Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Yanvar, 2025   |   13 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:23
Quyosh
07:47
Peshin
12:37
Asr
15:35
Shom
17:19
Xufton
18:38
Bismillah
13 Yanvar, 2025, 13 Rajab, 1446

Hushxabar: Sirdaryo viloyatidagi “Ziyo” jome masjidining yangi binosi ochilmoqda

2.12.2020   2141   1 min.
Hushxabar: Sirdaryo viloyatidagi “Ziyo” jome masjidining yangi binosi ochilmoqda

Bugun, 2 dekabr' kuni Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanidagi “Ziyo” jome masjidining yangi bunyod etilgan binosi foydalanishga topshiriladi.

Ochilish marosimida O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov, Din ishlari bo'yicha qo'mita raisi Abdug'ofur Ahmedov, Diniy idora ish boshqaruvchisi Rustamjon Jamilov, Masjidlar bo'limi boshlig'i Muhammadnazar Qayumovlar ishtirok etadi.

Shuningdek, viloyat bosh imom-xatibi Habibulloh Zokirov, viloyatdagi imom-xatiblar va mutasaddi tashkilot vakillari qatnashadi.

Tadbirning batafsil tafsilotlarini saytimizda kuzatib boring.

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

To‘lamagan yo‘lkiralarimni qanday ado etaman?

10.01.2025   4791   1 min.
To‘lamagan yo‘lkiralarimni qanday ado etaman?

Cavol: Kollejda o‘qib yurgan vaqtlarimda ba’zan avtobusdan yo‘lkirani bermasdan tushib ketardim. Bu ishning og‘ir gunoh ekanini anglab yetdim. Buni qanday to‘g‘rilasam bo‘ladi? Taxminiy hisoblab, sadaqa qilsam bo‘ladimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Siz bu ishingiz uchun avvalo istig‘for aytib, tavba qilasiz. To‘lamagan yo‘lkiralaringizni taxminiy hisoblaysiz hamda o‘zingiz foydalangan avtobuslar boshqarmasidan yo‘lkiralar to‘lanadigan hisob raqamlari bo‘lsa, qarzlaringizni shunga o‘tkazib qo‘yasiz va shu bilan zimmangizdagi yukdan qutilasiz, inshaalloh. Agar ularda bunday imkoniyat bo‘lmasa, sadaqa qilib yuborasiz.

Shuni yodda tutish lozimki, birovlarning haqlari eng avvalo egasiga qaytarish shart bo‘ladi. Egasi yoki uning merosxo‘rlarini topishning iloji umuman bo‘lmagandagina uning nomidan sadaqa qilinadi. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Maqolalar