qalbini dunyoning matohlaridan behojat qilib qo‘yadi. Qarabsizki, bu qiz har qanday holatda ham o‘zini baxtli his qiladi, hayotidan rozi bo‘lib yashaydi. Xotirjamlikda, osoyishtalikda, qanoatda yashagani uchun istamasa ham qo‘liga mol-dunyo kirib kelaveradi. Zero, Alloh taolo oxirat g‘amida yashaydigan, shu bilan birga, hayotiy sabablarni ham qilish uchun harakatdan to‘xtamagan kishining rizqini kesmaydi, uni ne’matlariga ko‘mib tashlaydi.

Ammo Alloh taolo bor g‘am-tashvishi dunyo bo‘lgan qizni faqirlar qatorida qilib qo‘yadi. Bunday qiz mol-dunyoga ko‘milib yashasa ham, o‘zini faqir, bechora his qilaveradi. Natijada dardi yangilanaveradi, dardiga dard qo‘shilaveradi, fikrlari tarqoq bo‘lib, iztirobga tushadi. Afsuski, shuncha yelib-yugurgani bilan faqat dunyoning ne’matlariga erisha oladi, oxiratda nasibasi bo‘lmaydi.

Abdulloh Abdulmu’tiy, Huda Sa’id Bahlulning
“Qulog‘im senda qizim” kitobidan G‘iyosiddin Habibulloh,
Abdulhamid Umaraliyev 
tarjimasi.