Bugun, 2 dekabr' kuni Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanidagi “Ziyo” jome masjidining yangi bunyod etilgan binosi foydalanishga topshiriladi.
Ochilish marosimida O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov, Din ishlari bo'yicha qo'mita raisi Abdug'ofur Ahmedov, Diniy idora ish boshqaruvchisi Rustamjon Jamilov, Masjidlar bo'limi boshlig'i Muhammadnazar Qayumovlar ishtirok etadi.
Shuningdek, viloyat bosh imom-xatibi Habibulloh Zokirov, viloyatdagi imom-xatiblar va mutasaddi tashkilot vakillari qatnashadi.
Tadbirning batafsil tafsilotlarini saytimizda kuzatib boring.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bilasizmi? Silikat moddasiga boy bo‘lgan tuproqqa dafn qilingan insonning skeleti vaqt o‘tishi bilan tosh va xarsangga aylanadi.
Agar u pirit (temir sulfidi) moddasiga boy mintaqaga dafn qilinsa, unday jasad temir haykalga aylanib qolishi mumkin!
Bu ilmiy haqiqat yaqinda aniqlangan bo‘lsa-da, Qur’onda bu haqida 1445 yil oldin hayratlanarli tarzda juda aniqlik bilan bayon etilgan. Qur’onda bunday deyilgan:
وَقَالُوا أَإِذَا كُنَّا عِظَامًا وَرُفَاتًا أَإِنَّا لَمَبْعُوثُونَ خَلْقًا جَدِيدًا
"Ular: “Biz suyaklarga va chang- tuproqlarga aylanib ketganimizdan keyin ham, yangitdan tiriltirilamizmi?” dedilar. “Sen ularga, toshga yoki temirga aylaninglar”, deb ayt"
(Isro surasi, 50-oyat).
Bu oyat yaqin yillarda kashf etilgan — suyaklari toshga aylangan yoki temir haykalga aylangan qazilmalarga ochiq va ravshan ishora qilmoqda. Go‘yoki Qur’onda xabar berilgan ushbu dalillar olimlar kashf qilishlarini uzoq asrlardan beri kutib yotgandek.
Shunday ekan, aqlli inson bunday ochiq-oydin va ravshan mo‘jizani qanday inkor qila oladi? Qur’onning bu mo‘jizasi kunduzdagi quyoshdek ravshan emasmi?
Homidjon domla ISHMATBЕKOV